Davronov Istamxo‘ja Olimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turistik hududlarda mehmonxona xizmatlarining raqobatbardoshligini barqaror rivojlantirish yo‘nalishlari”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3380
Ilmiy rahbar: Juraev Abror Turobovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.08.03
Rasmiy opponentlar: Matyoqubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qodirov Aziz Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turistik hududlarda mehmonxona xizmatlarining raqobatbardoshligini barqaror rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Mehmonxona xizmatlarining barqaror raqobatbardoshligi” tushunchasi iqtisodiy o‘zgaruvchanlik, kiberxavfsizlik tahdidlari, iqlim o‘zgarishi va geosiyosiy beqarorlik xatarlari sharoitida mukammal xizmat ko‘rsatish, texnologik innovatsiyalar va strategik moslashuvchanlik orqali yuqori qiymatni yaratish jihatidan takomillashtirilgan;
mehmonxona xizmatlari samaradorligini oshirishda qayta aloqa va baholashing ma’lumotlar to‘plash (CRM, HMS), segmentlash va tavsiyalar algoritmi, texnologik vositalar (mobil ilova, AI, chatbot)dan iborat shaxsiylashtirish hamda harorat, menyu, ekskursiya servislaridan iborat moslashtirish  xizmatlariga asoslanuvchi “Customer Journey Map (Mijoz sayohati kartasi)” taklifi asoslangan;
mehmonxona xizmatlarining barqarorligini ta’minlashda axborot texnologiyalari orqali iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda xodimlar va mijozlarning salomatlik darajasi, shuningdek xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan xizmatlar integratsiyasidan iborat “Sustainable Competitiveness” tizimi maqbul echim sifatida asoslangan;
mehmonxonalar bilan davlat boshqaruvidagi korxonalar hamkorligi natijasida ish yuzasidan tashrif buyurgan turistlar sonining trend tenglamasi asosida 2029-yilga qadar Buxoro viloyatiga tashriflarning prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turistik hududlarda mehmonxona xizmatlarining raqobatbardoshligini barqaror rivojlantirish yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Mehmonxona xizmatlarining barqaror raqobatbardoshligi” tushunchasi iqtisodiy o‘zgaruvchanlik, kiberxavfsizlik tahdidlari, iqlim o‘zgarishi va geosiyosiy beqarorlik xatarlari sharoitida mukammal xizmat ko‘rsatish, texnologik innovatsiyalar va strategik moslashuvchanlik orqali yuqori qiymatni yaratish jihatidan takomillashtirilgan taklifidan “Mehmonxona xo‘jaligida innovatsiya” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami 68-615 sonli guvohnoma). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida darslikning “Mehmonxonada innovatsion faoliyatni boshqarish” fanidan talabalarning innovatsion echimlarning raqobatbardoshlik darajasini baholash uslubiyoti bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati yaratilgan; 
mehmonxona xizmatlari samaradorligini oshirishda qayta aloqa va baholashing ma’lumotlar to‘plash (CRM, HMS), segmentlash va tavsiyalar algoritmi, texnologik vositalar (mobil ilova, AI, chatbot)dan iborat shaxsiylashtirish hamda harorat, menyu, ekskursiya servislaridan iborat moslashtirish  xizmatlariga asoslanuvchi “Customer Journey Map (Mijoz sayohati kartasi)” taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158 sonli “O‘zbekiston-2030” strategiyasi nomli farmonining “Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash” nomli 2-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 28-avgust 03-10-17-8641-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xarita yordamida doimiy mijozlar haqida ma’lumotlarni tizimli jamlash, segmentatsiya va personalizatsiya algoritmi asosida mijozlar ma’lumotlarini tahlil qilish, onlayn xizmatlar ko‘rsatish, sodiqlik dasturlari va qo‘shimcha xizmatlarni hisobga olgan holda, Buxoro viloyati mehmonxonalari faoliyatining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilgan;
mehmonxona xizmatlarining barqarorligini ta’minlashda axborot texnologiyalari orqali iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda xodimlar va mijozlarning salomatlik darajasi, shuningdek xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan xizmatlar integratsiyasidan iborat “Sustainable Competitiveness” tizimi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 28-avgust 03-10-17-8641-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi mehmonxona bozorida sifatli xizmat ko‘rsatilib, mehmonxonalarning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qilgan;
mehmonxonalar bilan davlat boshqaruvidagi korxonalar hamkorligi natijasida ish yuzasidan tashrif buyurgan turistlar sonining trend tenglamasi asosida 2029-yilga qadar Buxoro viloyatiga tashriflarning prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238 sonli “Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 28-avgust 03-10-17-8641-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning joriy qilinishi natijasida, mehmonxona korxonalari uchun yangi raqobatbardosh “Kafolatlangan xizmatlar” to‘plami joriy qilinib, ish yuzasidan tashrif buyuradigan turistlar ulushini 12% oshirish imkoniyati yaratilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish