Eshkuvatov Azizjon Baxtiyorovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Aloqa korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3541
Ilmiy rahbar: Xusanov Durbek Nishonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo texnologiyalar instituti, DSc.03/2026.31.01.I.42.02
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Obiddin Toshmurzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbanova Maftuna Lazizovna, PhD., dots.
Yetakchi tashkilot: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aloqa korxonalari moliyaviy barqarorligini oshirish masalalari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korporativ soliq xizmatini joriy etish orqali korxonada ichki soliq nazoratining tizimli va uzlyuksiz mexanizmi shakllantirilib, soliq majburiyatlarini aniq rejalashtirish va optimallashtirish asosida moliyaviy oqimlarning shaffofligi ta’minlanishi, soliq xavflarining minimallashtirilishi hamda korxonaning moliyaviy barqarorlik darajasining oshirilishi asoslangan;
pul oqimlarini barqarorlashtirish, to‘lov qobiliyatini mustahkamlash orqali xaridorlar bilan ishonchli hamkorlik muhitini yaratish va ular ko‘lami kengaytirishda korxonada moliyaviy rejalashtirish tizimiga to‘lov intizomiga rioya etishni ta’minlovchi kompleks mexanizmni joriy etish taklif etilgan;
loyihalar bo‘yicha xarajatlarni samarali boshqarish, majburiyatlarni vaqtida to‘liq ijro etish va daromadlardan samarali foydalanishda natijaviylikka asoslangan byudjetlashtirish tizimini joriy qilish asosida korxonaning moliyaviy barqarorligini oshirish asoslangan;
moliyaviy strategiyaning aloqa korxonalarida moliyaviy menejmentning samarali vositalari va optimal tarkibini tanlashning foydani maksimallashtirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aloqa korxonalarida moliyaviy barqarorlikni oshirish masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:    
korporativ soliq xizmatini joriy etish orqali korxonada ichki soliq nazoratining tizimli va uzlyuksiz mexanizmi shakllantirilib, soliq majburiyatlarini aniq rejalashtirish va optimallashtirish asosida moliyaviy oqimlarning shaffofligi ta’minlanishi, soliq xavflarining minimallashtirilishi hamda korxonaning moliyaviy barqarorlik darajasining oshirilishiga doir taklifi “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markaz” DUKning soliq hisobotlarini tuzishda foydalanilgan (Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markaz” DUKning 2024-yil 25 dekabrdagi 12-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2023 yil o‘tgan davri uchun foyda solig‘i bo‘yicha 95,5 million so‘m, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha 56,2 million so‘m jami 151,7 million so‘m byudjetga qo‘shimcha to‘lovlar o‘tkazilishi lozimligi aniqlangan;
pul oqimlarini barqarorlashtirish, to‘lov qobiliyatini mustahkamlash orqali xaridorlar bilan ishonchli hamkorlik muhitini yaratish va ular ko‘lami kengaytirishda korxonada moliyaviy rejalashtirish tizimiga to‘lov intizomiga rioya etishni ta’minlovchi kompleks mexanizmni joriy etish taklifi “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markaz” DUKning moliyaviy hisobotlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markaz” DUKning 2024-yil 25 dekabrdagi 12-son ma’lumotnomasi). Natijada, 238 mln.so‘m mablag‘ aksiyadorlik kompaniyasi ixtiyorida qoldirilgan va tejab qolingan summa korxonani texnik va texnologik yangilashga, isteʼmolchilarga xizmat turlarini ko‘paytirish imkoniyatini yaratgan;
loyihalar bo‘yicha xarajatlarni samarali boshqarish, majburiyatlarni vaqtida to‘liq ijro etish va daromadlardan samarali foydalanishda natijaviylikka asoslangan byudjetlashtirish tizimini joriy qilish asosida korxonaning moliyaviy barqarorligini oshirish taklifi “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markaz” DUKda biznes reja ishlab chiqishda foydalanilgan (Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markaz” DUKning 2024-yil 25 dekabrdagi 12-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2024 yil yakuni bo‘yicha “Korxona byudjetining mukammallashtirilishi” natijasida tegishli loyihalar bo‘yicha xarajatlarni samarali boshqarish, majburiyatlarni vaqtida to‘liq ijro etish va daromadlardan samarali foydalanish hisobiga kompaniyaning ixtiyorida qoladigan sof foyda miqdorining rejadagidan 13,8 foizga o‘sishiga erishilgan va buning asosida korxona moliyaviy barqarorligi oshishi ta’minlangan;
moliyaviy strategiyani shakllantirish orqali aloqa korxonalarida moliyaviy menejmentning samarali usullarini va optimal tarkibini tanlash, shu bilan birga foydani maksimallashtirishga qaratilgan konsepsiyani ishlab chiqish taklifi “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markaz” DUK samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markaz” DUKning 2024-yil 25 dekabrdagi 12-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonaning mezonlari rejasining 2024 yil yakunlariga binoan bajarilishi natijalari tasdiqlashicha, mutlaq likvidlik koeffisienti rejadagi 0,2 o‘rniga haqiqatda 0,26 ni, moliyaviy mustaqillik koeffisienti rejadagi 1,5 o‘rniga haqiqatda 1,56 ni, mehnat unumdorligi rejadagi 12,6 o‘rniga haqiqatda 13,5 ni tashkil etgan, eksport parametrlarini bajarilish ko‘rsatkichi rejasi esa 5,2 foizga oshirib bajarilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish