Mustafoeva Ozoda Ilashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘za va makkajo‘xori dalalaridagi begona o‘tlarga qarshi gerbisidlarni qo‘llashning samaradorligi (Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.01-Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Qx1373
Ilmiy rahbar: Shodmanov Maxkam, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.01.
Rasmiy opponentlar: Qoraboev Ikromjon To‘raevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Rizaev Shuxrat Xudoyberdievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘za va makkajo‘xori dalalarida tarqalgan begona o‘tlarning turlarini hisobga olganda ularga qarshi kurashishda ta’sir doirasi turlicha bo‘lgan gerbisidlarni maqbul me’yorlarini aniqlash, ularni alohida va oldinma-keyin qo‘llash hisobiga paxta va makkajo‘xoridan yuqori va sifatli hosil yetishtirishdagi samaradorligini ilmiy asoslash va ishlab chiqarishga tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘za dalalarida Stop Bek, 33 % e.k. va Zelek Bek 10,8 % e.k. yangi gerbisidlarining maqbul me’yorlari (1,35 l/ga va 0,7 l/ga) aniqlangan, mazkur gerbisidlarni qo‘llanilgan variantlarda nazoratga nisbatan tuproqdagi harakatchan azot 2,1-2,9 mg/kg, harakatchan fosfor 2,1-2,5 mg/kg, almashinuvchan kaliy 11-14 mg/kg yuqori bo‘lganligi, makkajo‘xori dalasida esa Ximglifos 54 % e.k. (3,0 l/ga) va Ximstop 33 % e.k. (1,5 l/ga) gerbisidlarini oldinma-keyin qo‘llanilganda harakatchan azot 3,3 mg/kg, harakatchan fosfor 2,8-3,3 mg/kg, almashinuvchan kaliy 14,4-17 mg/kg yuqori bo‘lishi aniqlangan.
g‘o‘za dalalarida Stop Bek 33 % gerbisidini 1,35 l/ga me’yorda qo‘llanilganda bir yillik begona o‘tlarni 85,0-88,1 %, Zelek Bek 10,8 % e.k. 0,7 l/ga me’yorda ko‘p yillik begona o‘tlarni 83,9-87,9 % kamaytirishi, Stop Bek 33 % e.k. (1,35 l/ga), va Zelek Bek 10,8 % e.k. (0,7 l/ga) gerbisidlarini oldinma-keyin qo‘llanilganda bir yillik begona o‘tlarni 87,3-93,1 %, ko‘p yillik begona o‘tlarni 87,2-91,7 % kamaytirishi aniqlangan;
Stop Bek 33 % e.k. va Zelek Bek 10,8 % e.k. gerbisidlarini alohida va oldinma-keyin qo‘llash g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishiga ijobiy ta’siri ko‘rsatib, paxta hosildorligi 4,2; 3,6 va 5,6 s/ga oshganligi hamda tolaning texnologik sifat ko‘rsatkichlariga salbiy ta’siri bo‘lmaganligi aniqlangan;
makkajo‘xori dalalarida Ximstop 33% e.k. gerbisidini 1,5 l/ga me’yorda qo‘llash bir yillik begona o‘tlarni 86,2-88,4 %, Ximglifos 54 % s.e. (3,0 l/ga) va Ximstop 33 % e.k. (1,35 l/ga) gerbisidlarini oldinma-keyin qo‘llash bir yillik begona o‘tlarni 90,6-93,3 %, ko‘p yillik begona o‘tlarni 88,0-91,4 % kamaytirganligi hamda don hosildorligi nazorat variantga nisbatan 11,8-16,7 s/ga oshganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida paxta va makkajo‘xoridan yuqori va sifatli hosil yetishtirishni ta’minlaydigan va begona o‘tlarga qarshi ishlatiladigan yangi gerbisitlarni qo‘llashning samarali me’yorlari va usullarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
“G‘o‘za va makkajo‘xori dalalaridagi begona o‘tlarga qarshi gerbisidlarni qo‘llash” bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/04-04-399-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma paxtachilik va em-xashak yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari, agroklasterlar uchun amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
g‘o‘za dalasidagi bir yillik begona o‘tlarga qarshi Stop Bek gerbisidi 1,35 l/ga me’yorda qo‘llash Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi “Shahrishod Agro” va “Toshev Temur Fayz Baraka” fermer xo‘jaliklarida 2 gadan, jami 4 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/04-04-399-son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaliklari g‘o‘za dalalarida bir yillik begona o‘tlar mos ravishda 87,0-89,2 % va 86,0-90,3 % kamayib, paxta hosildorligi 39,4-39,5 s/ga ni tashkil etgan va nazoratga nisbatan 4,3-4,5 s/ga yuqori hosil olinib, rentabellik darajasi nazorat variantiga nisbatan 11,2-11,9 % yuqori bolishiga erishilgan;
g‘o‘za dalasidagi ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi Zelek Bek gerbisidi 0,7 l/ga me’yorda qo‘llash Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi “Shahrishod Agro” va “Toshev Temur Fayz Baraka” fermer xo‘jaliklarida 4 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/04-04-399-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur gerbisid g‘o‘za dalalaridagi ko‘p yillik begona o‘tlarni 87,1-89,0 va 86,1-90,0 %, bir yillik begona o‘tlarni 51,7-67,9 va 49,5-65,2 % kamaytirib, paxtadan 39,1-39,2 s/ga, nazorat variantiga nisbatan 4,0-4,2 s/ga ko‘p hosil olishni ta’minlagan. Rentabellik darajasi nazorat variantiga nisbatan 10,8-11,0 % yuqori bo‘lgan;
g‘o‘za dalasidagi bir yillik va ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi Stop Bek (1,35 l/ga) va Zelek Bek (0,7 l/ga) gerbisidlarini oldinma-keyin qo‘llash Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi “Shahrishod Agro” va “Toshev Temur Fayz Baraka” fermer xo‘jaliklarida 4 ga maydonda joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/04-04-399-son ma’lumotnomasi). Natijada, bir yillik begona o‘tlar 89,2-92,3 va 89,7-94,5 %, ko‘p yillik begona o‘tlar 90,0-93,0 va 92,3-94,0 % yoqotilib, paxtadan 40,6-40,7 s/ga hosil olingan. Nazorat variantiga nisbatan hosildorlik 5,4-5,8 s/ga, rentabellik darajasi 11,1 % yuqori bo‘lgan;
makkajo‘xori dalasidagi bir yillik begona o‘tlarga qarshi Ximstop, 33% e.k. gerbisidi 1,5 l/ga me’yorda qo‘llash Bo‘ka tumanidagi «Nuriddin chorvador» fermer xo‘jaligida 2 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/04-04-399-son ma’lumotnomasi). Natijada, bir yillik begona o‘tlar 87,2-88,4 % kamayib, 81,7 s/ga don hosili olingan. Nazorat variantiga nisbatan hosildorlik 12,2 s/ga, rentabellik darajasi 16,1 % yuqori bo‘lishiga erishilgan;
makkajo‘xori dalasidagi bir yillik va ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi Ximglifos, 54 % e.k. (3,0 l/ga) va Ximstop, 33% e.k., (1,5 l/ga) gerbisidlarini oldinma-keyin qo‘llash Bo‘ka tumanidagi «Nuriddin chorvador» fermer xo‘jaligida 2 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/04-04-399-son ma’lumotnomasi). Natijada, bir yillik begona o‘tlar 90,7-93,6 %, ko‘p yillik begona o‘tlar 90,0-92,7 % kamayib, makkajo‘xoridan 87,7 s/ga don hosili olishni ta’minlagan. Nazorat variantga nisbatan hosildorlik 18,2 s/ga, rentabellik darajasi 16,7 % yuqori bo‘lishiga erishilgan.