Ismoilova Nilufarxon Ibroximjon qizi
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
“Bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual kasbiy rivojlantirishda mantiqiy topshiriqlardan foydalanish texnologiyasini takomillashtirish (Pedagogik mahorat fani misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8664
Ilmiy rahbar: Axunov Umidbek Ruzibaevich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.05.01
Rasmiy opponentlar: Yulchiev Shaxriyor Xusanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Narziqulova Dilnozaxon, pedagogika fanlari doktori (DSc) professor. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual kasbiy rivojlantirishda mantiqiy topshiriqlardan foydalanish texnologiyasini takomillashtirish hamda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilar intellektual va kasbiy rivojlanishining pedagogik imkoniyatlari kognitiv ehtiyoj, motivatsiya, refleksiya kabi ichki psixologik jarayonlarni ta’lim muhiti, pedagogik rahbarlik, ijtimoiy-iqtisodiy sharoit kabi tashqi ijtimoiy-pedagogik omillar bilan o‘zaro bog‘liqlik hamda funksional aloqadorlik tamoyillariga ta’sirini kompleks tasniflash asosida aniqlashtirilgan; 
talabalarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlarning tarkibiy-tuzilmaviy mazmuni kognitiv psixologiya, raqamli platformalar va tizimli yondashuvlarning didaktik konstruksiyasiga (vaziyatli, muammoli, tanqidiy, tahliliy, sintezlovchi) qiyinlik darajasi, refleksiya darajasi hamda bilimlarni integratsiya qilish darajasi korrelatsiyasi samaradorligini muntazam baholab borish asosida takomillashtirilgan; 
 “Pedagogik mahorat” fani mazmuniga muvofiq mantiqiy topshiriqlardan foydalanishning didaktik ta’minoti konstruktiv yondashuv va fikrlash dizayni metodi asosida modul-tizim, fan komponentlariga mos integratsiyalashgan texnologik platforma doirasida tahlil qilinib, maqsad hamda ta’limiy resurslarning kontekstli  tavsifini belgilash orqali takomillashtirilgan; 
bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual rivojlanish darajasini baholashga xizmat qiluvchi mezonlar tizimi pedagogik diagnostika hamda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish jarayonida kognitiv (mantiqiy fikrlash, muammo echish), emotsional (refleksiya, motivatsiya) va ijodiy (innovatsion yondashuv) uyg‘unligini ta’minlash mantig‘iga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual kasbiy rivojlantirishda mantiqiy topshiriqlardan foydalanish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
kognitiv ehtiyoj, motivatsiya, refleksiya kabi ichki psixologik jarayonlarni ta’lim muhiti, pedagogik rahbarlik, ijtimoiy-iqtisodiy sharoit kabi tashqi ijtimoiy-pedagogik omillar bilan o‘zaro bog‘liqlik hamda funksional aloqadorlik tamoyillariga ta’sirini kompleks tasniflash asosida aniqlashtirilgan bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual va kasbiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillariga doir ilmiy mulohazalar “Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish Markazi” tomonidan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish Markazining 2025-yil 16-iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada, talaba-yoshlarni ijtimoiy faolligini rivojlantirish faoliyatining metodik ta’minotini takomillashishiga erishilgan;
kognitiv psixologiya, raqamli platformalar va tizimli yondashuvlarning didaktik konstruksiyasiga (vaziyatli, muammoli, tanqidiy, tahliliy, sintezlovchi) qiyinlik darajasi, refleksiya darajasi hamda bilimlarni integratsiya qilish darajasi korrelatsiyasi samaradorligini muntazam baholab borish asosida takomillashtirilgan bo‘lajak o‘qituvchilarda mantiqiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlarning tarkibiy-tuzilmaviy xususiyatlari “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi №926285-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, pedagogik oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlashning metodik ta’minoti ortishiga erishilgan;   
konstruktivistik yondashuv hamda fikrlash dizayni metodini modul-tizim asosida fan komponentlariga mos integratsiyalashgan texnologik platforma doirasida tahlil qilinib, maqsad hamda ta’limiy resurslarning kontekstli  tavsifini belgilash orqali takomillashtirilgan “Pedagogik mahorat” fanining mazmuniga mos ravishda mantiqiy topshiriqlardan foydalanishning didaktik imkoniyatlariga doir taklif va tavsiyalardan o‘quv dasturlari va darsliklarni yaratish jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil 4-iyundagi №02/01-01-201-son ma’lumotnomasi). Natijada, fanni o‘qitishda mantiqiy topshiriqlardan samarali foydalanish, o‘quv jarayonida qo‘llash, takomillashtirish va baholashga doir metodik tavsiyalar shakllanishiga erishilgan;
pedagogik diagnostika hamda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish jarayonida kognitiv (mantiqiy fikrlash, muammo echish), emotsional (refleksiya, motivatsiya) va ijodiy (innovatsion yondashuv) uyg‘unligini ta’minlash mantig‘iga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual rivojlanish darajasini baholashga xizmat qiluvchi mezon va indikatorlariga doir taklif va tavsiyalar Germaniya Federativ Respublikaning Bremen shahridagi Grone ta’lim tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan LCT-2025/1 WAE-9-2024 “Mantiqiy va tanqidiy fikrlashga yo‘naltirilgan kompleks topshiriqlar shakllantirishning mediadidaktik-konseptual mexanizmi” (A mediadidactic-conceptual mechanism for forming complex tasks that promote logical and critical thinking) ilmiy loyihasi konsepsiyasini shakllantirishda qo‘llanigan (GFR Grone ta’lim tashkilotining 2025-yil 24-apreldagi ma’lumotnomasi). Germaniya Federativ Respublika. Natijada, talabalarning kasbiy-intellektual jihatdan rivojlanishini baholashning amaliy tizimi takomillashishi va  samaradorligi ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish