Bilalov Baxodir Erkinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Operatsiyadan keyingi bitishma jarayonining profilaktikasida tabiiy polimer asosidagi gidrogeldan foydalanish samaradorligini kompleks baholash», 14.00.15 –Patologik anatomiya, 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Tib1437.
Ilmiy maslahatchilar: Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Baxritdinova Fazilat Arifovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamidova Farida Muinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamadeev Timur Rafaelevich, tibbiyot fanlari doktori (Rossiya Federatsiyasi); Xasanova Dilnoza Axrarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: glaukoma jarrohligida operatsiyadan keyingi fibrozni oldini olish maqsadida natriy karboksimetilsellyuloza asosidagi gidrogelning samaradorligi va xavfsizligini patomorfologik hamda oftalmologik yondashuvlar nuqtai nazaridan ishlab chiqish, eksperimental jihatdan asoslash va klinik baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
natriy karboksimetilsellyuloza asosidagi gidrogelning sitotoksik ta’sirga ega emasligi va yuqori biomoslashuvchanligi in vitro sharoitida L929 fibroblast hujayra liniyasida hamda gidrogelning yaxshi o‘zlashuvchanligi, yallig‘lanish reaksiyasi va patologik o‘zgarishlarni chaqirmasligi, ko‘z tuzilmalari yaxlitligini buzmasligi in vivo sharoitida isbotlangan;
tajriba hayvonlarida antiglaukomatoz jarrohlik modelida natriy karboksimetilsellyuloza asosidagi gidrogel qo‘llanilganda biomikroskopik ko‘rsatkichlar dinamikasi kompleks baholanib, uning antifibrotik ta’siri, yallig‘lanish-proliferativ javobni kamaytirishi hamda fil`tratsion yostiqcha tuzilmasini yaxshiroq saqlash xususiyati patomorfologik isbotlangan;
natriy karboksimetilsellyuloza asosidagi gidrogelning antiadgeziv ta’siri fil`tratsion yostiqchaning immunogistokimyoviy tahlillar asosida Desmin va Ki-67 proliferatsiya markerlari ekspressiyasi darajasining ishonchli pasayishi bilan xarakterlanishi isbotlangan;
ilk bor natriy karboksimetilsellyuloza asosidagi mahalliy gidrogel qo‘llanilishiga asoslangan antiglaukomatoz operatsiyaning takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilgan;
ko‘zning oldingi segment optik kogerent tomografiya ma’lumotlariga asoslanib, natriy karboksimetilsellyuloza asosidagi gidrogelni qo‘llash fil`tratsion yostiqchaning yanada barqaror klinik-vizualizatsiya profilini shakllantirishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Operatsiyadan keyingi bitishma jarayonining profilaktikasida tabiiy polimer asosidagi gidrogeldan foydalanish samaradorligini kompleks baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: natriy karboksimetilsellyuloza asosidagi gidrogelning sitotoksik ta’sirga ega emasligi va yuqori biomoslashuvchanligi in vitro sharoitida L929 fibroblast hujayra liniyasida hamda gidrogelning yaxshi o‘zlashuvchanligi, yallig‘lanish reaksiyasi va patologik o‘zgarishlarni chaqirmasligi, ko‘z tuzilmalari yaxlitligini buzmasligi in vivo sharoitida isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 27.10.2025 yilda 10-25/701-t–son bilan tasdiqlangan «Antiglaukomatoz jarrohlikning eksperimental modelida antiadgeziv gidrogelning samaradorligini patomorfologik va immunogistokimyoviy baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Urganch davlat tibbiyot instituti bo‘yicha 03.11.2025 yildagi 343-11-25213/1-son va Andijon davlat tibbiyot instituti bo‘yicha 28.11.2025 yildagi T-01/08/3081-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 03.02.2026 yildagi 02/41-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: natriy karboksimetilsellyuloza asosidagi gidrogelning xavfsizligi isbotlanishi mahalliy biomateriallarni glaukoma xirurgiyasida qo‘llash imkoniyatlarini kengaytiradi, asoratlar xavfini kamaytiradi va aholiga ko‘rsatiladigan oftal`mologik yordam sifatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: natriy karboksimetilsellyuloza asosidagi mahalliy gidrogeldan foydalanish (bir flakon uchun taxminan 62500 so‘m) import analoglari (bir donasi taxminan 2500000 so‘m) bilan solishtirilganda, bir protsedura uchun sarflanadigan taxminan 2437500 so‘m (≈97–98%) mablag‘lar iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: tajriba hayvonlarida antiglaukomatoz jarrohlik modelida natriy karboksimetilsellyuloza asosidagi gidrogel qo‘llanilganda biomikroskopik ko‘rsatkichlar dinamikasi kompleks baholanib, uning antifibrotik ta’siri, yallig‘lanish-proliferativ javobni kamaytirishi hamda fil`tratsion yostiqcha tuzilmasini yaxshiroq saqlash xususiyati patomorfologik isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 27.10.2025 yilda 10-25/701-t–son bilan tasdiqlangan «Antiglaukomatoz jarrohlikning eksperimental modelida antiadgeziv gidrogelning samaradorligini patomorfologik va immunogistokimyoviy baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Urganch davlat tibbiyot instituti bo‘yicha 03.11.2025 yildagi 343-11-25213/1-son va Andijon davlat tibbiyot instituti bo‘yicha 28.11.2025 yildagi T-01/08/3081-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 03.02.2026 yildagi 02/41-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: biomoslashuvchanligi va xavfsizligi tasdiqlangan materiallardan foydala¬nish orqali operatsiyadan keyingi yallig‘lanish asoratlari xavfini kamay¬tirish va glaukomani xirurgik davolash natijalarini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: istiqbolli biomateriallarni qimmat klinik resurslarni jalb etmasdan oldindan saralash imkoniyati bilan bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqilgan eksperimental modeldan foydalanish natijasida klinikoldi validatsiya bosqichidagi xarajatlar (klinik baza jalb etilgan to‘liq siklda o‘rtacha 125–250 mln so‘mni tashkil etadi) 30–50% ga iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: natriy karboksimetilsellyuloza asosidagi gidrogelning antiadgeziv ta’siri fil`tratsion yostiqchaning immunogistokimyoviy tahlillar asosida Desmin va Ki-67 proliferatsiya markerlari ekspressiyasi darajasining ishonchli pasayishi bilan xarakterlanishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 27.10.2025 yilda 10-25/701-t–son bilan tasdiqlangan «Antiglaukomatoz jarrohlikning eksperimental modelida antiadgeziv gidrogelning samaradorligini patomorfologik va immunogistokimyoviy baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Urganch davlat tibbiyot instituti bo‘yicha 03.11.2025 yildagi 343-11-25213/1-son va Andijon davlat tibbiyot instituti bo‘yicha 28.11.2025 yildagi T-01/08/3081-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 03.02.2026 yildagi 02/41-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: glaukomani xirurgik davolash samarasini oshirish, FYo ning barqaror shakllanishi va chandiqlanish xavfining kamayishi hisobiga namoyon bo‘ladi va bemorlarning ko‘rish funksiyasi va hayot sifatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: qayta va kengaytirilgan immunogistokimyoviy tadqiqotlarni o‘tkazish zaruratining kamayishi bilan izohlanadi (proliferatsiya markerlari — Ki-67 va Desmin kabi ko‘rsatkichlarni aniqlash bilan bog‘liq bitta IGX tahlilning o‘rtacha qiymati har bir marker uchun 500000–800000 so‘mni tashkil etadi). Shu bilan birga, to‘qimalar proliferativ faolligini ishonchli ravishda pasaytiruvchi Na-KMS asosidagi gidrogelni qo‘llash orqali bunday tadqiqotlar chastotasini qisqartirish natijasida ular bilan bog‘liq xarajatlar 30–40% ga iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor natriy karboksimetilsellyuloza asosidagi mahalliy gidrogel qo‘llanilishiga asoslangan antiglaukomatoz operatsiyaning takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 27.10.2025 yilda 10-25/701-t–son bilan tasdiqlangan «Antiglaukomatoz jarrohlikning eksperimental modelida antiadgeziv gidrogelning samaradorligini patomorfologik va immunogistokimyoviy baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Urganch davlat tibbiyot instituti bo‘yicha 03.11.2025 yildagi 343-11-25213/1-son va Andijon davlat tibbiyot instituti bo‘yicha 28.11.2025 yildagi T-01/08/3081-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 03.02.2026 yildagi 02/41-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi chandiqlanish xavfini kamaytirish, antiglaukomatoz effektning barqarorligini oshirish va natijada glaukomaning progressiyalanish ehtimolini pasaytirishda namoyon bo‘lib, ko‘rishni saqlash va bemorlar hayot sifatini yaxshilashga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: Na-KMS asosidagi mahalliy gidrogeldan foydalanish (bir doza uchun taxminan 62 500 so‘m) xorijiy analoglar (1062500–1375000 so‘m) bilan solishtirilganda, jarrohlik aralashuvi uchun sarflanadigan mablag‘larning o‘rtacha 80–90% iqtisod qilinadi;
beshinchi ilmiy yangilik: ko‘zning oldingi segment optik kogerent tomografiya ma’lumotlariga asoslanib, natriy karboksimetilsellyuloza asosidagi gidrogelni qo‘llash fil`tratsion yostiqchaning yanada barqaror klinik-vizualizatsiya profilini shakllantirishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 27.10.2025 yilda 10-25/701-t–son bilan tasdiqlangan «Antiglaukomatoz jarrohlikning eksperimental modelida antiadgeziv gidrogelning samaradorligini patomorfologik va immunogistokimyoviy baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Urganch davlat tibbiyot instituti bo‘yicha 03.11.2025 yildagi 343-11-25213/1-son va Andijon davlat tibbiyot instituti bo‘yicha 28.11.2025 yildagi T-01/08/3081-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 03.02.2026 yildagi 02/41-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: glaukomani xirurgik davolash natijalarini monitoring qilishda aniqlik va ob’ektivlikni oshirishda namoyon bo‘ladi. Bu chandiq-lanish xavfini o‘z vaqtida aniqlash, davolash taktikasini to‘g‘rilash va uzoq muddatli natijalarni yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: oldingi segmentning optik kogerent tomografiyasini qo‘llash (bir tekshiruvning o‘rtacha qiymati 150000–250000 so‘m) hisobiga asossiz takroriy ko‘riklar va invaziv aralashuvlar soni kamayishi, shuningdek qo‘shimcha diagnostika amaliyotlari ehtiyojini qisqartirishi natijasida an’anaviy kuzatuv usullariga nisbatan umumiy tashxisot uchun sarflanadigan mablag‘larning 30–35% iqtisod qilinadi.