Jalilov Mirsaid Bektosh o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Navoiy viloyati cho‘l hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish tarixi”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1398.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Narzullaev Umidjon Ortiqovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.06.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni Koshanov Baxti Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professori; Xaitov Shodmon Ahmadovich tarix fanlari doktori, professori; 
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. dissertatsiyada XX asrning ikkinchi yarmi XXI asr birinchi choragida Navoiy viloyati cho‘l hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish tarixini tadqiq etish maqsadi ko‘zlandi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Mustaqillik yillarida Navoiy viloyati cho‘l hududlarining rivojlanish omillari (foydali er osti boyliklarining topilishi, xo‘jalikda chorvachilik sohasi uchun imkoniyatlar kengligi, bo‘sh er fondlari mavjudligi va h.k.), shuningdek,  o‘zgarishlar dinamikasi, tabiiy-geografik sharoiti kabi jihatlari aniqlashtirilgan;
 Qizilqum hududida Konimex, Tomdi, Uchquduq tumanlarining tashkil topish jarayoni, tuman hududlari bo‘ylab aholining joylashuvi, ijtimoiy tarkibi, millatlararo munosabatlarning holati, ovul boshqaruv tizimi, ulardagi o‘zgarishlar dinamikasi ochib berilgan;
Qizilqumda yirik sanoat korxonalarning tashkil topish omillari, sanoat korxonalarining qurilishi asosida aholi migratsiyasi jarayonlarining yuz berishi, turli millat va elat vakillari sonining ko‘payishi orqali sanoat shaharlari cho‘l hududida shakllanishi, urbanizatsiya jarayonlari dinamikasi, shaharlar aglomeratsiyasi va konfiguratsiya masalalari dalillangan;
Cho‘l hududida aholining ijtimoiy-iqtisodiy o‘ziga xoslik, xo‘jalik hayotini ixtisoslashuvi, ta’lim, sog‘likni saqlash, maishiy xizmat ko‘rsatish, yutuqlar, shuningdek, muammolar (viloyat markazidan uzoqda joylashganlik, logistika va kommunikatsiya tizimidagi muammolar, ichimlik suvi ta’minoti va h.k) ularni bartaraf etish bilan bog‘liq jihatlar aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Navoiy viloyati cho‘l hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish tarixi mavzusini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosalar va takliflar asosida: 
Mustaqillik yillarida Navoiy viloyati cho‘l hududlarining rivojlanish omillari (foydali er osti boyliklarining topilishi, xo‘jalikda chorvachilik sohasi uchun imkoniyatlar kengligi, bo‘sh er fondlari mavjudligi va h.k.), shunigdek,  o‘zgarishlar dinamikasi, tabiiy-geografik sharoiti kabi jihatlari aniqlashtirilgan ma’lumotlardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashida “Tarixingizni bilasizmi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar doirasida keng foydalanilgan. (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2025-yil 29-apreldagi 04-13/354-son bilan ro‘yxatga olingan dalolatnomasi). Natijada maxsus dasturga yoshlarga oid davlat siyosati tarixiga doir tajribalarni qo‘llash imkonini bergan;
Qizilqum hududida Konimex, Tomdi, Uchquduq tumanlarining tashkil topish jarayoni, tuman hududlari bo‘ylab aholining joylashuvi, ijtimoiy tarkibi, millatlararo munosabatlarning holati, ovul boshqaruv tizimi, ulardagi o‘zgarishlar dinamikasi masalalari dalillanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashida “Tarixingizni bilasizmi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar doirasida keng foydalanilgan. (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2025-yil 29-apreldagi 04-13/354-son bilan ro‘yxatga olingan dalolatnomasi). Natijada “Tuman tarixiga bir nazar” (Konimex, Tomdi, Uchquduq va boshqa tumanlar) mavzusida ochiq davra suhbati o‘tkazish, hudud tarixiga oid risola, plakat, brashyura, buklet va tarqatma materiallarni tayyorlash va ularni aholi o‘rtasida targ‘ib qilish imkonini bergan;
Qizilqumda yirik sanoat korxonalarning tashkil topish omillari, sanoat korxonalarining qurilishi asosida aholi migratsiyasi jarayonlarining yuz berishi, turli millat va elat vakillari sonining ko‘payishi orqali sanoat shaharlari cho‘l hududida shakllanishi, urbanizatsiya jarayonlari dinamikasi, shaharlar aglomeratsiyasi va konfiguratsiya masalalari dalillanganligi to‘g‘risidagi ilmiy yangiliklardan Konimex, Tomdi, Uchquduq tumanlari va Zarafshon shahri O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan xalq deputatlari tuman-shahar va Navoiy viloyat kengashi deputatlari hamda partiya vakillari o‘zlarining ish faoliyatida, ma’ruzalarida va aholining o‘rganish tadbirlarida keng foydalanilgan. (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2025-yilning 3-martdagi 6-103-sonli dalolatnomasi) Natijada dissertatsiyaning ilmiy xulosalari, amaliy natijalari Navoiy viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy sohani rivojlanishi, urbanizatsiya jarayonlari  rivojlantirishga xizmat qilgan;
Cho‘l hududida aholining ijtimoiy-iqtisodiy o‘ziga xoslik, xo‘jalik hayotini ixtisoslashuvi, ta’lim, sog‘likni saqlash, maishiy xizmat ko‘rsatish, yutuqlar, shuningdek, muammolar (viloyat markazidan uzoqda joylashganlik, logistika va kommunikatsiya tizimidagi muammolar, ichimlik suvi ta’minoti va h.k) ularni bartaraf etish bilan bog‘liq jihatlar to‘g‘risidagi ilmiy yangiliklardan Konimex, Tomdi, Uchquduq tumanlari va Zarafshon shahri O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan xalq deputatlari tuman-shahar va Navoiy viloyat kengashi deputatlari hamda partiya vakillari o‘zlarining ish faoliyatida, ma’ruzalarida va aholining o‘rganish tadbirlarida keng foydalanilgan. (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2025-yilning 3-martdagi 6-103-sonli dalolatnomasi) Natijada, Navoiy viloyatida ilm-fan va taʼlim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish kabi sohalarda mavjud muammolarni echimini topishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish