Ismailova Nozima Umaralievnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Flipped classroom texnologiyasi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kognitiv faollikni rivojlantirish metodikasi” (ona tili va o‘qish savodxonligi fanlari misolida), 13.00.02 — Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim), pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.1.PhD/Ped9224
Ilmiy rahbar: Xo‘jamberdieva Shaxnoza Ko‘paysinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.22.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Asqarova O‘g‘iloy Mamashikirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Usmanova Umida Aybekovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: “Flipped classroom” texnologiyasi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv faolligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv faolligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik asoslari kognitiv faollikni tashkil etuvchi asosiy psixik funksiyalar (diqqat, idrok, tasavvur, tafakkur, refleksiya)ni yoshga xos rivojlanish qonuniyatlarini boshlang‘ich ta’lim mazmuni, teskari sinf yondashuvi va ijtimoiy-psixologik muhitning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash orqali belgilangan;
kognitiv faollik va emotsional barqarorlik o‘rtasidagi aloqadorlik o‘quvchi shaxsining ichki holati, ruhiy-psixologik tayyorgarligi, emotsional barqarorligini autogen mashqlar yordamida stressni kamaytiruvchi, ichki muvozanatni ta’minlovchi, tafakkur tezligi va axborotlarni mustaqil analiz-sintez qilish mexanizmini faollashtiruvchi teskari sinf muhitini yaratish orqali mustahkamlangan;
kognitiv faollikni bosqichma-bosqich rivojlantirish modeli o‘quv faoliyatini “uyda — mustaqil tayyorgarlik”, “sinfda — tahlil va fikr almashish”, “yakunda — refleksiya” bosqichlariga xos kognitiv faoliyat turlari, metodlari, vositalari va baholash mexanizmlari, innovatsion texnologiyalari (video, animatsion hikoyalar, elektron topshiriqlar) va autogen xususiyatli tayyorgarlik mashqlarini o‘zida aks ettiruvchi teskari sinf yondashuvi ustuvorligida ishlab chiqilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv faolligini baholash mezonlari va indikatorlari kognitiv faollikning diqqat, idrok, tafakkur, obrazli tasavvur va refleksiya kabi komponentlarini har bir mezon uchun amaliy indikatorlar sifatida tatbiq etib, ularning rivojlanganlik darajalari (yuqori, o‘rtacha, past) bo‘yicha aniqlovchi matrisasi eksperimentda dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Flipped classroom texnologiyasi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kognitiv faollikni rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv faolligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik asoslari kognitiv faollikni tashkil etuvchi asosiy psixik funksiyalarni yoshga xos rivojlanish qonuniyatlarini boshlang‘ich ta’lim mazmuni, teskari sinf yondashuvi va ijtimoiy-psixologik muhitning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash orqali belgilashga doir taklif va tavsiyalardan 60110500 — Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “O‘qituvchining nutq madaniyati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 14-noyabrdagi 01/11-6-781-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi fanlarini o‘qitish samaradorligi ta’minlandi;
kognitiv faollik va emotsional barqarorlik o‘rtasidagi aloqadorlik o‘quvchi shaxsining ichki holati, ruhiy-psixologik tayyorgarligi, emotsional barqarorligini autogen mashqlar yordamida stressni kamaytiruvchi, ichki muvozanatni ta’minlovchi, tafakkur tezligi va axborotlarni mustaqil analiz-sintez qilish mexanizmini faollashtiruvchi teskari sinf muhitini yaratish orqali mustahkamlashga doir taklif va tavsiyalari Flipped darslar mazmuniga integratsiyalashtirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 14-noyabrdagi 01/11-6-781-son ma’lumotnomasi). Natijada darslarda o‘quvchilarning kognitiv faolligini rivojlantirish metodikasi mazmunini takomillashtirishga erishildi;
kognitiv faollikni bosqichma-bosqich rivojlantirish modeli o‘quv faoliyatini “uyda — mustaqil tayyorgarlik”, “sinfda — tahlil va fikr almashish”, “yakunda — refleksiya” bosqichlariga xos kognitiv faoliyat turlari, metodlari, vositalari va baholash mexanizmlari, innovatsion texnologiyalari va autogen xususiyatli tayyorgarlik mashqlarini o‘zida aks ettiruvchi teskari sinf yondashuvi ustuvorligida ishlab chiqishga doir xulosa va tavsiyalardan 60110500 — Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “O‘qituvchining nutq madaniyati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘iga asosan 662104-son nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarining metodik ta’minotini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv faolligini baholash mezonlari va indikatorlari kognitiv faollikning diqqat, idrok, tafakkur, obrazli tasavvur va refleksiya kabi komponentlarini har bir mezon uchun amaliy indikatorlar sifatida tatbiq etib, ularning rivojlanganlik darajalari bo‘yicha aniqlovchi matrisasi eksperimentda dalillashga oid amaliy takliflaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi O‘zbekiston teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon” nomli eshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 31-oktyabrdagi 05-09-1721-sonli ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning kognitiv faolligini shakllantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan.