Baxriev Dilshod Rizvonkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“O‘zbekistonda sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3248
Ilmiy rahbar: Tursunov Jaxongir Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Rustamov Davron Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inklyuziv va mikrosug‘urta mahsulotlarida boshqaruv-ma’muriy xarajatlarga yo‘naltiriladigan sug‘urta mukofoti ulushining yuqori chegarasini belgilash orqali, xarajatlar xatari volatilligini kamaytirib, sug‘urtalovchining kombinatsiyalashgan ko‘rsatkichi va Solvency kapital talabi (SCR) bo‘yicha qamrov darajasining barqarorligini oshirish taklif etilgan;
bozor sig‘imini oshirish doirasida sug‘urta faolyatida shartnoma tuzish va da’volarni rasmiylashtirish jarayonlarini standartlashtirish, hujjatlashtirishni qisqartirish, raqamli hujjat aylanishi va masofaviy identifikatsiyani joriy etish orqali tranzaksiya xarajatlarini pasaytirish taklif etilgan;
bozor talabi asosida aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali oshirib borilishini ta’minlashda investision jozibadorlikni oshirish va aksiyadorlar manfaatdorligini ta’minlashga qaratilgan choraklik dividendlarga asoslangan dividend siyosatini yuritish taklif qilingan;
aksiyadorlik jamiyatining to‘lovga qobiliyatliligini uzlyuksiz nazorat qilish, milliy me’yorlar bilan uyg‘un xalqaro solvency metrikalari va dinamik indikatorlarga tayanuvchi baholash tizimini joriy etish orqali moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
inklyuziv va mikrosug‘urta mahsulotlarida boshqaruv-ma’muriy xarajatlarga yo‘naltiriladigan sug‘urta mukofoti ulushining yuqori chegarasini belgilash orqali, xarajatlar xatari volatilligini kamaytirib, sug‘urtalovchining kombinatsiyalashgan ko‘rsatkichi va Solvency kapital talabi (SCR) bo‘yicha qamrov darajasining barqarorligini oshirish taklifi AJ “Alskom sug‘urta kompaniyasi” faoliyatiga joriy etilgan (“Alskom sug‘urta kompaniyasi” AJning 2025-yil 6-noyabrdagi 04-6676-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, moliyaviy barqarorlik ta’minlanishi bilan birga, “inklyuziv sug‘urta” va “mikrosug‘urta” tushunchalari xalqaro talablar bilan muvofiqlashtiriladi, ularning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatini to‘g‘ri talqin qilish bilan hamda aholining mazkur tushunchalarni soddaroq idrok etish uchun sharoit yaratilgan;
bozor sig‘imini oshirish doirasida sug‘urta faolyatida shartnoma tuzish va da’volarni rasmiylashtirish jarayonlarini standartlashtirish, hujjatlashtirishni qisqartirish, raqamli hujjat aylanishi va masofaviy identifikatsiyani joriy etish orqali tranzaksiya xarajatlarini pasaytirish taklifi AJ “Alskom sug‘urta kompaniyasi” faoliyatiga joriy etilgan (“Alskom sug‘urta kompaniyasi” AJning 2025-yil 6-noyabrdagi 04-6676-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mehnat unumdorligi 10-15 foizga oshdi va shu bilan birga mijozlar ehtiyojini qondirish darajasi 67 foizdan 80 foizgacha ko‘tarilgan, raqamlashtirish natijasida mijozlarni saqlab qolish (retensiya) va yangi mijozlarni jalb etish asosida 450 mln. so‘mgacha iqtisodiy samaraga erishish prognoz qilingan;
bozor talabi asosida aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali oshirib borilishini ta’minlashda investision jozibadorlikni oshirish va aksiyadorlar manfaatdorligini ta’minlashga qaratilgan choraklik dividendlarga asoslangan dividend siyosatini yuritish taklifi AJ “Alskom sug‘urta kompaniyasi” faoliyatiga joriy etilgan (“Alskom sug‘urta kompaniyasi” AJning 2025-yil 6-noyabrdagi 04-6676-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aksiyadorlik jamiyati choraklik dividend to‘lovlari amaliyotiga o‘tilgan va ustav kapitali 60 milliard so‘mga etkazilgan;
aksiyadorlik jamiyatining to‘lovga qobiliyatliligini uzlyuksiz nazorat qilish, milliy me’yorlar bilan uyg‘un xalqaro solvency metrikalari va dinamik indikatorlarga tayanuvchi baholash tizimini joriy etish orqali moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashga doir taklifi AJ “Alskom sug‘urta kompaniyasi” faoliyatiga joriy etilgan (“Alskom sug‘urta kompaniyasi” AJning 2025-yil 6-noyabrdagi 04-6676-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2024-yilda aksiyadorlik jamiyati to‘lovga qobiliyatlilik marjasining etarliligi sug‘urta bozorida yuqori 1,4 miqdorda, 2025-yil III-chorakda 1,27 miqdorda shakllanishiga erishilgan.