Umarov Diyor Ravshanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Efficiency of implementing “New Public Management” principles in higher education sector of Uzbekistan” (O‘zbekiston oliy ta’lim sohasida “Yangi davlat boshqaruvi” tamoyillarini joriy etish samaradorligi), 08.00.13-“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3895.
Ilmiy rahbari: Urinov Bobur Nasilloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Gʻoipnazarov Sanjar Baxadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor Djumaniyazov Umrbek Ilhamovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda “Yangi davlat boshqaruvi” modeli tamoyillarini joriy etish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy va amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Oliy ta’lim tizimida Yangi davlat boshqaruvi” modelining mazmuni natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv, markazlashmagan qarorlarni qabul qilish, moliyaviy va akademik mustaqillik mexanizmlarini kuchaytirish, hisobdorlik va shaffoflik, shuningdek, jamiyat va talabalarga yo‘naltirilgan boshqaruvni tashkil etish va universitetlarning samaradorligini oshirish kabi tushunchalarni kiritish orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida boshqaruvning “Yangi davlat boshqaruvi” modeli tamoyillari hisoblangan markazlashmagan qarorlar qabul qilish, hisobdorlik va shaffoflik, jamiyat va talabalarga yo‘naltirilganlik, shuningdek moliyaviy va akademik mustaqillik orqali bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash ko‘rsatkichini oshirishga hissasi asoslangan;
oliy ta’lim tashkilotlarida o‘lchash mumkin bo‘lgan natijalarga (ta’lim tashkilotining milliy reytingdagi o‘rni) asoslangan moliyaviy resurslarni taqsimlashni ta’minlaydigan, shu bilan birga oliy ta’lim tizimida ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar samaradorligi, xalqaro hamkorlik darajasi hamda bitiruvchilarning bandlik ko‘rsatkichlarini oshiradigan “natijaga asoslangan moliyalashtirish” (Performance-Based Funding) mexanizmini joriy etish taklifi ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarining “Yangi davlat boshqaruvi” modeli tamoyillarini tashkil etuvchi natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv, markazlashmagan qarorlarni qabul qilish, moliyaviy va akademik mustaqillik, hisobdorlik va shaffoflik mexanizmlarini kuchaytirish, shuningdek jamiyat va talabalarga yo‘naltirilgan boshqaruvni joriy etish asosida oliygohlarning samaradorligini ta’minlashning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida “Yangi davlat boshqaruvi” modeli tamoyillarini joriy etish samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
Uslubiy yondashuvga ko‘ra “New Public Management in higher education” (oliy ta’lim tizimidagi “Yangi davlat boshqaruvi” modeli) tushunchasining mazmuni natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv, markazlashmagan qarorlarni qabul qilish, moliyaviy va akademik mustaqillik, hisobdorlik va shaffoflik mexanizmlarini kuchaytirish, shuningdek jamiyat va talabalarga yo‘naltirilgan boshqaruvni tashkil etishga hamda ushbu tamoyillar asosida oliygohlarning samaradorligini oshirish majmui sifatida takomillashtirilgan. Ushbu tushuncha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi faoliyatiga joriy qilinib, ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan hamda ta’lim tashkilotlarini kompleks akkreditatsiyadan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishlab chiqilgan qo‘llanmalarda inobatga olindi (Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining 2026-yil 2-martdagi 03/19-224-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash hamda ushbu jarayonni shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etishga erishildi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida boshqaruvni “Yangi davlat boshqaruvi” modeli tamoyillari hisoblangan markazlashmagan qarorlar qabul qilish, hisobdorlik va shaffoflik, talabalarga yo‘naltirilganlik, shuningdek akademik erkinlik orqali bitiruvchilarni ishga joylashish ko‘rsatkichini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan amaliyotga joriy etilib, direktorning 2025-yil 14-noyabrdagi 2-son hamda 2025-yil 2-dekabrdagi 5-son buyruqlari qabul qilindi va Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3716, 3732) (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining 2026-yil 2-martdagi 03/19-224-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompleks va maxsus akkreditatsiya jarayonlarida ushbu tamoyillarga alohida eʼtibor qaratilishi belgilandi.
Oliy ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirishda natijaga asoslangan moliyalashtirish tizimining oliygohlarni milliy reytingdagi o‘rniga qarab ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan milliy reytingda oliygohlarni toifaga ajratgan holda yuritishni qo‘llash oliy ta’lim tashkilotlarini faoliyati asosida baholash va samaradorlikka yo‘naltirilgan qo‘shimcha ragʻbatlantirish mexanizmlarini shakllantirish jarayonida inobatga olindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan qonunchilikka tegishli o‘zgartirish kiritish maqsadida “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini tubdan transformatsiya qilishga oid chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasiga kiritilib, inobatga olindi (loyiha.adliya.uz tizimida raqami ID 8371) (Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining 2026-yil 2-martdagi 03/19-224-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim tashkilotlari rahbariyati tomonidan oliygohlarni strategik vazifalarini amalga oshirishga hamda ta’lim sifati, bitiruvchilarni ishga joylashish ko‘rsatkichi, ilmiy-tadqiqot samaradorligi va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik darajasini oshirishga erishilishi kutilmoqda.
Oliy ta’lim tashkilotlarining “Yangi davlat boshqaruvi” modeli tamoyillarini tashkil etuvchi natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv, markazlashtirilmagan qarorlarni qabul qilish, moliyaviy va akademik mustaqillik, hisobdorlik va shaffoflik mexanizmlarini kuchaytirish, shuningdek jamiyat va talabalarga yo‘naltirilgan boshqaruvni joriy etish asosida oliygohlarning samaradorligini ta’minlashning 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlarida foydalanilgan. Bu bo‘yicha Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan milliy reyting baholash mezonlarini ishlab chiqishda foydalanildi. Ushbu masala yuzasidan Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining 2026-yil 6-fevraldagi 8-son buyrugʻi qabul qilindi va Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3783) (Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining 2026-yil 2-martdagi 03/19-224-son ma’lumotnomasi). Natijada 2030-yilga qadar tanlangan oliygohlar rivojlanish dinamikasini kuzatish imkoniyati va natijalarini yanada yuksaltirish imkoniyati yaratildi.