Sodiqov Habib Tolibovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
 “Bo‘lajak mutaxassislarni ijtimoiy-amaliy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish (Avtomobillarda tashish va harakat xavfsizligini tshkil etish asoslari fani misolida)” mavzusida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari) bo‘yicha
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7146
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
Ilmiy rahbar: O‘rinov Uyg‘un Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.16.03
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharopovich. pedagogika fanlari doktori, professor;
Turdiev Mirzohid Rustamovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak mutaxassislarni ijtimoiy-amaliy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish va joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarini ijtimoiy-amaliy faoliyatga tayyorlash metodikasining nazariy asoslari texnika fanlarini o‘qitishda subektlarning akademik hamkorligini ta’minlovchi kreativ qaror va amaliy echim tamoyillarini pedagogik transformatsiya ustuvorligida didaktik jarayonga integratsiyalash orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassislarning ijtimoiy-amaliy kompetentligini rivojlantirish jarayonida kasbiy faoliyatning mazmuni, tuzilishi va ko‘p o‘lchovli xususiyatlariga mos pedagogik jarayonni innovatsion modellashtirishga yo‘naltirilgan vertikal (malaka talablari va tavsiflari asosida) hamda gorizontal (metod, resurs, laboratoriya) ta’sirlarni konstruksiyalash bosqichlarida personalizatsiya qilish imkoniyatlariga muvofiq optimallashtirish asosida ishlab chiqilgan;
bo‘lajak mutaxassislarning ijtimoiy-amaliy faoliyatga tayyorlash metodikasi talabalarning kasbiy malakalarini individual-konstruktiv kontekstda egallashini ta’minlaydigan texnik-blis topshiriqlarni loyihaviy faoliyat mazmuniga kiritish, refleksiv tahlil mexanizmlarini joriy etish va amaliyot bilan uzviy integratsiyani shakllantirish orqali takomillashtirilgan;
talabalarning ijtimoiy-amaliy kompetentlik darajasini aniqlash va diagnostik baholashning pedagogik tizimi, talabalar mustaqil ta’lim faoliyatida kasbga oid vazifalarni bajarishda vizual va strukturali sintezlash, ko‘nikmalarini aniqlashga yo‘naltirilgan kvalimetrik mezonlarni axborotni izlash, qayta ishlash va amaliy qo‘llash bosqichlarini differensiallashtirish asosida ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnik oliy o‘quv yurtlarida “Bo‘lajak mutaxassislarni ijtimoiy-amaliy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish (Avtomobillarda tashish va harakat xavfsizligini tshkil etish asoslari fani misolida)” mavzusidagi tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak mutaxassislarni ijtimoiy-amaliy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan ta’lim resurslari asosidagi metodikaning amaliyotga tatbiqi, o‘quv fanining mazmunini samarali o‘zlashtirishga va ta’lim jarayonining natijadorligini oshirishga xizmat qildi. Mazkur metodika talabalarni ijtimoiy-amaliy faoliyatga tayyorlash bo‘yicha o‘quv-amaliy, loyihaviy-konstruktorlik, texnologik va ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini innovatsion yondashuv asosida uyg‘unlashtirish orqali bo‘lajak muhandislarning ijtimoiy-amaliy faoliyatiga oid tarkibiy komponentlar - bilim olishga oid, qadriyatlar bilan bog‘liq, amaliyotga yo‘naltirilganlik va innovatsionlik ko‘nikmalar mazmunini yangilashga xizmat qilgan;
bo‘lajak mutaxassislarni ijtimoiy-amaliy faoliyatga tayyorlashga xizmat qilishi uchun ishlab chiqilgan o‘quv materiallari va o‘qitish texnologiyalar hamda metodik tavsiyalar hammualliflikdagi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining guvohnomasi bilan texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislar uchun “Avtomobillarda tashish va harakat xavfsizligini tashkil etish asoslar” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025-yil 9-iyul 258 - sonli buyrug‘i asosida berilgan № 815930 raqamli nashr ruxsatnomasi) nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr qilingan va bo‘lajak mutaxassislarni ijtimoiy-amaliy faoliyatga tayyorlash jarayoni ta’lim mazmuniga kiritilgan hamda amalga tadbiq etilgan.
bo‘lajak mutaxassislarni ijtimoiy-amaliy faoliyatga tayyorgarlashga qaratilgan “Yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi” nomli elektron darslik ishlab chiqilgan va texnika oliy ta’lim muassasasi ta’lim jarayoniga joriy etilgan (24.09.2024 yildagi № DGU 202410559 - raqamli mualliflik guvohnomasi).
Mazkur tadqiqot doirasida zamonaviy didaktik va metodik yondashuvlarga asoslangan, muhandislik ta’limi talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan hamda bo‘lajak muhandislarning ijtimoiy-amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan ta’lim mazmuni asosida ularning ijtimoiy-amaliy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik model ishlab chiqildi va o‘quv jarayoniga tatbiq etildi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 24-oktyabrdagi 02/01-01-430-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu model amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalar nazariy bilimlarni real ishlab chiqarish sharoitlarida qo‘llash, loyihalash jarayonlarini samarali tashkil etish, shuningdek, texnologik masalalarni zamonaviy texnik vositalar yordamida hal etish ko‘nikmalarini egallash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Yangiliklarga obuna bo‘lish