Yakubov San’atbek Ravshanbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5792
Ilmiy rahbar: Ibodullaev Abrorjon Axrorjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2026.31.01.1.42.02
Rasmiy opponentlar: Jalilov Sherzod Kaxramonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Ilxomjon Obodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Toshkent Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent fililali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, daromadining katta qismini faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltirishda yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilash taklif etilgan;
belgilangan tartibda lisenziya varaqasi mavjud bo‘lganda yengil avtotransportda yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish faoliyatini o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritish asoslangan;
tadbirkorlik muhitining shaffofligini oshirish, soliq to‘lash va hisobot topshirish jarayonlarini yagona raqamli platforma asosida soddalashtirishda yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun maxsus huquqiy rejim joriy etish taklif etilgan;
bozorlar va savdo majmualarida faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning yollanma ishchilari uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasini soliq davrida bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, daromadining katta qismini faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltirishda yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilashga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tomonidan amaliyotga qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 19-sentyabrdagi 16/1-104255-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun soliq yukini sezilarli darajada kamaytiradi, ular daromadining katta qismini faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltirish imkonini beradi;
belgilangan tartibda lisenziya varaqasi mavjud bo‘lganda yengil avtotransportda yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish faoliyatini o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tomonidan amaliyotga qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 19-sentyabrdagi 16/1-104255-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2025-yilda yo‘lovchilarni tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 76 646 ta jismoniy shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida yangidan ro‘yxatga olingan;
tadbirkorlik muhitining shaffofligini oshirish, soliq to‘lash va hisobot topshirish jarayonlarini yagona raqamli platforma asosida soddalashtirishda yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun maxsus huquqiy rejim joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tomonidan amaliyotga qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 19-sentyabrdagi 16/1-104255-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tadbirkorlar uchun faoliyatni rasmiylashtirishdan tortib soliq to‘lash va hisobot topshirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni yagona raqamli platforma orqali amalga oshirish imkoniyati yaratilgan;
bozorlar va savdo majmualarida faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning yollanma ishchilari uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasini soliq davrida bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilash yuzasidan bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tomonidan amaliyotga qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 19-sentyabrdagi 16/1-104255-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, soliq solishning adolatlilik tamoyili ijrosi ta’minlanadi. mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish darajasi oshirishga, tadbirkorlar uchun soliq yukining barqaror va prognoz qilinadigan tizimi shakllanishiga hamda soliq solishning adolatlilik tamoyili ijrosi ta’minlanishiga olib keladi.