Sayidova Shaxrizoda Nasrulloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Ingliz va o‘zbek tarixiy-adabiy asarlarida Amir Temur ma’rifatparvarligining talqinlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4475
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xajieva Feruza Melsovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Turon universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.39.01
Rasmiy opponentlar: G‘aniev Ilhom Muzaffarovich filologiya fanlari doktori (DSc), professor, Kadirova Nargiza Arifovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi. Ingliz va o‘zbek tarixiy-adabiy asarlarida Amir Temurning ma’rifat homiysi talqinida ifodalanishining tarixiy hamda badiiy asoslari va tadriji bilan bog‘liq mushtarak yoxud o‘ziga xos jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Amir Temurning ma’rifatga munosabati hamda ma’rifiy qarashlari ingliz asarlarida tarixiy jarayon mahsuli, o‘zbek asarlarida esa milliy iftixor timsoli sifatida talqin qilinishi, Sohibqiron obrazini ma’rifatli shaxs sifatida gavdalantirishda mualliflarning subektiv yondashivi dalillangan;
Amir Temurning ma’rifiy faoliyatga oid qarashlarining tarixiy haqiqat hamda badiiy to‘qima uyg‘unligida xalqaro adabiy jarayonda ideallashtirish fonida afsonaviylashtirilishi, ramzlashtirilishi, oqlanishi, tanqid qilinishi, ibratlantirilishi kabi poetik vazifalardagi talqini asoslangan;
H.Hukhemning “Etti iqlim sultoni” va P.Qodirovning “Amir Temur siymosi” asarlari qiyosiy tahlili natijasida G‘arb adabiyotida Amir Temur obrazining ma’rifatparvar va vatanparvar hukmdor sifatida tasvirlanishi g‘arbona yondashuvlar va tasavvurlarga asoslanganligi, o‘zbek adabiyotda esa Temur obrazi yangi yaratilgan milliy model asosida talqin qilingani ko‘rsatib berilgan.
G.Lembning “Temur, olam muzaffari” asari va M.Alining “Ulug‘ saltanat” roman-epopeyasi asosida Sohibqiron Amir Temurga nisbatan shakllangan g‘arb stereotiplari bilan o‘zbek adabiyotidagi milliy iftixorga asoslangan real va romantik yondashuv o‘rtasidagi badiiy-uslubiy o‘ziga xosliklar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek adiblari ijodida Amir Temurning ma’rifatparvarligi talqin qilingan tarixiy-adabiy asarlar poetikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tarixiy-adabiy asarlarida Amir Temur obrazining ma’rifat homiysi siymosidagi talqinining qiyosiy tahlili asosida ingliz asarlarida qahramon idealizmi, o‘zbek asarlarida esa milliy iftixor timsoli aks etgani, Sohibqironning ma’rifatparvar shaxs sifatida gavdalantirilishida mualliflarning subektiv yondashivi namoyon bo‘lgani dalillangaligiga oid ilmiy yangilik va amaliy takliflardan O‘zbekiston Milliy universittida 2022-2024-yillar davomida bajarilgan “Rep-25112021/113-UzUDT: o‘zbek tilida tabiiy tilni qayta ishlash uchun universal bog‘liqlik daraxti korpusi va uning semantik tahlili” nomli innovatsion ilmiy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2025-yil 19-maydagi 04/11-6295 – son ma’lumotnomasi). Natijada qiyosiy adabiyotshunoslik, biografik asarlarning tuzilma-uslubiy xususiyatlari bo‘yicha materiallarning mazmuni sezilarli darajada yaxshilanishiga erishilgan;
H.Hukhemning “Tamburlaine, the Conqueror” asari bilan P.Qodirovning “Amir Temur siymosi” asari birinchi marta kompleks qiyosiy-nazariy tahlil qilinib, Sohibqironning ma’rifatparvar, adolatparvar va vatanparvar hukmdor sifatidagi talqini tarixiy-haqiqiy jihatdan g‘arbiy tasavvurlarni tuzatuvchi yangi “qiyosiy-maʼrifiy adolatparvarlik markazli global Temur” konseptual modeli bilan bog‘liq xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12- dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” loyihasida foydalanilgan (2025-yil 5-iyundagi 1705/02-son ma’lumotnoma). Natijada tadqiqot ishining asosiy tahliliy xulosalari ingliz prozasida Amir Temur obrazi orqali ifodalangan ma’rifatparvarlik va adolatparvarlikka oid fikr va g‘oyalarining umumbashariy badiiy-estetik ahamiyatini ochishga xizmat qilishi asoslangan;
G.Lembning “Tamerlane: Conqueror of the Earth” asari va M.Alining “Ulug‘ saltanat” roman-epopeyasi asosida jahongir Amir Temurga nisbatan shakllangan g‘arb stereotiplari bilan o‘zbek adabiyotidagi milliy iftixorga asoslangan real-tarixiy, islomiy-ma’rifiy romantik yondashuv o‘rtasidagi badiiy-uslubiy o‘ziga xosliklar aniqlangan tahliliy xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokanalining “O‘zlikni anglash” hamda “Buxoro” radiosining “Najot bilimda”, “Ijod zavqi” eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 11-iyundagi 01-09-124-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni boyitilishi ta’minlangan.