Abdinazarov Xasan Shaymanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida neft va gaz sanoati terminlarining nominativ aspekti”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1 PhD/Fil 5616
Ilmiy rahbar: Saparova Qunduz Otaboeva, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05
Rasmiy opponentlar: Tojieva Gulbahor Nomozovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor, Qayumova Munavvar Sanaqulovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz va o‘zbek tillarida neft va gaz sanoati terminlarining nominativ aspektdagi mushtarak va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilida neft va gaz sohasiga oid terminlar lotin, grek va qadimgi fransuz tillaridan kirib kelganligi, o‘zbek tilida ushbu sohaviy terminosistemasi esa deyarli rus tilidan o‘zlashgan terminlarga borib taqalishi asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillarida neft va gaz sanoati terminosistemasi nominatsion tizimi geterogen modul asosida qurilgan bo‘lib, mazkur modul geologiya, geofizika, geokimyo sohalarini, neft va gaz quduqlarini burg‘ilash va sementlash, neft va gazni qayta ishlash kabi tarmoqlarga oid bo‘lgan terminlarni ifodalab kelishi aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda neft va gaz sanoati terminlarining struktur-derivatsion xususiyati affiksatsiya (ingliz tilida -ing, -tion, -sion, -er, o‘zbek tilida -sh, -ish, -ov, -uv, -chi, -gich, -qich), kompozisiya (juft terminlar, qo‘shma terminlar, birikma terminlar: ikki, uch, to‘rt tarkibli terminlar), konversiya, abbreviatsiya usullar samaradorligida namoyon bo‘lishi dalillangan;
neft va gaz sanoati terminlar tizimida nomlash mexanizmi orqali shakllangan metaforik terminlar konseptuallashtirish jarayonida ingliz tilida artefakt, fitomorfik, zoomorfik, antropomorfik, animalistik, fasliy-meteorologik metaforik; o‘zbek tilida esa faqat artefakt, fitomorfik, zoomorfik, animalistik hamda antropomorfik modellar asosida shakllanganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida neft va gaz sanoati terminlarining nominativ aspektining tahlili jarayonida erishilgan ilmiy natija va xulosalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida neft va gaz sanoati terminosistemasi nominatsion tizimi geterogen modul asosida qurilgan bo‘lib, mazkur modul geologiya, geofizika, geokimyo sohalarini, neft va gaz quduqlarini burg‘ilash va sementlash, neft va gazni qayta ishlash kabi tarmoqlarga oid bo‘lgan terminlarni ifodalab kelishiga oid nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 10-oktyabrdagi №01/10-2069-son ma’lumotnomasi). Natijada neft va gaz sanoati terminlarining o‘zbek tilidagi muqobil variantlari ta’limiy korpusini sanoat terminlari bilan takomillashuviga erishilgan;
ingliz tilida neft va gaz sohasiga oid terminlar lotin, grek va qadimgi fransuz tillaridan kirib kelganligi, o‘zbek tilida ushbu sohaviy terminosistemasi esa deyarli rus tilidan o‘zlashgan terminlarga borib taqalishiga oid ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 24-avgustdagi №04/1-1559-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili neft va gaz sanoati terminlarini o‘zbek tiliga o‘girish bilan bog‘liq amaliyotini sifat darajasini yaxshilashga va tarjimaga doir tahrir dasturlarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
neft va gaz sanoati terminlar tizimida nomlash mexanizmi orqali shakllangan metaforik terminlar konseptuallashtirish jarayonida ingliz tilida artefakt, fitomorfik, zoomorfik, antropomorfik, animalistik, fasliy-meteorologik metaforik; o‘zbek tilida esa faqat artefakt, fitomorfik, zoomorfik, animalistik hamda antropomorfik modellar asosida shakllanganligiga oid natijalar va xulosalardan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Fayzli kun” dasturining ssenariysini tayyoralashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 15-iyundagi №17-05/112-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashtirilib, ko‘rsatuvning ilmiy-ommaboplik xususiyatini oshirilishiga erishilgan.