Xudayberdieva Nodira Abduyakubovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jismoniy tarbiya va sport sohasida pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped368.
Ilmiy rahbar: Xalmuxamedov Rustam Dekanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Raximov Vladimir Shavkatovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiya va sport sohasida pedagog kadrlar tayyorlash tizimining tashkiliy-uslubiy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy tarbiya va sport sohasida pedagog kadrlar tayyorlashni tashkil etishga tizimli yondashuv (islohotlar davrida sohada pedagogik kadrlar tayyorlash bosqichlarining tashkiliy-uslubiy faoliyatining tahliliy va tadqiqiy xususiyatlari) ilmiy asoslangan;
jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi pedagog kadrlarni oliy ta’lim muassasalarining ma’lum bir sport turi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratgan holda kadrlar tayyorlash tizimining o‘ziga xos bosqichlari (hududiy ehtiyojlarni hisobga olgan holda)ishlab chiqilgan;
jismoniy tarbiya va sport sohasida pedagogik kadrlar tayyorlash faoliyatini samarali tashkil etishning sport-klaster (fan, ta’lim va tijoratlashtirish (Universitet 3.0) ya’ni jismoniy tarbiya va sport sohasida erishilayotgan yutuqlarni amaliyotga tatbiq qilish hamda sport infratuzilmasini shakllantirish orqali sohani tubdan rivojlantirishga erishish)ni amaliyotga tatbiq etish uslubiyati asoslangan;
jismoniy tarbiya va sport tizimidagi sport ta’limi muassasalarida kadrlar tayyorlash va ularning kasbiy tayyorgarligini baholashga yo‘naltirilgan mezonlarini joriy etish yo‘llari ekonometrik bashoratlash metodikasi orqali modernizatsiya qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
jismoniy tarbiya va sport sohasida pedagog kadrlar tayyorlashni tashkil etishga tizimli yondashuv asosida ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar  Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish markazi tinglovchilari uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 26 dekabrdagi 03-08-08-1122-sonli ma’lumotnomasi). Natijada pedagog kadrlarning sohadagi faolligi 10-15 foizga oshgan;
jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining sport turlari bo‘yicha pedagog kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratgan holda mutaxassis-kadrlar tayyorlash tizimining o‘ziga xos bosqichlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalari joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 26 dekabrdagi 03-08-08-1122-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy tarbiya va sport tizimidagi ta’lim muassasalalarida pedagog kadrlar tayyorlash jarayonining sohadagi faolligi 20-25 foiz ortgan;
jismoniy tarbiya va sport sohasida pedagogik kadrlar tayyorlash faoliyatini samarali tashkil etishning sport-klaster (fan, ta’lim va tijoratlashtirish (Universitet 3.0), ya’ni jismoniy tarbiya va sport sohasida erishilayotgan yutuqlarni amaliyotga tadbiq qilish hamda sport infratuzilmasini shakllantirish orqali sohani tubdan rivojlantirishga erishish) borasidagi tavsiyalari joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 26 dekabrdagi 03-08-08-1122-son ma’lumotnomasi). Natijada jismoniy tarbiya va sport sohasida sport klasteri faoliyatini tashkil etilishi ta’lim va xizmat ko‘rsatish muassasalari o‘rtasidagi ijobiy muhitni ta’minlash 15-20 foizga oshgan;
jismoniy tarbiya va sport tizimidagi sport ta’limi muassasalarida kadrlar tayyorlash va ularning kasbiy tayyorgarligini baholashga yo‘naltirilgan mezonlari ishlab chiqilib, taklif va tavsiyalar kadrlar sifatini oshirish uchun o‘quv dasturlariga o‘zgartirishlar kiritish asosida joriy etilgan (O‘zbekiston   Respublikasi  jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 26 dekabrdagi 03-08-08-1122-son ma’lumotnomasi). Natijada, kadrlar tayyorlash va ularning kasbiy tayyorgarligini baholash darajasi 15-20 foizga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish