Kaxramonov Xurshidjon Shuhrat o‘g‘lining
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Uy-joy kommunal xizmatlarini innovatsion rivojlantirishni boshqarishning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment” va 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” tutash ixtisosliklari. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Iqt1011 
Ilmiy maslahatchi: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.I.23.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shamshieva Nargizaxon Nosirxo‘ja qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Buriev Xakim Toshimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uy-joy kommunal xizmatlarini innovatsion rivojlantirishni boshqarishning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “uy-joy kommunal xizmatlarini innovatsion rivojlantirishni boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni kommunal xizmatlar sohasida ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini texnologik yangilanish, raqamli transformatsiya va investision faollik asosida modernizatsiya qilish orqali barqaror xizmat ko‘rsatish, xarajatlarni kamaytirish va qo‘shimcha ijtimoiy-iqtisodiy qiymat yaratishga qaratilgan boshqaruv munosabatlari tizimi sifatida takomillashtirilgan;
uy-joy kommunal xizmatlari sifatini boshqarishning universal algoritmi sohadagi aniq muammoli vaziyatlardan kelib chiqib ichki va tashqi resurslardan oqilona foydalanish, ishlarni bajarishning optimal ketma-ketligini shakllantirish, nazorat nuqtalarini belgilash imkonini beruvchi jarayonlarni kiritish orqali takomillashtirilgan;
uy-joy kommunal xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot faoliyatining jarayonga yo‘naltirilgan modeli soha xizmatlarini ISO 9001:2015 standarti talablari asosida o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sir qiluvchi jarayonlar majmuasini yagona tizim sifatida loyihalash, resurslardan foydalanishni optimallashtirish, bajarilayotgan ishlar sifatini baholash va nazorat qilishning aniq mezonlarini belgilash orqali takomillashtirilgan;
uy-joy kommunal xizmatlari sohasidagi tashkilotlarining raqobatbardoshligini baholash mexanizmi raqobatbardoshlikning integral ko‘rsatkichi (Icomp) uchun chegaraviy qiymatlar ko‘rsatkichlarni [0;1] oralig‘ida normallashtirish metodologiyasi hamda diapazonni uchta sifat zonasiga teng taqsimlash tamoyili asosida “juda past va past raqobatbardoshlik zonasi” (Icomp<0,4), “o‘rtacha (mo‘tadil) raqobatbardoshlik zonasi” (0,4 ≤ Icomp ≤ 0,7), “yuqori raqobatbardoshlik zonasi” (Icomp ≥ 0,7)ga ajratish orqali takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda aholining o‘sish dinamikasini tavsiflovchi omillarni hisobga olgan holda qurilish ishlari hajmi, turar-joy binolarini ishga tushirish dinamikasi va uy-joy fondi ko‘rsatkichlarini 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uy-joy kommunal xizmatlarini innovatsion rivojlantirishni boshqarishning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “uy-joy kommunal xizmatlarini innovatsion rivojlantirishni boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni kommunal xizmatlar sohasida ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini texnologik yangilanish, raqamli transformatsiya va investision faollik asosida modernizatsiya qilish orqali barqaror xizmat ko‘rsatish, xarajatlarni kamaytirish va qo‘shimcha ijtimoiy-iqtisodiy qiymat yaratishga qaratilgan boshqaruv munosabatlari tizimi sifatida takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Innovatsion menejment va tadbirkorlik” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025 yil 11 martdagi №197-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda uy-joy kommunal xizmatlarini innovatsion rivojlantirishni boshqarishning nazariy-metodologik asoslari bo‘yicha bilimlarni kengaytirish imkoniyati yaratilgan;
uy-joy kommunal xizmatlari sifatini boshqarishning universal algoritmi sohadagi aniq muammoli vaziyatlardan kelib chiqib ichki va tashqi resurslardan oqilona foydalanish, ishlarni bajarishning optimal ketma-ketligini shakllantirish, nazorat nuqtalarini belgilash imkonini beruvchi jarayonlarni kiritish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining 2026 yil 29 yanvardagi №310/15-2-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uy-joy kommunal xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati oshishi ta’minlangan;
uy-joy kommunal xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot faoliyatining jarayonga yo‘naltirilgan modeli soha xizmatlarini ISO 9001:2015 standarti talablari asosida o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sir qiluvchi jarayonlar majmuasini yagona tizim sifatida loyihalash, resurslardan foydalanishni optimallashtirish, bajarilayotgan ishlar sifatini baholash va nazorat qilishning aniq mezonlarini belgilash orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining 2026 yil 29 yanvardagi №310/15-2-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xizmat ko‘rsatish tizimining funksional yaxlitligi ta’minlandi, boshqaruv jarayonlarining shaffofligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
uy-joy kommunal xizmatlari sohasidagi tashkilotlarining raqobatbardoshligini baholash mexanizmi raqobatbardoshlikning integral ko‘rsatkichi (Icomp) uchun chegaraviy qiymatlar ko‘rsatkichlarni [0;1] oralig‘ida normallashtirish metodologiyasi hamda diapazonni uchta sifat zonasiga teng taqsimlash tamoyili asosida “juda past va past raqobatbardoshlik zonasi” (Icomp < 0,4), “o‘rtacha (mo‘tadil) raqobatbardoshlik zonasi” (0,4 ≤ Icomp ≤ 0,7), “yuqori raqobatbardoshlik zonasi” (Icomp ≥ 0,7)ga ajratish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining 2026 yil 29 yanvardagi №310/15-2-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi tashkilotlar raqobatbardoshligini kompleks tahlil qilish hamda strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyati yaratilgan;
O‘zbekistonda aholining o‘sish dinamikasini tavsiflovchi omillarni hisobga olgan holda qurilish ishlari hajmi, turar-joy binolarini ishga tushirish dinamikasi va uy-joy fondi ko‘rsatkichlarini 2030-yilgacha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining 2026 yil 29 yanvardagi №310/15-2-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soha rivojlanishining turli ssenariylari asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish samaradorligi yaxshilanishi hamda tavakkalchilik darajasini kamaytirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish