Xushmanova Gulshod Ibragimovnaning  

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
“Badiiy adabiyotda urush va tinchlik muammosining qiyosiy-tipologik tadqiqi ( Lev Tolstoyning “Urush va tinchlik” epopeyasi va o‘zbek nasri misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Fil6893
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xalilova Dilbar Jalilovna, filologiya fanlari doktori (DSc PhD), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Turon universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.39.01 
Rasmiy opponentlar: Gafurov Baxtiyor Zakirovich, filologiya fanlari doktori, professor, Pardaeva Dilfuza Raimovna,  filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Lev Tolstoyning “Urush va tinchlik” roman- epopeyasi va o‘zbek nasrida urush va tinchlik muammosini qiyosiy-tipologik asosda o‘rganish, adabiy ta’sir va mushtaraklik masalalarini tadqiq etish, yozuvchilar uslubiga oid individual xususiyatlarni tavsiflash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jahon va o‘zbek adabiyotida urush hamda tinchlik mavzusining genezisi, shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari qiyosiy-tipologik asosda kompleks tahlil etilib, mazkur mavzuning badiiy-falsafiy talqinlari tadrijiy rivojlanish xususiyatiga ega ekani, shuningdek, uning milliy nasrimizda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar bilan uzviy bog‘liq holda ifodalangani ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
Lev Tolstoyning “Urush va tinchlik” roman-epopeyasida ilgari surilgan ijtimoiy-tarixiy konsepsiyaning o‘zbek nasriga ko‘rsatgan ta’siri tizimli ravishda ochib berilib, Vatan urushi mavzusidagi asarlarda milliy qahramon obrazini yaratish tamoyillari hamda Afg‘on urushi fojialari talqinida namoyon bo‘lgan psixologizmning o‘ziga xos badiiy xususiyatlari aniqlashtirilgan;
o‘zbek nasri namunalarida, xususan, Oybekning “Quyosh qoraymas”, Abdulla Qahhorning “Oltin yulduz”, Ulug‘bek Nazarovning “Chayon yili”, O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar”, Qodir Norqobilning “Daryo ortidagi yig‘i” asarlarida urush va tinchlik muammosining yoritilishida uslubiy individuallik, retrospektiv syujet va kompozision yaxlitlikning o‘rni hamda ahamiyati “Urush va tinchlik” roman-epopeyasi bilan qiyosiy-tipologik asosda dalillangan;
milliy nasrda urush va tinchlik mavzusining zamon va makon uyg‘unligidagi badiiy-falsafiy in’ikosi, adabiy ta’sir va mushtaraklik masalalari chuqur tahlil etilib, o‘zbek adabiyoti namunalari g‘oyaviy-badiiy jihatdan jahon ilg‘or adabiy jarayonining ajralmas tarkibiy qismi ekanligi ilmiy asosda isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy adabiyotda urush va tinchlik muammosining qiyosiy-tipologik tadqiqi masalasini yoritishga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida amalga oshirilgan PF-201912258- raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi  loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 18-dekabrdagi 01/04-1335-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy asoslari boyitildi.
“Urush va tinchlik” roman-epopeyasi: adabiy ta’sir, o‘ziga xoslik va mushtaraklik” mavzusi borasidagi ilmiy xulosalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2024-2025-yillar davomida bajarilgan IL – 7823051524-sonli “Paratranslator: parallel korpusga asoslangan kontekstologik elektron tarjima lug‘at platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2026-yil 18-martdagi 4/11- 7948-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlar va an’analarga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi ilmiy xulosalardan samarali foydalanish imkoniyati kengaygan.
  Urush va tinchlik mavzusini aks ettirishga bag‘ishlangan asarlar muvaffaqiyatini ta’minlagan eng asosiy jihatlar qatoriga haqqoniylik, xolislik hamda badiiy so‘z imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanish kabi xususiyatlar kiradi. Shu boradagi ilmiy xulosalar bayon qilingan materiallardan “Qashqadaryo”  teleradiokanali DM “Fayzli kun” dam olish musiqiy dasturini boyitishda muhim manba bo‘lib xizmat qildi. Eshittirishda dissertatsiyada keltirilgan ilmiy yangiliklardan samarali foydalanildi. Mazkur tadqiqotda Lev Tolstoyning “Urush va tinchlik” epopeyasi rus va o‘zbek tillariga tarjimon ijodkorlar tomonidan yaratilgan chuqur badiiy umumlashmalar, badiiy konsepsiya majmuidagi falsafiy g‘oyalarning insoniyat hayotida tutgan o‘rni masalalari atroflicha o‘rganilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Qashqadaryo viloyati teleradiokanali DM 2026-yil 12- yanvardagi №17-05/13-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirishga, ko‘rsatuv uchun tanlangan materiallar mazmunining mukammallashuviga, dasturning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish