Anarkulova Zubayda Fayzullo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Evropa va o‘zbek nasrida Zahiriddin Muhammad Bobur obrazining poetik talqini (F.Vyurtle, R.Godden, P.Qodirov, X.Sultonov asarlari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5633.
Ilmiy rahbar: Umarova Maxliyo Yunusovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/2026.31.01.Fil.45.01. 
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Raviyajon, filologiya fanlari doktori, professor;  Teshaboeva Ziyodaxon Qodirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Evropa va o‘zbek nasrida Zahiriddin Muhammad Bobur obrazining badiiy talqinini qiyosiy o‘rganish hamda yozuvchilarning obraz yaratish mahoratini  ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 jahon va o‘zbek adabiyotshunosligida o‘tmishni tasvirlashdagi epik ko‘lamdorlik, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur obrazini badiiy ifodalash tamoyillari, prototipni yaratishda adabiy-estetik an’analarning ahamiyati, xarakter tasviri, tarixiy shaxs va badiiy to‘qima, tarixiy romanlarda shaxs konsepsiyasi, moziy voqealariga umuminsoniy qarash, estetik ideallar asosida yondashish qiyosiy-tipologik hamda tarixiy-funksional jihatdan asoslangan;
 F.Vyurtlening “Andijon shahzodasi” va P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarlarida ijodkorlarning tanlangan qahramon hayotini tarixning umummanzarasini qamrab, voqealarni tarixiy zamon va makon mutanosibligida  ifodalash, moziy haqiqatini badiiy talqin qilish mahorati murakkab syujet va qahramonlarning ko‘p qatlamli tarkibining  sistem-struktur tahlili negizida dalillangan;
R.Goddenning “Gulbadan” va X.Sultonovning “Boburiynoma” asarlarida tarixiy obraz yaratishning o’ziga xos omillari, xarakterlar ruhiyatini tasvirlashda muallif va obrazning birlashuvi polifoniyani yuzaga keltirishi, assotsiativ va retrospektiv syujet uzviyligi asosida qahramonlar psixologizmini ichki monolog, tush, peyzaj, portret tasviri, dialog va roviy xotiralari orqali tasvirlanishi narratologik va psixoanalitik yondashuv  asosida isbotlangan;
Evropa va o‘zbek nasrida Bobur obrazining poetik xususiyatlari, tarixiy asarlarda mavzu, g‘oya va obrazning umumlashma va individual jihatlari, obrazning “imperator-sarkardalik mahorati”, “musofir-inson hissiyotlari”, “shoir-mutafakkir mulohazalari” kabi modellari va ularning ijtimoiy-falsafiy mazmuni syujet, kompozisiya, badiiy konflikt, xarakter, tip, epik manzaralar tasviri orqali  dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Evropa va o‘zbek nasrida Zahiriddin Muhammad Bobur obrazining poetik talqinini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natija va xulosalar asosida: 
jahon va o‘zbek adabiyotshunosligida o‘tmishni tasvirlashdagi epik ko‘lamdorlik, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur obrazini badiiy ifodalash tamoyillari, prototipni yaratishda adabiy-estetik an’analarning ahamiyati, xarakter tasviri, tarixiy shaxs va badiiy to‘qima, tarixiy romanlarda shaxs konsepsiyasi, moziy voqealariga umuminsoniy qarash, estetik ideallar asosida yondashish qiyosiy-tipologik hamda tarixiy-funksional jihatdan asoslanganiga oid nazariy mulohazalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2023-2025-yillarda amalga oshirilgan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 19-apreldagi 04-04-1/1896-son ma’lumotnomasi).   Natijada loyiha asosida tashkil qilingan “Komparativistika” (Comparative Studies) ilmiy elektron jurnalining 2025-yil 6-sonida “Evropa va o‘zbek asarlarida Zahiriddin Muhammad Bobur obrazining qiyosiy tahlili” maqolasi  nashr qilingan va Zahiriddin Muhammad Bobur obrazlarining o‘ziga xos xususiyatlari talqini borasidagi mulohazalar loyiha mazmun-mohiyatini boyitgan;
F.Vyurtlening “Andijon shahzodasi” va P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarlarida ijodkorlarning tanlangan qahramon hayotini tarixning umummanzarasini qamrab, voqealarni tarixiy zamon va makon mutanosibligida  ifodalash, moziy haqiqatini badiiy talqin qilish mahorati murakkab syujet va qahramonlarning ko‘p qatlamli tarkibining  sistem-struktur tahlili negizida dalillanganiga oid nazariy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Boburga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 22-apreldagi 01-03-/184-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish, shuningdek, P.Qodirov va F.Vyurtlening tarixiy qahramon yaratish mahorati bo‘yicha bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
R.Goddenning “Gulbadan” va X.Sultonovning “Boburiynoma” asarlarida tarixiy obraz yaratishning o’ziga xos omillari, xarakterlar ruhiyatini tasvirlashda muallif va obrazning birlashuvi polifoniyani yuzaga keltirishi, assotsiativ va retrospektiv syujet uzviyligi asosida qahramonlar psixologizmini ichki monolog, tush, peyzaj, portret tasviri, dialog va roviy xotiralari orqali tasvirlanishi narratologik va psixoanalitik yondashuv  asosida isbotlangani xususidagi nazariy mulohazalaridan Bobur nomli xalqaro jamoat fondining amaliy faoliyatida foydalanilgan (Bobur nomli xalqaro jamoat fondining 2025-yil 4-iyuldagi 21-son ma’lumotnomasi). Natijada Bobur nomli xalqaro jamoat fondi tomonidan nashr qilingan manbalar buyuk davlat arbobi va shoir Boburga doir ma’lumotlar bilan boyitilgan; 
Evropa va o‘zbek nasrida Bobur obrazining poetik xususiyatlari, tarixiy asarlarda mavzu, g‘oya va obrazning umumlashma va individual jihatlari, obrazning “imperator-sarkardalik mahorati”, “musofir-inson hissiyotlari”, “shoir-mutafakkir mulohazalari” kabi modellari va ularning ijtimoiy-falsafiy mazmuni syujet, kompozisiya, badiiy konflikt, xarakter, tip, epik manzaralar tasviri orqali  dalillanganiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida tashkil qilingan tadbirlar va ko‘rgazmalarda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyining 2025-yil 7-oktyabrdagi 162-son ma’lumotnomasi). Natijada kitobxonlarning F.Vyurtle, R.Godden, P.Qodirov va X.Sultonovning Zahiriddin Muhammad Bobur obrazini yaratish mahorati bo‘yicha bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish