Kaipbergenov Azat Erejepbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston turistik marshrutlari tarixiy muhitini me’moriy-badiiy tashkil etish tamoyillari”, 18.00.01 - Arxitetura nazariyasi va tirixi. Arxitekturasi yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/A210.
Ilmiy rahbar: Reyimbaev Shuxrat Sadullaevich, arxitektura fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassaslar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.03/2026.09.01.A.01.M.
Rasmiy opponentlar: Durdieva Gavhar Salaevna, arxitektura fanlari doktori, professor; Atoshov Sanjar Bahodirovich, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “QIShLOQQURILIShLOYIHA” DK. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston hududidagi yodgorliklarning arxitekturasini ochib berish, turizm infratuzilmasini takomillashtirish yuzasidan me’moriy-badiiy tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish hamda turistik marshrutlarga loyihaviy takliflar yaratishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston me’moriy yodgorliklarining hududiy joylashuv xaritasi Geografik axborot tizimi (GAT) dasturi asosida aniqlanib, tarixiy 125 ta ob’ekt 5 ta davrga (mil. av. VI-I asrlar, I-VI asrlar, VII-XIII asrlar, XIV-XVII asrlar, XVIII-XX asrlar) bo‘lingan holda “Yagona tarixiy-arxitekturaviy karkas” hududiy rivojlanish xaritasi ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarkibidagi tumanlar va Nukus shahri bo‘yicha sayyohlar QR-kod orqali olish mumkin bo‘lgan 96 ta turistik ob’ektlar salohiyati - qurilgan vaqti, joylashgan hududi va tarixiy ma’lumotlari tasniflanib, noyob jihatlari ochib berilgan holda ma’lumotlar bazasi yaratilgan;
shahar va tumanlarning turistik salohiyatini (resurs salohiyati, tarixiy-madaniy va ma’naviy ahamiyat, yil bo‘yi barqarorlik, xarajat va infratuzilmaning maqbulligi, hudud strategiyasiga mosligi, iqtisodiy foyda va bandlik) mezonlarga asoslangan holda baholanib, tarixiy-madaniy; ziyorat; ekoturizm turlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida yuqori potensiyalga ega ekanligi asoslab berilgan;
hududiy turizmni rivojlantirish doirasida xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil etish, arxitektura va rekreatsiya muhitini ierarxik rivojlantirish hamda mahalliy tabiiy-iqlimiy va etnomadaniy xususiyatlarga moslashtirish doirasida Nukus shahrida turizm klasteri yadrosini shakllantirish taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida turistik marshrutlar va ularga xizmat ko‘rsatish tamoyillarini ishlab chiqish mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarkibidagi tumanlar va Nukus shahri bo‘yicha sayyohlar QR-kod orqali olish mumkin bo‘lgan 96 ta turistik ob’ektlar salohiyati - qurilgan vaqti, joylashgan hududi va tarixiy ma’lumotlari tasniflanib, noyob jihatlari ochib berilgan holda ma’lumotlar bazasi yaratilganligi hamda hududiy turizmni rivojlantirish doirasida xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil etish, arxitektura va rekreatsiya muhitini ierarxik rivojlantirish hamda mahalliy tabiiy-iqlimiy va etnomadaniy xususiyatlarga moslashtirish doirasida Nukus shahrida turizm klasteri yadrosini shakllantirish taklifi ishlab chiqilganligi yuzasidan takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 5 maydagi 01-07/01-1616-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatning turistik hududlari salohiyatini va samaradorligini oshirish, shuningdek, sayyohlik markazlarini arxitektura jihatidan loyihalash nazariyasini yanada rivojlantirish va ilmiy asosda boyitish uchun zamin yaratilgan;
shahar va tumanlarning turistik salohiyatini (resurs salohiyati, tarixiy-madaniy va ma’naviy ahamiyat, yil bo‘yi barqarorlik, xarajat va infratuzilmaning maqbulligi, hudud strategiyasiga mosligi, iqtisodiy foyda va bandlik) mezonlarga asoslangan holda baholanib, tarixiy-madaniy; ziyorat; ekoturizm turlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida yuqori potensiyalga ega ekanligi asoslab berilganligi yuzasidan takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 3 noyabrdagi 01-07/01-3768-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqaning barcha tumanlar va Nukus shahri uchun arxitektura-rekreatsion muhitni shakllantirishning asoslangan rejalashtirish va barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan tamoyillari asoslab berilgan; 
Qoraqalpog‘iston me’moriy yodgorliklarining hududiy joylashuv xaritasi Geografik axborot tizimi (GAT) dasturi asosida aniqlanib, tarixiy 125 ta ob’ekt 5 ta davrga (mil. av. VI-I asrlar, I-VI asrlar, VII-XIII asrlar, XIV-XVII asrlar, XVIII-XX asrlar) bo‘lingan holda “Yagona tarixiy-arxitekturaviy karkas” hududiy rivojlanish xaritasi ishlab chiqilganligi yuzasidan takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniy me’ros boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniy me’ros boshqarmasining 2025 yil 11 noyabrdagi 01-03/01-728-son ma’lumotnomasi). Natijada Respublikamizga tashrif buyurgan va mahalliy sayyohlar uchun ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish