Islomova Zahro Shuhrat qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillarida aksiologik leksika tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5689
Ilmiy rahbar: Yuldosheva Nilufar Ergashevna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Tojieva Gulbahor Nomozovna va filologiya fanlari doktori, professor Nasrullaeva Gulshan Samadovna.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida aksiologik birliklarning lingvistik hamda ekstralingvistik xususiyatlarini aniqlash, ularning milliy madaniyatni aks ettirishdagi vazifalarini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz tillari materiallari asosida aksiologik birliklarning ijobiy, salbiy va neytral baho ifodalovchi semantik, shuningdek, baholash, munosabat bildirish va pragmatik ta’sir ko‘rsatishga xizmat qiluvchi funksional xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinib, baholovchi leksikaning emotsional-ekspressiv, konnotativ va milliy-madaniy tabiati hamda uning til tizimidagi o‘rni lingvokulturologik nuqtayi nazardan ochib berilgan; 
o‘zbek tilida milliy urf-odatlar, an’anaviy qadriyatlar va ijtimoiy munosabatlarni ifodalovchi aksiologik leksika tizimli ravishda axloqiy, estetik, oilaviy-maishiy, marosimiy va ijtimoiy-munosabat bildiruvchi guruhlarga ajratilib, ularning semantik xususiyatlari hamda baholovchi vazifalari ilmiy jihatdan ochib berilgan;
xalq og‘zaki ijodi materiallari asosida aksiologik birliklarning milliy dunyoqarashni aks ettirishdagi roli tahlil qilinib, ularning xalqning “yaxshilik va yomonlik”, “odob va andisha”, “go‘zallik va xulq” mezonlarini ifodalovchi aksiologik ko‘rsatkich ekani maqol, matal, ibora va folklor matnlari misolida ochib berilgan;
o‘zbek va ingliz tillarida aksiologik birliklarning lingvistik, ya’ni baholovchi leksika, frazeologik birliklar, metaforik ifodalar, sifatlash va konnotativ vositalar, hamda ekstralingvistik - nutq vaziyati, kommunikativ maqsad, ijtimoiy maqom, madaniy fon va diskurs muhiti orqali ifodalanish mexanizmi qiyosiy jihatdan yoritilib, aksiologik mazmunning til birliklari, diskurs konteksti hamda kommunikativ omillar bilan bog‘liqligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  O‘zbek va ingliz tillarida aksiologik leksika tadqiqi mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari quyidagi ishlarda joriylangan:
o‘zbek va ingliz tillarida aksiologik birliklarning lingvistik hamda ekstralingvistik vositalar orqali ifodalanish mexanizmi qiyosiy jihatdan tadqiq qilinib, aksiologik mazmunning til birliklari to‘g‘risidagi xulosalardan 1)  AM-F3- 201908172  “ O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish”, 2) PZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” hamda 3) IL-402104209   “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish”  mavzularidagi fundamental va amaliy-ilmiy loyihalarda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 19-fevraldagi №  04/1-623,  № 04/1-624  hamda 21-fevraldagi  № 04/1-646 ma’lumotnomasi). Natijada aksiologik birliklarning yasalish usullari, model tiplari, oddiy so‘z yasalishi hamda atab qo‘yilgan nomlarning yasalishidagi farqli jihatlarni takomillashtirish imkonini bergan;
xalq og‘zaki ijodi materiallari asosida aksiologik birliklarning milliy dunyoqarashni aks ettirishdagi roli tahlil qilinib, ular orqali jamiyatning axloqiy va estetik qadriyatlari qanday ifodalanishi asoslanganiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali “Agar” ko‘rsatuvining “Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi O‘zbekiston ta’limida kerakmi?” mavzusida tayyorlangan soni ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasi 2025-yil 13-martdagi 01-20/143-son ma’lumotnomasi). Natijada keltirilgan ma’lumotlar ko‘rsatuvning mazmunli bo‘lishiga, taqdim etilgan ma’lumotlarning ilmiy manbalar bilan boyitilishiga va uni keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etish imkonini bergan;
o‘zbek tilida milliy urf-odatlar, an’anaviy qadriyatlar va ijtimoiy munosabatlarni ifodalovchi aksiologik leksika ilk bor tizimli ravishda guruhlarga ajratilib, ularning semantik xususiyatlari hamda baholovchi vazifalari ilmiy jihatdan ochib berilgani asosida “O‘zbek va ingliz tillaridagi aksiologik birliklarning izohli lug‘ati” ( UDK 811.512.133   BBK 42.373(038) ) ni tayyorlashda foydalanilgan. Bu esa mazkur birliklarning tildagi funksional yukini ochib berish va qadriyatlar tizimidagi o‘rnini aniq belgilashga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish