Xalikov Timur Tulkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli texnologiya tizimlari yordamida  ta’lim muassasalari   bitiruvchilaring bandligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish (oliy va professional ta’lim muassasalari misolida)”, 08.00.16 - “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5281
Ilmiy rahbar: Xatamov Ochildi Qurbonovich – iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc. 16/2025.27.12.I.01.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maxmudov Nosir Maxmudovich , iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiya tizimlari yordamida  mehnat bozorida ish beruvchi korxonalar, oliy va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarini o‘zaro integratsiyalash, shuningdek, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash mexanizmlarini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari: 
oliy va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozoridagi turli professional segmentlar bo‘yicha talablarini aniqlash hamda ularga taklif etilayotgan xizmatlarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan samarali mexanizm ishlab chiqildi;
oliy va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash jarayonlarini axborot modelini tuzish va uning ishlash tamoyillarini amalga oshiruvchi mantiqiy-funksional va tuzilmaviy yondashuvlarni muvofiqliklarini ta’minlaydigan maqbul ssenariylari ishlab chiqildi;
“Oliy va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini qo‘llab-quvvatlash” raqamli platformasi doirasida foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiruvchi funksiyalar, ma’lumotlar bazalarini integratsiyalash va qayta ishlash tizimlari orqali ish beruvchi korxonalar va oliy hamda professional ta’lim muassasalari bilan samarali aloqalarni ta’minlash mexanizmi taklif etildi;
oliy va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash tizimini joriy etishda raqamli platformaga asoslangan kompleks raqamli transformatsiya strategiyasi ishlab chiqildi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli texnologiya tizimlari asosida oliy va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ta’lim muassasalari faoliyatiga quyidagilar joriy etildi:
oliy va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozorida turli professional segmentlari bo‘yicha talablarini aniqlash mexanizmini ishlab chiqish asosida Termiz davlat universiteti faoliyat olib borayotgan “Karera markazi” bitiruvchilarining bilim va ko‘nikmalarini aks ettiruvchi elektron portfolio, rezyume, bo‘sh ish o‘rinlari (vakansiyalar) natijasida “Ish beruvchi – ta’lim muassasasi” o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni ta’minlash mexanizmlaridan foydalanilgan. Natijada oliy ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish samaradorligini oshirishga erishildi (Termiz davlat universitetining 2025-yil 8-apreldagi 04/12-1362-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 4/17-4/4-11556-sonli ma’lumotnomalari);
oliy va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash jarayonlarini axborot modelini tuzish va uning ishlash tamoyillarini amalga oshiruvchi mantiqiy-funksional va tuzilmaviy yondashuvlarni muvofiqliklarini ta’minlaydigan maqbul ssenariylari ishlab chiqish asosida bitiruvchilarning elektron portfolio, rezyume, vakansiyalar, malakaviy amaliyot va stajirovka tizimlari orqali ish beruvchilar bilan o‘zaro aloqani yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filialarida ish beruvchilar tomonidan bo‘sh ish o‘rinlarini e’lon qilish va talabgorlarni tanlash jarayonida amaliyotga joriy etildi. Natijada ta’lim muassasalarida mutaxassis kadrlar tayyorlashda ish beruvchilar talablarini inobatga olgan holda o‘quv rejalarini shakllantirish hamda fan dasturlariga o‘zgartirishlar kiritish imkoniyati yaratildi. (Toshkent davlat texnika universitetining 2025-yil 1-mart № 01/9-14-628-sonli, Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filialining 2025-yil 27-avgustdagi 111-sonli ma’lumotnomalari);
“Oliy va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini qo‘llab-quvvatlash” raqamli platformasi doirasida foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiruvchi funksiyalar, ma’lumotlar bazalarini integratsiyalash va qayta ishlash tizimlari orqali ish beruvchi korxonalar va oliy hamda professional ta’lim muassasalari bilan samarali aloqalarni ta’minlash mexanizmi taklif etilish natijasida ish beruvchi korxonalar va ta’lim tashkilotlari tomonidan amaliyot, stajirovka, tanlov, grant va stipendiyalarni e’lon qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar yuqoridagi ta’lim muassasalarida bitiruvchilarni ish beruvchilar tomonidan saralash jarayonida qo‘llanildi. Natijada “Korxona – oliy ta’lim muassasasi – ilmiy tashkilot” tipidagi klaster asosida ishlab chiqarish korxonalari tomonidan bitiruvchilar orasidan iqtidorli kadrlarni tanlab olish jarayoni samaradorligi oshirildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 4/17-4/4-11556-sonli  ma’lumotnomasi);
oliy va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash tizimini joriy etishda raqamli platformaga asoslangan kompleks raqamli transformatsiya strategiyasi ishlab chiqildi natijasida Termiz davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, uning Olmaliq filiali, Boysun ko‘ptarmoqli texnikumi hamda Xorazm viloyati Urganch tumani 2-son kasb-hunar maktabida bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash jarayonida amaliyotga joriy etildi. Natijada bitiruvchi talabalar uchun ish haqi to‘lanadigan ish o‘rinlari yaratilib, bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanish darajasi 38,6 foizdan 56,4 foizga, ya’ni 17,8 foizga oshishiga erishildi (Termiz davlat universitetining 2025-yil 8-apreldagi 04/12-1362-sonli, Toshkent davlat texnika universitetining 2025-yil 1-mart № 01/9-14-628-sonli, Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filialining 2025-yil 27-avgustdagi 111-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 4/17-4/4-11556-sonli  ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish