Umarov Ilxomjon Yuldashevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoatida tadbirkorlikni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.03–Sanoat iqtisodiyoti, 08.00.15–Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Iqt40.
Ilmiy maslahatchi: Muftaydinov Qiyomiddin Hamdamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qodirov Abdurashid Majidovich, iqtisodiyot iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Murodova Nodira Kullievna, iqtisodiyot iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oziq-ovqat sanoatida tadbirkorlikni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy ahamiyatga ega taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oziq-ovqat sanoatida mahsulot eksporti hajmini ko‘paytirish qiymat zanjirini rivojlantirish imkonini beruvchi tashqi savdo vositachiligi sohasiga ixtisoslashgan maxsus tuzilmalar faoliyati orqali takomillashtirilgan;
oziq-ovqat sanoatidagi kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini texnik va texnologik jihozlashni rag‘batlantirishda tezlashtirilgan amortizatsiya me’yorini hisoblashning kumulyativ usulidan foydalanishning ustuvorligi asoslangan;
go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning bank kreditlari foiz stavkasining maqbul chegaradan oshishi ta’sirida moliyaviy resurslarning etishmagan qismi «korxonalararo moliyaviy yordam» hisobiga ta’minlanishi asoslangan;
oziq-ovqat sanoatidagi ishlab chiqarishning yaxlit va uzviy texnologik jarayonini «markaziy bo‘g‘in»ni tashkil etuvchi yirik korxonalar hamda «oraliq bo‘g‘inlar» sifatida kichik korxonalar faoliyati uyg‘unligini ta’minlash orqali shakllantirish asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoatida tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirish natijasida 2024 yilga qadar tarmoq ishlab chiqarish hajmining turli ssenariylarga asoslangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoatida tadbirkorlikni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oziq-ovqat sanoatida qiymat zanjirini rivojlantirish imkonini beruvchi tashqi savdo vositachiligi sohasiga ixtisoslashgan maxsus tuzilmalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali mahsulot eksport hajmini ko‘paytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 20 noyabrdagi 5-2/20-20-3234-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2019 yilda oziq-ovqat sanoatida mahsulot eksport hajmi 8,1 foizga oshgan;
oziq-ovqat sanoatidagi kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini texnik va texnologik jihozlashni rag‘batlantirishda tezlashtirilgan amortizatsiya me’yorini hisoblashning kumulyativ usulidan foydalanish bo‘yicha taklif “O‘zbekoziqovqatxolding” XK tarkibiga kiruvchi «RASH-MILK PLUS» MChJ faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasining 2018 yil 20 avgustdagi AS/08-2174-son ma’lumotnomasi). Natijada «RASH-MILK PLUS» MChJda amortizatsiya usuldan foydalanish hisobiga korxonaning 30 foizli tejalgan mablag‘i qayta investisiyalashga sarflangan, ishlab chiqarish hajmi 10 foizga, yillik daromadi esa 360 mln. so‘mga oshirilishiga erishilgan;
go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning bank kreditlari foiz stavkasining maqbul chegaradan oshishi ta’sirida moliyaviy resurslarning etishmagan qismi «korxonalararo moliyaviy yordam» hisobiga ta’minlanishi bo‘yicha berilgan taklif «O‘zbekoziqovqatxolding» XK tarkibiga kiruvchi «RASH-MILK PLUS» MChJ va «JIZZAX MILK» MChJ faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasining 2018 yil 20 avgustdagi AS/08-2174-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida mahsulot sotish hajmi «RASH-MILK PLUS» MChJda 8,2 foiz, «JIZZAX MILK» MChJda 6,5 foiz oshishiga erishilgan;
oziq-ovqat sanoatidagi ishlab chiqarishning yaxlit va uzviy texnologik jarayonini «markaziy bo‘g‘in»ni tashkil etuvchi yirik korxonalar hamda «oraliq bo‘g‘inlar» sifatida kichik korxonalar faoliyati uyg‘unligini ta’minlash orqali shakllantirish bo‘yicha taklif «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi tomonidan joriy etilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasining 2018 yil 20 avgustdagi AS/08-2174-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kompaniya tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarish faoliyatini yaxlit va uzviy texnologik jarayon sifatida tashkil etish darajasi ortgan;
O‘zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoatida tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirish natijasida 2024 yilga qadar tarmoq ishlab chiqarish hajmining turli ssenariylarga asoslangan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan 2019 yil 29 iyuldagi PQ-4406-son qarori 1-ilovasini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 20 noyabrdagi 5-2/20-20-3234-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni joriy etish natijasida 2019-2024 yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy turlarining ishlab chiqarish hajmlarini, jumladan, go‘sht mahsulotini 28 foizga, sut mahsulotini 26,9 foizga va meva-sabzavot mahsulotlarini 20 foizga oshirish imkonini bergan.