Abdurahmonov Abdumalik Abdurashid o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Kompaniyalar biznes-jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish”
08.00.16 –Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3129
Ilmiy rahbar: Bobojonov Azizjon Babaxanovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Ishmanova Dinora Nurmamad qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;
Xusanov Ulug‘bek Nishanovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot:  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompaniyalarning biznes jarayonlari va qaror qabul qilish jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish, raqamli strategiyalarini ishlab chiqish, bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompaniyalarda raqamli transformatsiya samaradorligini kompleks baholash maqsadida AHP, Entropiya va CRITIC tahliliy metodlari integratsiyasi asosida mezonlar og‘irliklarini aniqlashga yo‘naltirilgan ko‘p mezonli “Raqamli transformatsiya samaradorlik indeksi” (DTEI) ishlab chiqilgan;
kompaniyalarda raqamli transformatsiya jarayonini boshqarishda mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish (CRM) tizimini bosqichma-bosqich joriy etishning asosiy samaradorlik ko'rsatkichlariga (KPI) asoslangan boshqaruv modeli va transformatsiya jarayonini real vaqt rejimida monitoring qilish uchun data-driven baholash mexanizmi taklif etilgan;
lizing kompaniyalarida mijozlarning moliyaviy barqarorligini baholash uchun tizimlar o'rtasidagi aloqalar (API) integratsiyasi orqali ma’lumotlarni avtomatik yig‘ish va sun’iy intellekt algoritmlariga asoslangan kredit riskini aniqlashning tahliliy modeli ishlab chiqilgan;
kompaniyalarda raqamli xizmatlar rivojlanishini baholash uchun raqamli xizmat sifati, onlayn foydalanuvchilar soni, elektron to‘lovlar va xizmatlar hajmini o‘z ichiga oluvchi indikatorlar tizimi asosida 2025–2030 yillarga mo‘ljallangan ko‘p omilli empirik prognozlash stenariylari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompaniyalar biznes-jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kompaniyalarda raqamli transformatsiya jarayonlarining samaradorligini har tomonlama va obektiv baholash maqsadida Analitik ierarxiya jarayoni (AHP), Entropiya hamda CRITIC usuli kabi zamonaviy ko‘p mezonli tahliliy metodlar integratsiyasi asosida yagona “Raqamli transformatsiya samaradorlik indeksi” (DTEI)ga doir taklifi Uzbek leasing international A.J. kompaniyaning faoliyatiga joriy etilgan (Uzbek leasing international A.J. ning 2025-yil 30-maydagi 05/462-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur indeks turli omillar o‘rtasidagi muvozanatni hisobga olgan holda raqamli transformatsiya darajasini kompleks baholash, ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonini ilmiy asoslash imkoniyatiga erishilgan;
kompaniyalarda raqamli transformatsiya jarayonlarini samarali boshqarish maqsadida mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish (CRM) tizimini bosqichma-bosqich joriy etishga asoslangan, (KPI) asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari orqali boshqariluvchi integrallashgan modelga doir taklifi Uzbek leasing international A.J. kompaniyaning faoliyatiga joriy etilgan (Uzbek leasing international A.J. ning 2025-yil 30-maydagi 05/462-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur model transformatsiya jarayonining har bir bosqichida natijadorlikni baholash, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va boshqaruv qarorlarini optimallashtirish imkoniyatiga erishilgan; 
yuridik shaxs mijozlar uchun CCR-CNN (Corporate Credit Rating via Convolutional Neuron Networks) modeli asosida ishlab chiqilgan tizim yuridik shaxs mijozlaming moliyaviy holatini ko‘p omilli baholashga imkon berdi. Sun’iy intellekt algoritmlari asosida to‘lov tarixi, balans ko‘rsatkichlari, kredit va huquqiy faoliyat kabi omillami kompleks tahlil qilish orqali qaror qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirishga doir taklifi Uzbek leasing international A.J. kompaniyaning faoliyatiga joriy etilgan (Uzbek leasing international A.J. ning 2025-yil 30-maydagi 05/462-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kompaniya tomonidan moliyaviy tavakkalchiliklami baholashda vaqt sarfi 20-25 foizga kamaydi, bu esa operatsion samaradorlikka eshirilgan;
Ilmiy tadqiqot doirasida Uzbek Leasing International A.J. kompaniyasining 2019-2024 yillar oralig‘ida raqamli transformatsiya bo‘yicha erishgan natijalari asosida regressiya modellariga doir taklifi Uzbek leasing international A.J. kompaniyaning faoliyatiga joriy etilgan (Uzbek Leasing International A.J.ning 2025-yil 30-maydagi 05/462-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, chiziqli va logarifmik regressiya asosida 2025-2030 yillar uchun raqamli ko‘rsatkichlaming prognoz qiymatlari hisoblab chiqilgan bo‘lib, jumladan, onlayn xizmatlar ulushi, elektron to‘lovlar va ichki jarayonlaming avtomatlashtirilganlik darajasi kabi indikatorlar bo‘yicha barqaror o‘sish prognozi asoslangan holda ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish