Zokirova Gavhar Zokir qizining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.“Ko‘kalamzorlashtirilgan modul tizimli tom qoplamalarini barpo etishda konstruktiv-texnologik imkoniyatlarni ishlab chiqish” mavzusida 05.09.08 – “qurilish texnologiyasi va qurilish jarayonlarini tashkil qilish” ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2025.1.PhD/T5501
Ilmiy rahbarlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bazarbaev Farruh Nazarbaevich t.f.f.d. dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.03/2026.09.01.T.02.M
Rasmiy opponentlar: Bahodirov Azizbek Abdulazizovich, texnika fanlari doktori (DSc)– professor; Narov Rustam Alixanovich– texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ko‘kalamzorlashtirilgan tom qoplamalarini qurishda qurilish ishlarining muddatini modul tizimlarini qo‘llab qisqartirish va tom qoplamalarini qatlamlarini soddalashtirishning ilmiy asoslangan jarayonlar ketma-ketligini ishlab chiqish.
III. Dissertatsiya tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat
O‘zbekistonning issiq-quruq va keskin o‘zgaruvchan iqlim sharoitini hisobga olib yashil tom qoplamalarining yuk ko‘taruvchanlik, gidroizolyasiya, vegetatsiya va ekspluatatsiya qatlamlari o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda tahliliy-qiyoslash ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi;
ko‘kalamzorlashtirilgan modul tizimli tom qoplamalarini barpo etish vaqtini rejalashtirish orqali “kritik yo‘l”ini qisqartirish mexanizmi asoslandi va 3,8% (100 kv.m. tom maydoni uchun) ga qisqartirishga erishilgan;
ko‘kalamzorlashtirilgan modul tizimli tom qoplamalarini qurishda amaliy tadqiqot asosida xronometraj o‘lchovlari ishlab chiqildi;
ko‘kalamzorlashtirilgan modul tizimli tom qoplamalari intensiv yashil tom qoplamalari xarajatlariga nisbatan 1,1% ga iqtisodiy samaradorligi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tom qoplamalarining ko‘kalamzorlashtirilgan modul tizimi texnologik ketma-ketlik va sxemalari “TREST-12” AJ qurilish bosh pudrat tashkilotining 2-sonli ko‘chma mexanizatsiyalashgan korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 12 noyabrdagi № 37-06/13159-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘kalamzorlashgan tom qoplamalarini 388 m2 maydonga joriy qilishda intensiv va yarim intensiv ko‘kalamzorlashgan tizimlarga nisbatan mehnat sarfi va qurilish muddati 3.8% qisqarish imkonini bergan;
tom qoplamasining qatlamlari (gidroizolyasiya, substrat va vegetatsion qatlamlar) o‘zaro uyg‘unlashtirilgan holda, yig‘ma modullar yordamida boshqa turdagi yashil tomlardan foydalanish jarayonidagi xarajatlarini kamaytirish va energiyani tejash usuli “JMAR GREAT PARTNERS” MChJ xususiy korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 12 noyabrdagi № 37-06/13159-son ma’lumotnomasi). Natijada asosiy mehnat sarfini qisqartirish hisobiga modul tizimli yashil tom qoplamalarini barpo etish xarajatlari intensiv yashil tom qoplamalariga nisbatan 1,1 % gacha iqtisodiy samaraga erishilgan.