Xalikova Dildora Yadullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillarida ikkilamchi nominativ birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3598
Ilmiy rahbar: Murodova Nigora Quliyevna filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Gulyamova Shahnoza Kaxramanovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xamzaev Sobir Amirovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida ikkilamchi nominativ birliklarning lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlash, ularning shakllanish tamoyillarini, semantik va madaniy imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nominatsiya jarayoni til egasining konseptual fikrlashi, madaniy tajribasi, idrok modeli, kommunikativ ehtiyoji va nutqiy amaliyoti integratsiyasidan iborat murakkab kognitiv-diskursiv faoliyat sifatida talqin qilinib, ideal kognitiv model konsepsiyasi va antroposentrik lingvomadaniyatshunoslik tamoyillari sintezidan iborat integrativ nazariy yondashuv asosida dalillangan;
ikkilamchi nominativ birliklarning lingvomadaniy xususiyati “leksik-konstruktiv konseptlar” konsepsiyasiga tayangan holda ishlab chiqilgan “yangi nominativ birlik (Y) ning mavjud konseptual asos (X) bilan kognitiv-diskursiv bog‘liqligi orqali shakllanishi” umumiy kognitiv tuzilma modelining diffuz nominantlar, asosiy va hosila nomlash birliklari hamda madaniy tajribaga suyangan semantik ko‘chishlar misolida o‘zbek va ingliz tillari materiali asosida qo‘llanishi isbotlangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi “joy/masofa” konseptosferasiga mansub endotsentrik, ekzotsentrik va idiomatik tipli kompozitiv nominantlarning chog‘ishtirma-tipologik tadqiqi natijasida leksik darajadagi lingvomadaniy modellarning semantik mexanizmlar zaminida voqelanish qonuniyati ilmiy asoslangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi “joy/masofa” konseptosferasiga mansub metaforik, metonimik va konversiv nominantlar qiyosiy tahlil qilinib, ikkilamchi nominatsiyaning shakllanishida semantik mexanizmlarning markaziy o‘rin tutishi hamda ularning milliy konseptual manzarani shakllantirishdagi yetakchi roli leksikografik manbalar, frazeologik fond hamda badiiy matnlardan to‘plangan dalillar asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida ikkilamchi nominativ birliklarning lingvomadaniy xususiyatlarini tahlil qilish bo‘yisha olingan ilmiy natijalar asosida:
nominativ nazariya doirasida jahon ilm-fanida ikkilamchi nominativ birliklarni hosil qilish usulining o‘zbek va ingliz tillari misolidagi holati tekshirilgan va tasdiqlangiligi; nominativ birliklarning hosil bo‘lish izchilligini ta’minlovchi analogik modellarning dastlab individual nutq birligi sifatida, keyinchalik esa ularning ijtimoiy nutqiy faoliyat birligi maqomiga ega bo‘lgan holda, tildagi barqaror sintagmalar sifatida tarkib topishi tavsiflanganligi kabi fikrlar asosidagi masalalari 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 8-noyabrdagi 523/1-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliy qo‘llash loyiha doirasida o‘zbek va ingliz lingvomadaniyatida kognitiv va konseptual nominativ birliklarning o‘rni asoslangan, ularning milliy lisoniy manzara hamda milliy konseptual manzarani shakllantirishdagi o‘rni dalillangan.
o‘zbek va ingliz tillarida ikkilamchi nominativ birliklarning yuzaga chiqish mexanizmiga doir nazariy qarashlar, umuman, ikkilamchi nominativ birliklarni harakatlantiruvchi kognitiv qonuniyatlar, ikkilamchi nominativ birliklar tashuvchi bilimlarni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va uzatish (reprezentatsiya) funksiyalarini tahlildan o‘tkazish orqali olingan ilmiy xulosalar ochib berilganligi kabi masalalari Germaniya akademik almashinuv xizmati DAAD tomonidan moliyalashtirilgan ID-576b3Z48-sonli European Perspectives in Dialogue: Central Asia and Western Research – Muloqotda Evropa istiqbollari: Markaziy Osiyo va G‘arb tadqiqotlari” nomli loyiha doirasida foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 15-noyabrdagi 06/7133-son ma’lumotnomasi). Natijada ikkilamchi nominativ birliklar ilk marta lingvomadaniy talqin qilish kabi masalalarni yoritishda dissertatsiyada ishlab shiqilgan usullardan foydalanilgan.
leksik vositalarga xos lingvomadaniy modellarning semantik vositalar orqali yuzaga chiqishi dalillanganligi kabi masalalar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209. “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan. Natijada “joy/masofa” konseptosferasiga oid endotsentrik, ekzotsentrik va idiomatik kompozitiv nominantlar orqali o‘zbek va ingliz tillarida leksik birliklarning semantik tuzilishida aks etgan lingvomadaniy modellar milliy tafakkur va makon tasavvurlarining o‘ziga xosligi ifodalangan.
qiyoslanayotgan tillardagi “joy/masofa” konseptosferasiga mansub endotsentrik, ekzotsentrik va idiomatik tipli kompozitiv nominantlarning qiyosidan kelib chiqib, leksik vositalarga xos lingvomadaniy modellarning semantik vositalar orqali yuzaga chiqishi dalillanganligini aniqlash kabi yangiliklaridan Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Adabiyot va hayot”, “Jarayon” singari turkum ko‘rsatuvlarining tegishli sonlarida, “Assalom, yangi kun” tonggi dasturida, Navoiy viloyat radiosi orqali efirga uzatilgan “Nazm va navo”, “O‘zbek adabiyoti” eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 6-noyabrdagi 01-02/148-son ma’lumotnomasi). Natijada dastur hamda eshittirishlarning ilmiy-ijodiyligi oshirilgan va dolzarbligi ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etgan.