Ro‘zimov Voxid Ulug‘bekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoramollar organizmiga Bodifors va Multivit+Minerallar preparatlarini ta’siri”, 16.00.04-Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigienasi va veterinar-sanitariya ekspertizasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/V181
Ilmiy rahbar: Niyozov Hakim Baqoevich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomiSamarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.08/2025.27.12.V.11.01.
Rasmiy opponentlar: Xaliqov Abror Azamovich, veterinariya fanlari doktori, dotsent; Eshmatov G‘ayrat Xurram o‘g‘li, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Bodifors va Multivit+Minerallar preparatlarining qoramollar organizmiga farmakologik, klinik-fiziologik va gematologik ko‘rsatkichlari dinamikasiga ta’sirini aniqlash hamda preparatlarning xavfsizligi va samaradorligini ilmiy jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy sharoitda ishlab chiqilgan Bodifors preparatining farmakopeya talablariga mosligi, biologik xavfsizligi va fiziologik faollik darajasi ilk bor kompleks tarzda baholangan; 
Qoramollarda Bodifors (1 ml/25 kg) va Multivit+Minerallar (6 ml/100 kg) preparatlarini uch marta birgalikda qo‘llashning sinergik ta’siri natijasida tirik vaznning nazoratga nisbatan o‘rtacha 16,2 kg ga ortishi aniqlangan; 
Bodifors va Multivit+Minerallar preparatlari birgalikda qo‘llanilganda hayvonlar qondagi umumiy oqsil 15,5% ga, albumin 22,5% ga va D vitamini 24,1% ga oshganligi ilmiy jihatdan asoslangan; 
Bodifors va Multivit+Minerallar preparatlarini qo‘llanish me’yorlari va samarali dozalari ilmiy asoslanib, ushbu preparatlarning go‘sht sifatiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri ilmiy asoslangan; 
qoramollarga Bodifors (1 ml/25 kg) va Multivit+Minerallar (6 ml/100 kg) preparatlarini jami 3 marta muskul orasiga birgalikda qo‘llash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida qoramollarda Bodifors va Multivit+Minerallar dori vositalarini quyon va qoramollarning o‘sish va rivojlanishi xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“Bodifors va Multivit+Minerallari preparatlarining qoramollar organizmiga ta’siri” bo‘yicha tavsiyalar (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 26 sentyabr) ishlab chiqilgan va veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 25 noyabrdagi 33/03-05-1392-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni qo‘llash hisobiga qoramollar mahsuldorligi va rezistentligini oshirishda yuqori samaradorlikka erishilgan; 
Qoramollarning o‘sish va rivojlanishini yaxshilash maqsadida Bodifors preparatidan 1 ml/25 kg, Multivit+Minerallar preparatidan 6 ml/100 kg jami 3 marta muskul orasiga qo‘llashga asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan va Qoraqalpog‘iston Respublikasining qoramolchilik fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 25 noyabrdagi 33/03-05-1392-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar qoramolchilik xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda; 
Qoramollar go‘sht mahsuldorligi va sifatini oshirish uchun Multivit+Minerallar 6 ml/100 kg va Bodifors 1 ml/25 kg miqdorda jami 3 marta muskul orasiga qo‘llash usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limiga qarashli “QONIRATBAY MEXRI” fermer xo‘jaligi, Ellikqal’a tumaniga qarashli “AMIR-OQ-ChAShMA”, “BAXODIR ChORVASI”, “LIDER JAYXUN” fermer xo‘jaligi, Beruniy tumani “FAYZULLAEV AZIZBEK-LAZIZBEK” fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 25 noyabrdagi 33/03-05-1392-son ma’lumotnomasi). Natijada sifatli va veterinariya sanitariya ekspertiza talablariga to‘liq javob beradigan qoramol go‘shti etishtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish