Ismoilov Bobur Xudoyarovichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Yusuf Sakkokiyning “Miftohu-l-ulum” risolasining matniy tadqiqi. 
10.00.10-Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2461. 
Ilmiy rahbar: Boltaboev Hamidulla Ubaydullaevich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.01.12 raqamli bir martalik kengash. 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori (DSc), professor v.b B.S.Umrzoqov; filologiya fanlari doktori (DSc), professor S.A.Rustamiy. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II.Tadqiqotning maqsadi. “Miftohu-l-ulum” asari qo‘lyozmalarining ilmiy tavsifini yaratish, mavjud qo‘lyozma va nashrlarni solishtirish va boshqa matniy jihatlarini tadqiq etish hamda asarda poetika masalalarining yoritilishini o‘rganishdan iborat.  
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:  
“Miftohu-l-ulum” asarining matniy tadqiqini amalga oshirish orqali uning 4476, 4478, NEKAY-00308 (Turkiya), 7843/IV (O‘zbekiston) va 12384 (Eron) raqamli qo‘lyozmalar tavsif qilingan va Taftazoniy, Qazviniy, Jurjoniy sharhlaridagi  nazariy muammolar aniqlangan; 
“Miftohu-l-ulum” asarining qo‘lyozmalari va uning Bayrut nashri matni qiyoslanib, ular o‘rtasidagi mushtarak va farqli jihatlar ilmiy asoslangan; 
asarning tarkibi, ilmiy-adabiy yo‘nalishi, asar asosiga qo‘yilgan ilmiy muammolar doirasi aniqlanib, ularning zamonaviy matnshunoslikka asos yaratganligi dalillangan; 
mazkur asarda aks etgan maoniy, bayon va badiʼ ilmlariga oid qarashlar mumtoz filologiya va adabiyotshunoslikdagi talqinlar bilan munosabatda balog‘at ilmiga oid risolalar uchun birlamchi manba bo‘lgani isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yusuf Sakkokiyning “Miftohu-l-ulum” asari matniy tadqiqi masalasiga doir olib borilgan ilmiy natijalar asosida: 
“Miftohu-l-ulum” asarining matniy tadqiqini amalga oshirish orqali uning 4476, 4478, NEKAY-00308 (Turkiya), 7843/IV (O‘zbekiston) va 12384 (Eron) raqamli qo‘lyozmalar tavsif qilingan va Taftazoniy, Qazviniy, Jurjoniy sharhlaridagi nazariy muammolarga oid xulosalardan Turkiya Respublikasi Karabuk universiteti Chingiz Aytmatov nomidagi Turk dunyosi amaliyot va tadqiqot markazining Turk dunyosi bilan hamkorlikdagi faoliyatlarida, shuningdek, Inson va jamiyat fanlari fakulteti Turk tili va adabiyoti kafedrasida o‘tiladigan Turk dunyosi, Eski turk adabiyoti, Chig‘atoy turkchasi kabi fanlarda foydalanilgan (Karabuk Universiteti rektorligi Chingiz Aytmatov nomidagi Turk dunyosi amaliyot va tadqiqot markazining 03.11.2025 dagi E-7481740-251.51.984156-sonli ma’lumotnomasi). Natijada turkiyalik tadqiqotchi va talabalar turkiy xalqlar adabiy merosini taqqoslab o‘rganishda, ularning badiiy tafakkur doirasini kengaytirishda hamda adabiyot nazariyasi bo‘yicha bilimlarining mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etgan;
 “Miftohu-l-ulum” asarining qo‘lyozma va nashr nusxalari matnlari qiyoslanib, ular o‘rtasidagi mushtarak va farqli jihatlar asoslanganligi bo‘yica xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan turli ijodiy loyihalarda, yosh ijodkorlar to‘garaklari faoliyatida, adabiy suhbatlar jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 30- oktyabrdagi 1149-sonli maʼlumotnomasi). Natijada yosh ijodkorlarda Yusuf Sakkokiyning ilmiy merosi, “Miftohu-l-ulum” asarida bayon qilingan maoniy, bayon va badi’ ilmlari bo‘yicha olgan ko‘nikmalari mustahkamlangan hamda tadqiqotda ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy umumlashmalar zarur adabiy-nazariy qarashlarning shakllanishiga xizmat qilgan; 
 asarning tarkibi, ilmiy-adabiy yo‘nalishi, asar asosiga qo‘yilgan ilmiy muammolar doirasi aniqlanib, ularning zamonaviy matnshunoslikka asos yaratganligi dalillanganligi borasidagi ilmiy-nazariy xulosalardan “Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasining yangi nashrini yaratish (uch tilda: o‘zbek, rus, ingliz)” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Maʼnaviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 24-noyabrdagi AL-7723061982-sonli dalolatnomasi). Natijada ensiklopediyani nashrga tayyorlashda Boburning balog‘at ilmi bilan bog‘liq asarlaridagi adabiy ta’sir va vorislik masalalariga aniqlik kiritilib, “Aruz” risolasi tarkibidagi nazariy masalalarni o‘rganish uchun Yusuf Sakkokiy risolasi asos bo‘lgan;
mazkur asarda aks etgan maoniy, bayon va badiʼ ilmlariga oid qarashlar mumtoz filologiya va adabiyotshunoslikdagi talqinlar bilan munosabatda balog‘at ilmiga oid risolalar uchun birlamchi manba bo‘lgani isbotlangani to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti”, “O‘zbek she’riyati”, “Bedorlik” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 30-oktyabrdagi 04-04-2311-son maʼlumotnomasi). Natijada teleradiokompaniya tomonidan efirga uzatilgan eshittirish va ko‘rsatuvlar orqali tinglovchilar Yusuf Sakkokiyning ilmiy merosi, “Miftohu-l-ulum” asarining mazmuni, asardagi bayon va badiiyat masalasining talqini xususida yangi maʼlumotlar olishgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish