Parpiev Odil Olimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrni yozma ifodalashning pragmatik usullari” 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10926
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ruziev Akbar Yusupovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.Ped.25.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Valijon Abdurahmonovich, pedagogika fanlari doktori,  professor; Mirzakarimova Mahliyoxon Madaminjonovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinflarning ona tili ta’limida o‘quvchilarning yozma savodxonligini pragmatik yondashuv asosida rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrni yozma ifodalash jarayoniga salbiy ta’sir qiluvchi omillar ilmiy jihatdan tizimlashtirildi va aniqlashtirildi, jumladan, o‘quvchilarda yozma nutqiy tajribaning etarli emasligi, fikrni mantiqiy izchillikda bayon qila olmaslik, til vositalaridan nutqiy vaziyatga mos foydalanish ko‘nikmasining sustligi hamda yozma topshiriqlarni bajarishda mustaqillikning etishmasligi kabi omillarning yozma nutq rivojiga ta’siri nazariy va empirik asosda ochib berildi.
 boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrni yozma ifodalash jarayonining asosiy pragmatik bosqichlari imiy jihatdan aniqlashtirildi. Ya’ni reproduktiv yozma ifodalash, qisman mustaqil yozma ifodalash hamda  mustaqil-ijodiy yozma ifodalash bosqichlari o‘zaro izchillikda tavsiflanib, ularning mazmuni va rivojlanish dinamikasi pedagogik nuqtai nazardan asoslab berildi.
 boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yozma nutqni rivojlantirishning pragmatik metodik modeli ishlab chiqildi. Mazkur modelning maqsad, mazmuni, metod, vosita va natija komponentlari o‘zaro uzviy bog‘liqlikda tizimlashtirilib, yozma nutqni rivojlantirishning bosqichma-bosqich amalga oshirish mexanizmi pragmatik topshiriqlar tizimi va baholash mezonlari bilan integratsiyalashgan holda ilmiy jihatdan asoslab berildi. 
     boshlang‘ich ta’limda yozma nutqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pragmatik topshiriqlar tizimi amaldagi o‘quv dasturi mazmuniga integratsiya qilindi, ularni qo‘llash jarayonida vizual tayanchlar va tezkor teskari aloqa elementlariga asoslangan elektron o‘quv-metodik resursdan foydalanishning metodik asoslari ishlab chiqildi hamda mazkur yondashuvning pedagogik samaradorligi tajriba-sinov ishlari orqali isbotlandi.  

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinflar ona tili ta’limida o‘quvchilarning yozma nutq malakalarini pragmatik yondashuv asosida baholash va rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinflar ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarning fikrni yozma ifodalashdagi pragmatik yondashuv asosidagi rivojlantiruvchi topshiriqlar metodikasi Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 2-, 10-, Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi 9-, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi 6-, 15-, 32-, 39-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida  o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025 yil 13 martdagi 0112-, /11-1-205-son ma’lumotnomasi). Natijada ona tili darslarida o‘quvchilarning yozma nutq malakalarining rivojlanishi va dars mashg‘ulotlari samaradorligiga erishish takomillashtirilgan; 
ona tili darslarida nutqiy va lingvistik kompetentlikni shakllantirishga oid tadqiqot natijalari: 1–4-sinflarda yozma nutqni rivojlantirishda lingvistik asoslar, pragmatik usullar asosida ishlab chiqilgan, bevosita o‘quvchilarning fikrni yozma ifodalashdagi bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan mashqlar to‘plamidan  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023 yillarda bajarilgan “AM-FZ201908172-raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusida grant loyihasida (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining  2024 yil 26 noyardagi  04/1-3380-son ma’lumotnomasi) va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2021–2023 yillarda bajarilgan “PZ202004165-raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining  2024 yil 26 noyardagi 04/1-3379-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida pragmatik usullar asosida yozma nutqni rivojlantirishga doir mashqlarni amalda qo‘llash, paragraflar yaratish yaratish orqali yozma nutq ustida ishlash metodikasi takomillashtirilgan;
“O‘zbekiston” teleradiokanalida 2022–2024 yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” dasturlari ssenariylarini yozishda tadqiqot ishida aks etgan g‘oyalar, qarashlar, usullar va tavsiyalar asosidagi ilmiy yangiliklardan foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024 yil 22 oktabrdgi 04-36-1132-sonli ma’lumotnomasi);
tadqiqot natijalari “Boshlang‘ich sinflarda o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi III” fanini o‘qitish mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil        07 maydagi 149-sonli buyrug‘i. №891750). Tadqiqot natijalari ona tili fani mazmunini takomillashtirish, o‘qitish sifatini oshirish va o‘quvchilarda yozma nutq malakalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Boshlang‘ich sinflarda ona tilini o‘qitish metodikasiga asoslangan o‘quvchilarning yozma nutqini rivojlantirish, imloviy savodxonligini oshirish, ijodiy fikrlash jarayonini shakllantirishni takomillashtirish maqsadida “Eng oson”, “Oson”, “Sal murakkab” sarlavhalari ostida darajali mashqlarning elektron ta’lim resursi yaratilgan (https://www.bsynr.uz/. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligining 2025 yil 16 apreldagi DGU 49728 raqamli guvohnomasi). 
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish