Ataeva Maloxat Isakovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogik innovatsiyalar logistikasi asosida o‘qituvchilar tajriba almashinuv amaliyotini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari) Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.3.PhD/Ped8128.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar:  Nurullaeva Shaxlo Uktamovna  pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/2025.27.12.Ped.31.01
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Qurbonova Maftuna Faxriddinovna; pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Mamadaliev Kamoliddin Raxmatulloevich.
Yetakchi tashkilot: Buxoro  davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi pedagogik logistika tamoyillari asosida o‘qituvchilar pedagogik tajriba almashinuvini amalga oshirishning takomillashtirilgan metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- ilmiy metodik manbalar tahlili asosida pedagogik logistikanining loyihalashtirish, tashkil etish, boshqarish, tarqatish va ommalashtirish kabi  mexanizmlari tizimlilik, moslashuvchanlik, boshqariluvchanlik kabi tamoyillarga muvofiqligiga ko‘ra aniqlashtirilgan;
-  o‘qituvchilar pedagogik tajriba almashinuvini tashkil etishga doir nazariy 
tahlillar asosida o‘qituvchilarning o‘quv-metodik, ilmiy-metodik, ma’naviy-
ma’rifiy yo‘nalishlaridagi tajribalarining vitagenik xususiyatlari ochib berilgan;
- o‘qituvchilar tajriba almashinuv jarayonini pedagogik logistika asosida amalga oshirish jarayonining strategik modeli pedagogik tajriba almashinuv jarayonining o‘qituvchi, pedagogik tajriba, axborot texnologiyalari hamda pedagogik logistika kabi komponentlarining innovatsion faoliyat mezonlariga muvofiqligiga ko‘ra takomillashtirilgan;
- pedagogik logistikaga muvofiq o‘qituvchilar tajriba almashinuv metodikasi pedagogik tajriba almashinuvning individual, jamoaviy va ommaviy shakllarini ilmiy-ijodiy va ilmiy-metodik faoliyatga tatbiq etish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Pedagogik logistika mexanizmlari asosida o‘qituvchilar tajriba almashinuvini takomillashtirishga doir ishlab chiqilgan  metodika asosida:
-    ilmiy metodik manbalar tahlili asosida pedagogik logistikanining loyiha-
lashtirish, tashkil etish, boshqarish, tarqatish va ommalashtirish kabi  mexanizmlari 
tizimlilik, moslashuvchanlik, boshqariluvchanlik kabi tamoyillarga muvofiqligiga ko‘ra aniqlashtirilganligiga doir ma’lumotlar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 491-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, ona tili o‘qitish jarayonida o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalardan foydalanish jarayoni modellashtirilishiga xizmat qilgan;    
- o‘qituvchilar pedagogik tajriba almashinuvini tashkil etishga doir nazariy tahlillar asosida o‘qituvchilarning o‘quv-metodik, ilmiy-metodik, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlaridagi tajribalarining vitagenik xususiyatlari ochib berilganligiga doir ma’lumotlardan “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 491-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, o‘qituvchilar metodik tayyorgarligi jarayoni pedagogik tajriba almashinuvga doir innovatsion yondashuvlar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
- o‘qituvchilar tajriba almashinuv jarayonini pedagogik logistika asosida amalga oshirish jarayonining strategik modeli pedagogik tajriba almashinuv jarayonining o‘qituvchi, pedagogik tajriba, axborot texnologiyalari hamda pedagogik logistika kabi komponentlarining innovatsion faoliyat mezonlariga muvofiqligiga ko‘ra takomillashtirilganligiga doir ma’lumotlardan pedagogik eksperiment davomida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025 yil
 15-iyuldagi 01/11-6-460-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarning pedagogik logistika asosida tajriba almashinuv ko‘nikmalari rivojlanish imkoniyatlari takomillashuviga xizmat qilgan;
- pedagogik logistikaga muvofiq o‘qituvchilar tajriba almashinuv metodikasi pedagogik tajriba almashinuvning individual, jamoaviy va ommaviy shakllarini ilmiy-ijodiy va ilmiy-metodik faoliyatga tatbiq etish asosida takomillashtirilganligiga doir xulosalardan Xorazm viloyati teleradiokanali tomonidan “Assalom Xorazm!” dasturlarida hamda Xorazm radiokanalining “Qonun va ijro” radioeshittirishlarida foydalanilgan (Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga qarashli Xorazm viloyati teleradiokanali  davlat muassasasining 2025-yil 28-maydagi 371-sonli maʼlumotnomasi). 
Natijada, pedagogik logistika asosida o‘qituvchi tajriba almashinuviga doir innovatsion yondashuvlarning ommalashuviga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish