Sadikova Eleonora Iskandarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda akademik xavotirlanishni bartaraf etishning psixologik determinantlari” 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/P1465
Ilmiy rahbar: Usmanova Manzura Naimovna, psixologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2025.27.12.R.43.01.
Rasmiy opponentlar: Bafaev Muxiddin Muxammatovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Yadgarova Gulbahor Tillaevna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi  tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarning akademik xavotirlanishining psixologik determinantlarini o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich kurs talabalarining akademik xavotirlanishi mazmuni va tuzilishi o‘quv nazoratining uch shakli (joriy, oraliq va yakuniy) doirasida namoyon bo‘lishini ajratib ko‘rsatish orqali aniqlashtirilib, bu hodisani aniq o‘quv vaziyatlari orqali tushuntirishga imkon berdi;
akademik xavotirning psixoemotsional zo‘riqishga chidamlilik va barqarorlikni o‘z-o‘zini baholash, shuningdek, individual-tipologik xususiyatlar (neyrotizm, temperament turi) bilan o‘zaro bog‘liqligi empirik jihatdan asoslanib, bu ta’lim muhitida xavotirli reaksiyalar sabablarini tushunishni kengaytirdi;
xavotirlanishning test ko‘rsatkichlarini o‘quv faoliyati konteksti (nazorat turi, tayyorgarlik xususiyatlari, o‘z-o‘zini hissiy-emotsional boshqarish strategiyalari) bilan bog‘lash imkonini beruvchi tadqiqotchining mualliflik so‘rovnomasi ishlab chiqilib joriy etildi, bu esa tashxisning amaliy ahamiyatini oshirdi;
talabalarida holatni tartibga solish, xavotirli kutishlarni kognitiv qayta qurish va tayyorgarlikni tashkil etishga qaratilgan akademik xavotirni engish treningi ishlab chiqilib, tajribada sinovdan o‘tkazildi hamda uning asosiy psixodiagnostik ko‘rsatkichlar dinamikasi bo‘yicha samaradorligi isbotlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Talabalarda akademik xavotirlanishni bartaraf etishning psixologik determinantlari” mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida quyidagi ilmiy-amaliy xulosalar ta’lim jarayoni va amaliy faoliyatga joriy etildi:
boshlang‘ich kurs talabalarining akademik xavotirlanishi mazmuni va tuzilishi o‘quv nazoratining uch shakli (joriy, oraliq va yakuniy) doirasida namoyon bo‘lishini ajratib ko‘rsatish orqali aniqlashtirilib, bu hodisani aniq o‘quv vaziyatlari orqali tushuntirishga imkon berganligi asoslanganligiga oid ilmiy xulosalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-noyabrdagi PM-251-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Rivojlanish psixologiyasi” moduliga kiritildi (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10- noyabrdagi PM-351a-sonli ma’lumotnomasi) olindi. Natijada talabalar stressli vaziyatlarda namoyon bo‘ladigan psixoemotsional holatlarning individual-tipologik asoslarini tushuntirish imkoniyatlari kengaytirildi;
akademik xavotirning psixoemotsional zo‘riqishga chidamlilik va barqarorlikni o‘z-o‘zini baholash, shuningdek, individual-tipologik xususiyatlar (neyrotizm, temperament turi) bilan o‘zaro bog‘liqligi empirik jihatdan asoslanib, bu ta’lim muhitida xavotirli reaksiyalar sabablarini tushunishni kengaytirganligiga oid ilmiy xulosalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-noyabrdagi PM-251-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Rivojlanish psixologiyasi” moduliga kiritildi (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10- noyabrdagi PM-351a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalar stressli vaziyatlarda namoyon bo‘ladigan psixoemotsional holatlarning individual-tipologik asoslarini tushuntirish imkoniyatlari kengaytirildi;
xavotirlanishning test ko‘rsatkichlarini o‘quv faoliyati konteksti (nazorat turi, tayyorgarlik xususiyatlari, o‘z-o‘zini boshqarish strategiyalari) bilan bog‘lash imkonini beruvchi tadqiqotchining mualliflik so‘rovnomasi ishlab chiqilib joriy etildi, bu esa tashxisning amaliy ahamiyatini oshirilganligiga oid ilmiy xulosalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-noyabrdagi PM-251-son buyrug‘I bilan “Ontogenez psixologiyasi. Rivojlanish psixologiyasi” moduliga kiritildi (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10- noyabrdagi PM-351a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalar stressli vaziyatlarda namoyon bo‘ladigan psixoemotsional holatlarning individual-tipologik asoslarini tushuntirish imkoniyatlari kengaytirildi;
talabalarida holatni tartibga solish, xavotirli kutishlarni kognitiv qayta qurish va tayyorgarlikni tashkil etishga qaratilgan akademik xavotirni engish treningi ishlab chiqilib, tajribada sinovdan o‘tkazildi hamda uning asosiy psixodiagnostik ko‘rsatkichlar dinamikasi bo‘yicha samaradorligi isbotlanganligiga oid ilmiy xulosalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-noyabrdagi PM-251-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Rivojlanish psixologiyasi” moduliga kiritildi (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-noyabrdagi PM-351a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalar stressli vaziyatlarda namoyon bo‘ladigan psixoemotsional holatlarning individual-tipologik asoslarini tushuntirish imkoniyatlari kengaytirildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish