Pardaev Jamshid Muzaffarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Moliyaviy rejalashtirish metodologiyasini takomillashtirish»,  08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy maslahatchi: Xudoyqulov Sadirdin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12 I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; To‘xliev Bozor Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori; professor, Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston moliya tizimida moliyaviy reajalashtirishning metodologik asoslarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “moliyaviy rejalashtirish metodologiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni moliyaviy qarorlar qabul qilishda pul oqimlari, kapital qiymati, risklar va moliyaviy natijalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni hisobga olgan holda resurslardan foydalanishning eng maqbul parametrlarini belgilashga qaratilgan iqtisodiy tahlil va boshqaruv usullari majmui nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
korxonalarda soliqlarni rejalashtirish metodologiyasi soliq to‘lovlari tarkibini tahlil qilish, amaldagi imtiyoz va preferensiyalarni maqsadli qo‘llash, soliq risklarini barvaqt aniqlash hamda soliq to‘lovlarini moliyaviy natijalar bilan muvofiqlashtirish tartibini joriy etish asosida soliq yukini maqbullashtirish (jami moliyaviy natijaga nisbatan o‘rtacha 5-8%) orqali takomillashtirilgan,
korxonalarda moliyaviy rejalashtirish jarayonida moliyaviy prognozlash va soliqlarni rejalashtirish o‘rtasidagi bog‘liqlik modeli daromadlar, xarajatlar, soliq majburiyatlari va pul oqimlarini yagona analitik zanjirda o‘zaro muvofiqlashtirish, prognoz va reja ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi tafovutlarni barvaqt aniqlash hamda tezkor tuzatuvchi qarorlar qabul qilish mexanizmini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
“O‘zkimyosanoat” AJ va uning tarkibidagi korxonalarda moliyaviy rejalashtirish va strategiya modeli ishlab chiqarish sig‘imi, xarajatlar tuzilmasi, soliq yuki, investisiya ehtiyoji va pul oqimlari harakatini o‘zaro bog‘liq holda hisobga olish, moliyaviy resurslarni ustuvor yo‘nalishlarga (ishlab chiqarishga - 60%, zaxira sifatida saqlashga - 15-20%)  maqsadli taqsimlash asosida takomillashtirilgan;
“O‘zkimyosanoat” AJ va uning tarkibidagi korxonalarda moliyaviy rejalashtirishni amalga oshirishda asosiy iqtisodiy indikatorlarning moliyaviy rejalashtirish maqsad ko‘rsatkichlariga ta’sirini ekonometrik tahlil qilish asosida 2030-yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Moliya tizimida moliyaviy rejalashtirish jarayonlarini takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra “moliyaviy rejalashtirish metodologiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini moliyaviy qarorlar qabul qilishda pul oqimlari, kapital qiymati, risklar va moliyaviy natijalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni hisobga olgan holda resurslardan foydalanishning eng maqbul parametrlarini belgilashga qaratilgan iqtisodiy tahlil va boshqaruv usullari majmui nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Tadbirkorlik asoslari” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O'zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘iga asosan). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda resurslardan foydalanishning eng maqbul parametrlarini belgilashga qaratilgan iqtisodiy tahlil va boshqaruv usullari majmui nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “moliyaviy rejalashtirish metodologiyasi” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni yana-da chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
korxonalarda soliqlarni rejalashtirish metodologiyasi soliq to‘lovlari tarkibini tahlil qilish, amaldagi imtiyoz va preferensiyalarni maqsadli qo‘llash, soliq risklarini barvaqt aniqlash hamda soliq to‘lovlarini moliyaviy natijalar bilan muvofiqlashtirish tartibini joriy etish asosida soliq yukini maqbullashtirish (jami moliyaviy natijaga nisbatan o‘rtacha 5-8%) orqali takomillashtirish taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ va uning tarkibidagi korxonalar amaliyotida foydalanilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2025-yil 17-noyabrdagi 22-4573-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi korxonalarda moliyaviy resurslarni to‘g‘ri boshqarish, ularni optimal taqsimlashda muhim metodologik jihatdan xizmat qilgan;
korxonalarda moliyaviy rejalashtirish jarayonida moliyaviy prognozlash va soliqlarni rejalashtirish o‘rtasidagi bog‘liqlik modeli daromadlar, xarajatlar, soliq majburiyatlari va pul oqimlarini yagona analitik zanjirda o‘zaro muvofiqlashtirish, prognoz va reja ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi tafovutlarni barvaqt aniqlash hamda tezkor tuzatuvchi qarorlar qabul qilish mexanizmini joriy etish asosida takomillashtirish taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ va uning tarkibidagi korxonalar amaliyotida foydalanilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2025-yil 17-noyabrdagi 22-4573-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi O‘zkimyosanoat" AJ va uning tarkibidagi korxonalarid moliyaviy prognoz qilishni to‘g‘ri amalga oshirish natijasida moliyaviy rejalashtirishning samaradorligini ta’minlash imkonini bergan;
“O‘zkimyosanoat” AJ va uning tarkibidagi korxonalarda moliyaviy rejalashtirish va strategiya modeli ishlab chiqarish sig‘imi, xarajatlar tuzilmasi, soliq yuki, investisiya ehtiyoji va pul oqimlari harakatini o‘zaro bog‘liq holda hisobga olish, moliyaviy resurslarni ustuvor yo‘nalishlarga (ishlab chiqarishga - 60%, zaxira sifatida saqlashga - 15-20%)  maqsadli taqsimlash asosida takomillashtirish taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ va uning tarkibidagi korxonalarida amaliyotda foydalanilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2025-yil 17-noyabrdagi 22-4573-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi korxonalarda moliyaviy rejalashtirishni amalga oshirishda innovatsion metodlardan samarali foydalanish asosida moliyaviy rejalashtirishni qulay asosda ishlab chiqishga va samarali amalga oshirishga imkon yaratgan;
 “O‘zkimyosanoat” AJ va uning tarkibidagi korxonalarda moliyaviy rejalashtirishni amalga oshirishda asosiy iqtisodiy indikatorlarning moliyaviy rejalashtirish maqsad ko‘rsatkichlariga ta’sirini ekonometrik tahlil qilish asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz qiymatlaridan “O‘zkimyosanoat” AJ va uning tarkibidagi korxonalarida amaliyotda foydalanilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2025-yil 17-noyabrdagi 22-4573-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi korxonalarda moliyaviy rejalashtirish jarayonini amalga oshirishda muhim uslubiy asos bo‘ldi, prognoz qiymatlari korxonalarda o‘rta muddatli moliyaviy rejalashtirishda mo‘ljallarni belgilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish