Tasheva Nafisa Zaynitdinovnaning 

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
“Kristofer Marloning “Buyuk Temur” dramasi tarjimasida leksik-semantik birliklar hamda falsafiy qarashlar ifodasi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: №B2020.4.PhD/Fil1464
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Ilmiy rahbar: Shadmanov Qurbon Badriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05
Rasmiy opponentlar: Azimidin Normamatovich Nasirov filologiya fanlari doktori, professor,  Qodirova Muqaddas Tog‘aevna filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat  instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Kristofer Marloning “Buyuk Temur” dramasi tarjimasida leksik-semantik birliklar hamda falsafiy qarashlar ifodalanish xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
– Kristofer Marloning “Buyuk Temur” dramasi misolida ingliz dramaturgiyasi tili, buyuk siymolar xarakteri, qahramonlarning nutqiy xususiyatlari va  leksik-semantik maydoni millat mentalitetiga xos bo‘lgan mantiqiy, lisoniy, madaniy-axloqiy tafakkurning verballashuv hodisasi ekanligi asoslangan;
– “Buyuk Temur” dramasi asliyati hamda tarjimasidagi kompozision majoziylik, voqealar uyg‘unligi, bosh qahramonning ichki kechinmalari va tashqi faoliyati dramatik konfliktlar, timsollar va allegorik elementlar yetakchiligida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
– Kristofer Marloning “Buyuk Temur” dramasida leksik-semantik maydon qudrat va hukmronlik semantikasi, urush va jangarilik semantikasi, falsafiy va diniy semantika va poetik birliklardan iborat mavzuiy guruhlar atrofida shakllanganligi sababli ularning tarjimada ekvivalent hamda adekvat usullarda o‘girilishi va metafora, alliteratsiya, jonlantirish, simvolizm, qarama-qarshi tasvir kabi uslubiy vositalar ustivorligida namoyon bo‘lishi isbotlangan;
– Kristofer Marloning “Buyuk Temur” dramasi tarjimasida muallif falsafiy qarashlari, shaxs va jamiyat muammolarining g‘oyaviy asoslari yozuvchi shaxsiy dunyoqarashidagi fitriy va mohiyatan o‘zgarishlar kabi omillar ta’sirida voqelanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kristofer Marloning “Buyuk Temur” dramasi tarjimasida leksik-semantik birliklar va falsafiy qarashlar ifodalanishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Kristofer Marloning “Buyuk Temur” dramasi misolida ingliz dramaturgiyasi tili, buyuk siymolar xarakteri, qahramonlarning nutqiy xususiyatlari leksik-semantik maydoni millat mentalitetiga xos bo‘lgan mantiqiy, lisoniy, madaniy-axloqiy tafakkurning verballashuv hodisasi ekanligiga oid nazariy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlar doirasida 2021-2022 yillarda bajarilgan AL412104512 raqamli “O‘zbekistonning geografik obektlari uchun ko‘p tildagi elektron lug‘at yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada keng foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 18-fevral 2026-yil 05-02/1653-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar hamda monografiyalarning hamda lirik turning janrlar olami badiiyati yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar ilmiy saviyasining oshishiga xizmat qilgan;
“Buyuk Temur” dramasi asliyati hamda tarjimasidagi kompozision majoziylik, voqealar uyg‘unligi, bosh qahramonning ichki kechinmalari va tashqi faoliyati dramatik konfliktlar, timsollar va allegorik elementlar yetakchiligida namoyon bo‘lishiga  oid nazariy xulosalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogika milliy instituti Qoraqalpogʻiston filialida bajarilgan AI-XT-0-92997 raqamli 2023-2025-yillarda amalga oshirilgan "Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uygʻunligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari" mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogika milliy instituti Qoraqalpogʻiston filialining 2026-yil 25-martdagi №602-son ma’lumotnomasi). Natijada buyuk siymo yaratilishining leksik-semantik va ma’naviy-ma’rifiy parametrlarining ifodalanishi bilan bog‘liq atamalarning shakllanish usullari, ularning o‘zbek tiliga ekvivalent ifodalanishi, lingvokulturologik xususiyatlari ochib berilgan;
Kristofer Marloning “Buyuk Temur” dramasida leksik-semantik maydon qudrat va hukmronlik semantikasi, urush va jangarilik semantikasi, falsafiy va diniy semantika, poetik birliklar mavzuiy guruhlar atrofida shakllanganligi va ular tarjimada ekvivalent hamda adekvat usullarda o‘girilishi metafora, alliteratsiya, jonlantirish, simvolizm, qarama-qarshi tasvir kabi uslubiy vositalar ustivorligida namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Tarix tilsimlari” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2026-yil 5-martdagi  №03-20/191-son ma’lumotnomasi). Natijada buyuk siymo fazilatlari tushunchasining konsepsiyasi hamda yoshlar tarbiyasida qalb tarbiyasining muhimligi, nafsni jilovlash, meyorga solish va sarkardalik yaxshi xulq-atvorni shakllantirishga oid umuminsoniy qadriyatlar tushunchalarining ahamiyatini keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish