Meyliqulov Shaxboz Xolmamat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): 
“Bank tizimini transformatsiya qilish sharoitida raqamli bank xizmatlarini takomillashtirish”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt6708
Ilmiy rahbar: Rahmatov Hasan O‘tkirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, 
DSc. 22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Kurbonbekova Mohichehra Turobjonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xusanov Ulugʻbek Nishonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda banklarning moliyaviy barqarorligi va samaradorlikni oshirish maqsadida raqamli texnologiyalar hamda raqamli bank xizmatlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari mijozlarining tranzaksion faoliyatlari, to‘lov odatlari, raqamli kanallardan foydalanish xususiyatlari va demografik ko‘rsatkichlarini katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) asosida qayta ishlash hamda Sun’iy intellekt (SI) va mashinali o‘rganish (ML) modellaridan foydalanish orqali mijozlarni segmentatsiya qilgan holda  bank daromadlarini oshirish taklif qilingan;
mijozlarga individual xizmatlar ko‘rsatish va chat-botlar yordamida mijozlar sodiqligini oshirish orqali xarajatlarni kamaytirish hamda  inson xatolarini qisqartirish hisobiga banklarda moliyaviy samaradorlikni kuchaytirish taklifi asoslangan; 
internet va mobil texnologiyalar qamrovining kengayishini inobatga olgan holda, infratuzilma xarajatlarini optimallashtirish va xizmatlar ko‘lamini (scalability) aholining raqamli qurilmalar bilan ta’minlanish darajasiga mos ravishda tezkor kengaytirish imkonini beradigan Cloud (bulutli) hisoblash texnologiyalariga asoslangan bank xizmatlarini ko‘rsatishining platformaviy modeli taklif etilgan; 
banklarda raqamli avtomatlashtirish jarayonlarini jadallashtirishda RPA texnologiyalari, bulutli texnologiyalar (Cloud computing) va arxivlarni raqamlashtirishni keng joriy etish orqali operatsion xarajatlarni o‘rtacha 30-40 foizga kamaytirish hamda Cost-to-Income Ratio (CIR) ko‘rsatkichini pasayishiga erishish mumkinligi taklif etilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bank tizimini transformatsiya qilish sharoitida raqamli bank xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Bank tizimini transformatsiya qilish sharoitida raqamli bank xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari mijozlarining tranzaksion faoliyatlari, to‘lov odatlari, raqamli kanallardan foydalanish xususiyatlari va demografik ko‘rsatkichlarini katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) asosida qayta ishlash hamda Sun’iy intellekt (SI) va mashinali o‘rganish (ML) modellaridan foydalanish orqali mijozlarni segmentatsiya qilgan holda  bank daromadlarini oshirish taklifi AT “Aloqabank”  va “Mikrokreditbank” ATB faoliyatida qo‘llanilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi ““Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmonining 1-ilovasi, 2.3-paragrafida keltirilgan ustuvor yo‘nalishlarni ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan (AT “Aloqabank”ning 2026-yil 27-yanvardagi 05-04/502-son ma’lumot-nomasi; “Mikrokreditbank” ATBning 2026-yil 23-yanvardagi 03-14/1708-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank daromadlarini o‘tgan yilga nisbatan 5,2 trln so‘mga oshirish va jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlardan olinadigan foizli daromadlar hajmini 1,1 trln so‘mga etkazishga olib keladi; 
mijozlarga individual xizmatlar ko‘rsatish va chat-botlar yordamida mijozlar sodiqligini oshirish orqali xarajatlarni kamaytirish hamda  inson xatolarini qisqartirish hisobiga banklarda moliyaviy samaradorlikni kuchaytirishga taklifi  AT “Aloqabank” va “Mikrokreditbank” ATB faoliyatida qo‘llanilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi ““Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmonining 1-ilovasi, 2.3-paragrafida keltirilgan ustuvor yo‘nalishlarni ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan (AT “Aloqabank”ning 2026-yil 27-yanvardagi 05-04/502-son ma’lumotnomasi; “Mikrokreditbank” ATBning 2026-yil 23-yanvardagi 03-14/1708-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif  Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida bank rentabelligi 2025 yilda 2024 yilga nisbatan 0,3 foizga oshishiga erishilgan;
internet va mobil texnologiyalar qamrovining kengayishini inobatga olgan holda, infratuzilma xarajatlarini optimallashtirish va xizmatlar ko‘lamini (scalability) aholining raqamli qurilmalar bilan ta’minlanish darajasiga mos ravishda tezkor kengaytirish imkonini beradigan Cloud (bulutli) hisoblash texnologiyalariga asoslangan bank xizmatlarini ko‘rsatishining platformaviy modeliga doir taklifi AT “Aloqabank” va “Mikrokreditbank” ATB faoliyatiga joriy etilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-sonli qarori 18-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan (AT “Aloqabank”ning 2026-yil 27-yanvardagi 05-04/502-son; “Mikrokreditbank” ATBning 2026-yil 23-yanvardagi 03-14/1708-son ma’lumotnomalari). Natijada, bankda moliyaviy xizmatlar hajmining 36 foizga o‘sishi asoslab berilgan va banklarning 2026-yilga mo‘ljallangan biznes-rejalariga kiritilgan;
banklarda raqamli avtomatlashtirish jarayonlarini jadallashtirishda RPA texnologiyalari, bulutli texnologiyalar (Cloud computing) va arxivlarni raqamlashtirishni keng joriy etish orqali operatsion xarajatlarni o‘rtacha 30 - 40 foizga kamaytirish va “Cost-to-Income Ratio” (CIR) ko‘rsatkichini pasayishiga erishish bo‘yicha taklifi AT “Aloqabank” va “Mikrokreditbank” ATB faoliyatida qo‘llanilgan (AT “Aloqabank”ning 2026-yil 27-yanvardagi 05-04/502-son ma’lumotnomasi; “Mikrokreditbank” ATBning 2026-yil 23-yanvardagi 03-14/1708-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank xarajatlarini 2025 yilda 2024 yilga nisbatan 13 foizga kamaytirishga olib kelgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish