Norquchqorov Sherali Shavkatzodaning falsafa  doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fors-tojik she’riyatida vazn va qofiyaning o‘rganilish muammolari” (Sayid Muzaffaraliyning “Shajarat ul-aruz” asari misolida)”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik tili va tojik adabiyoti).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.2.PhD/Fil4603
Ilmiy rahbar: Jumaqul Hamroev, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.09.08.
  Rasmiy opponentlar: Yusupova Dilnavoz Rahmonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Nurali Nurov, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot –  Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Shajarat ul-aruz” risolasi tadqiqi orqali muallifning fors-tojik vazn va qofiyashunosligi tarixi, uning nazariyasiga doir yangicha yondashuvlarini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sayid Muzaffaraliyning  aruzshunos, qofiyashunos va matnshunos sifatidagi  maqomi  aniqlanib, u salaflardan farqli ravishda Qur’oni Karim oyatlaridagi  ritmik o‘lchov va she’riy tuzilish ohang ustuvorligini ta’minlagani, ammo undagi bayon uslubi hamda maqsad ilohiy qiymatdaligi bilan she’riy matn bo‘la olmasligi, mistika va poetikaning uyg‘unligi bir mazmunni bermasligi kabilar dalillangan;
“Shajarat ul-aruz” asari ilmi bade’, ilmi qofiya, ilmi aruz kabi adabiyotshunoslikning tarixiy tarkiblari kesimida tahlil qilinib, mazkur risola miqdorga asoslangan kvantitativ fors-tojik she’riyatida  harakatli va sokin harflar, qisqa va cho‘ziq hijolar,  ritmik o‘lchovli juzvlar, asl ruknlar takroridan hosil bo‘luvchi bahrlarni tasniflashga  xizmat qila olishi isbotlangan;
“Shajarat ul-aruz”dagi uchlik  tamoyili sabab, vatad va fosila juzvlari kombinatsiyasiga qurilgani, shu juzvlarning turli joylashuvi asl ruknlarni hosil qilishi,  bahrlar tasnifi hamda doiralar tizimining ichki qonuniyatlari poeziya tili hisoblangan fors-tojik tilining agglutinativ xususiyatiga tayanishi kabi masalalar ochib berilgan;
Sayid Muzaffaraliy fors-tojik she’riyatida qofiyaning misra so‘nggidagi ko‘rinishi – “radifi tarkib”, fonetik jihatdan notugal shakli – “tasarrufi tarkib”, vazn va ohang talabiga ko‘ra noto‘g‘ri qo‘llanilgan holati – “tahrifi kalima” ,  misra strukturasini belgilashdagi sintaktik o‘rni – “izofat”, asarning shakl va mazmun barqarorligini ta’minlashi – “muvozanat” singari funksiyalarini o‘rganganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.   Tadqiqotda ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya hamda ishlanmalar asosida: 
Sayid Muzaffaraliyning  aruzshunos, qofiyashunos va matnshunos sifatidagi  maqomi  aniqlanib, u salaflardan farqli ravishda Qur’oni Karim oyatlaridagi  ritmik o‘lchov va she’riy tuzilish ohang ustuvorligini ta’minlagani, ammo undagi bayon uslubi hamda maqsad ilohiy qiymatdaligi bilan she’riy matn bo‘la olmasligi, mistika va poetikaning uyg‘unligi bir mazmunni bermasligini asoslovchi xulosalardan 2023-2024 yillarda amalga oshirilgan AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan. (2025 yil, 20-iyundagi № 01-04-2628-son ma’lmotnoma). Natijada loyihaning segoh ilmiga doir jihatlari yangi fikr-mulohazalar bilan boyishiga erishilgan.
“Shajarat ul-aruz” asari ilmi bade’, ilmi qofiya, ilmi aruz kabi adabiyotshunoslikning tarixiy tarkiblari kesimida tahlil qilinib, mazkur risola miqdorga asoslangan kvantitativ fors-tojik she’riyatida  harakatli va sokin harflar, qisqa va cho‘ziq hijolar,  asil juzvlar, ritmik o‘lchovli ruknlar takroridan hosil bo‘luvchi bahrlarni tasniflashga  xizmat qila olishi isbotlangan o‘rinlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent B.Xoliqov rahbarligida 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillari) elektron platformasini yaratish”  mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan. (2025 yil, 20-iyundagi  № 01-04-2627-son ma’lmotnoma). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy konsepsiyasi yangi qarashlar asosida yoritilishiga xizmat qilgan.
“Shajarat ul-aruz”dagi uchlik  tamoyili sabab, vatad va fosila juzvlari kombinatsiyasiga qurilgani, shu juzvlarning turli joylashuvi asl ruknlarni hosil qilishi,  bahrlar tasnifi hamda doiralar tizimining ichki qonuniyatlari poeziya tili hisoblangan fors-tojik tilining agglutinativ xususiyatiga tayanishi kabi masalalar ochib berilgan yangiliklardan Mir Arab o‘rta maxsus Islom bilim yurti talabalariga ma’lumotlar berildi. (2025 yil, 23-apreldagi № 1-son ma’lmotnoma). Natijada Mir Arab o‘rta maxsus Islom bilim yurti talabalari fors-tojik adabiyotshunosligi va she’r qonuniyatlari xususida muhim ma’lumotlarga erishilgan.
Sayid Muzaffaraliy fors-tojik she’riyatida qofiyaning misra so‘nggidagi ko‘rinishi – “radifi tarkib”, fonetik jihatdan notugal shakli – “tasarrufi tarkib”, vazn va ohang talabiga ko‘ra noto‘g‘ri qo‘llanilgan holati – “tahrifi kalima” ,  misra strukturasini belgilashdagi sintaktik o‘rni – “izofat”, asarning shakl va mazmun barqarorligini ta’minlashi – “muvozanat” singari funksiyalarini o‘rgangan o‘rinlardan Buxoro davlat universitetida 2024 yilda bajarilgan AL-662204396 raqamli “Buxoro adabiy muhiti ijodkorlarining ilmiy-adabiy merosi bo‘yicha elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan. (2025 yil, 25-apreldagi № 3-son ma’lumotnoma). Natijada ijodkorlarning ilmiy-adabiy merosi bo‘yicha elektron platforma yaratishda shoirlar she’riyati poetikasi bo‘yicha ilmiy-nazariy fikrlar muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish