Shodmonov Xakimjon Xamdamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi e’loni
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarning ma’naviy-estetik dunyoqarashini takomillashtirishda muzeylarning ahamiyati” 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy ob’ektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: “OAK Byulleteni” jurnalining 2024 yil 3-sonida B2024.3.PhD/Tar2093 raqami bilan ro‘yxatga olingan.
Ilmiy rahbar: Mirzoraximov Abbosjon Shodmonovich tarix fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi huzuridagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD. 05/2025.27.12. Tar.07.01 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori (DSc), professor Ismoilov Alisher Fayzievich va San’atshunoslik fanlari doktori, akademik Hakimov Akbar Abdullaevichlar.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan davrdan hozirgi kunga qadar muzeylarning tarbiyaviy va ma’rifiy salohiyatini ilmiy-tahliliy jihatdan o‘rganish hamda yoshlarning ma’naviy-estetik dunyoqarashini takomillashtirishdagi o‘rni va ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
muzeylar faoliyatida yoshlarning ma’naviy-estetik dunyoqarashini takomillashtirish vazifalari uch bosqichda (1. 1991–2010-yillar, institutsional va huquqiy asoslari shakllantirilgan, muzeylarning ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatida yoshlar bilan ishlash yo‘nalishlari belgilangan; 2. 2011–2016-yillar, innovatsiyalar, 3D texnologiyalar, elektron gidlar joriy etilgan, interaktiv muhit yaratilgan; 3. 2017-2025-yillar, muzeylar ijtimoiy institutga aylanib, yangi ekspozisiyalar, xalqaro hamkorlik va ilmiy kengashlar tashkil etilgan, muzeylarning madaniy diplomatiya va ma’naviy tarbiya markazi sifatidagi roli kuchaygan) amalga oshirilganligi dalillangan;
yoshlarning idrok xususiyatlari, qiziqish doirasi va tafakkur rivojlanish darajasiga mos ekspozisiyalarni shakllantirish, ekskursiyalarni ta’limiy maqsadlarga yo‘naltirish, pedagogik salohiyatga ega muzey ekskursovodlarini – ya’ni muzey pedagoglarini tayyorlash zarurati yosh tashrifchilarning talab va qiziqishlariga moslashtirish yo‘lida yangi interaktiv va immersiv ekspozisiyalar, ta’limiy-integrativ ekskursiyalarga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirganligi asoslangan;
yoshlarni muzeylarga jalb etish jarayonida ularni yosh toifalariga ko‘ra guruhlash (7–11 yoshda vizual-emotsional idrok ustunlik qiladi; 11–14 yoshda tahliliy fikrlash elementlarining shakllanadi; 14–18 yoshda mustaqil va tanqidiy tahlil qobiliyatining rivojlanadi) muzeyni faqat tomosha joyi emas, balki faol bilim olish muhitiga aylanishi, jumladan madaniy merosni anglash va uni qadrlash, shuningdek globallashuv sharoitida g‘oyaviy barqarorlikni ta’minlovchi strategik omil ekanligi aniqlangan;
yoshlar orasida muzeylarga nisbatan qiziqish mavjud bo‘lsa-da, tashriflar soni kamligi muzeylar faoliyatiga doir axborotlarning etishmasligi, ekspozisiyalarning etarlicha jozibador emasligi hamda muzey infratuzilmasi va xizmatlar sifatidagi kamchiliklar bilan bog‘liqligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarning ma’naviy-estetik dunyoqarashini takomillashtirishda muzeylarning ahamiyati bo‘yicha tadqiqot olib borish davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
Yoshlarning ma’naviy-estetik dunyoqarashini rivojlantirishda muzeylar faoliyatining huquqiy asoslari bosqichma-bosqich shakllanganligi, jumladan 1991–2010-yillarda tashkiliy-huquqiy baza yaratilib, muzeylarning tarbiyaviy funksiyasi va yoshlar bilan ishlash yo‘nalishlari, 2017-2019-yillarda innovatsiyalar, 3D texnologiyalar va elektron gidlar joriy etilib, interaktiv muhit; 2020-yildan muzeylar ijtimoiy institut sifatida rivojlanib, yangi ekspozisiyalar, xalqaro hamkorlikning rivojlanishi; Ma’naviy-estetik tarbiya yoshlar dunyoqarashini shakllantirishda tarixiy-madaniy taraqqiyot, qadriyatlar va badiiy meros; muzeylar asosida estetik tarbiyaning integratsion modeli ishlab shiqarilishi, raqamli madaniyatning estetik idrokka ta’siri va texnologik qaramlikning salbiy jihatlari; muzeylarning milliy xotirani shakllantiruvchi tarbiyaviy institut sifatida talqin etilishi, “Avesto” va qadimiy an’analar asosida milliy o‘zlikni mustahkamlash hamda globallashuv sharoitida estetik tarbiya va yoshlar siyosati uyg‘unligiga oid materiallardan “Virtual muzey” dasturini joriy etish masalalari nomli davlat ijtimoiy loyihasi yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 9-sentyabrdagi 01-33/671-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha respublika muzeylarida ko‘rgazmalarning vizual jihatdan ta’sirchanligini oshirish, muzeyga tashrif buyuruvchilarning estetik dunyoqarashini o‘sishiga xizmat qilgan;
Yoshlar tarbiyasi bo‘yicha O‘zbekiston va dunyoning ilg‘or muzeylari tajribasi taqqoslanganda, AQShdagi Smison Institutining amaliy va texnologik “Hands-On Learning” dasturi, British Museumning “Young Explorers” interaktiv ekskursiyalari, Luvr muzeyining bolalar uchun raqamli va virtual loyihalari, Deusches Museumning “Kinderreich” sensor-ta’lim muhiti, Janubiy Koreya va Yangi Zelandiya muzeylarida 3D, QR-kod va virtual ilovalarning qo‘llanilishi, Rijksmuseumning “Junior Lab” dasturida kreativ texnologiyalar integratsiyasi, Tokio Milliy muzeyida milliy qadriyatlarni targ‘ib etish hamda Ermitajda madaniyatni amaliy anglashga yo‘naltirilgan dasturlar; O‘zbekistonda muzeylar bilan hamkorlikda qishloq maktablari uchun infratuzilmaviy cheklovlar, kadrlar malakasining pastligi, moliyaviy resurslar etishmasligi, muzey-ta’lim integratsiyasining sustligi hamda raqamli texnologiyalarning kamligi muammo sifatida ko‘rsatildi. Ularni bartaraf etish uchun milliy konsepsiya ishlab chiqish, “muzey pedagogikasi” bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, raqamli texnologiyalarni joriy etish, sayyor va onlayn muzeylarni rivojlantirish, maktab muzeylarini tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalardan hozirgi kunda bir qator umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida, ixtisoslashgan san’at maktablarida namoyish etib kelinmoqda. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 25-apreldagi 01-05/1593-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha yoshlarning muzey madaniyatiga qiziqishini oshirish, ularni milliy qadriyatlar va san’atga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan.