Tangirbergenova Mexriban Koshkinbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning innovatsion kompetentligini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7751
Ilmiy rahbar Pazilova Meruert Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.09.01
Rasmiy opponentlar: Berdimuratova Alima Karlibaevna falsafa fanlari doktori, professor. Adizov Baxtiyor Raxmanovich pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti. Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning innovatsion kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak o‘qituvchilarning innovatsion kompetentligini rivojlantirish tuzilmasi kognitiv, motivatsion-shaxsiy, faoliyatli, vositali va refleksiv komponentlarning mustaqil ta’lim jarayonida amaliy, moslashuvchan, integrativ, yo‘naltiruvchi funksiyalar bilan qayta aloqasi identivligini qat’iy belgilash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning innovatsion kompetentligini rivojlantirish mazmuni mustaqil ta’limda kasbiy BKMni takomillashtirib borish; faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashish; kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish; ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish; ijobiy sifatlarni o‘zlashtirish, fan ichidagi, shaxslararo, shaxsiy integratsiyaga muvofiq o‘quv materiallarini muammoli, siklli ko‘rinishda modellashtirish mantig‘iga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda innovatsion kompetentlikni rivojlantirish modelining tashkiliy-didaktik komponenti tadqiqotchilik, keys, ijodiy, aqliy hujum, loyihalash, ishbilarmonlik, rolli va interfaol o’yinlar, veb-kvest ta’lim texnologiyalari kabi o‘qitish strategiyalarini maqsadli yo‘naltirilgan tarzda mustaqil ta’lim mashgʻulotlarida qo‘llashni bevosita hisobga olish asosida rivojlantirilgan;
mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning innovatsion kompetentligini rivojlantirish mazmunini loyihaviy ta’lim, ma’lumotlar bazasini shakllantirish, savollar va keys texnoligiyalari bilan ishlash, diagrammalar tuzish, axborot texnologiyalaridan foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarda innovatsion kompetentlikni rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning innovatsion kompetentligini rivojlantirish tuzilmasi kognitiv, motivatsion-shaxsiy, faoliyatli, vositali va refleksiv komponentlarning mustaqil ta’lim jarayonida amaliy, moslashuvchan, integrativ, yo‘naltiruvchi funksiyalar bilan qayta aloqasi identivligini qat’iy belgilashga doir taklif va tavsiyalardan “Pedagogikalıq innovatika” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil dagi 258-son buyrug‘i, 584464-raqamli guvohnoma). Natijada, bo’lajak o‘qituvchilarning innovatsion kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning innovatsion kompetentligini rivojlantirish mazmuni mustaqil ta’limda kasbiy BKMni takomillashtirib borish; faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashish; kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish; ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish; ijobiy sifatlarni o‘zlashtirish, fan ichidagi, shaxslararo, shaxsiy integratsiyaga muvofiq o‘quv materiallarini muammoli, siklli ko‘rinishda modellashtirish mantig‘iga ustuvorlik berishga doir taklif va tavsiyalardan “Yunogogika” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil dagi 258-son buyrug‘i, 679592-raqamli guvohnoma). Natijada, bo’lajak o‘qituvchilarda innovatsion kompetentlikni rivojlantirishda integrativ yondashuvni tatbiq etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda innovatsion kompetentlikni rivojlantirish modelining tashkiliy-didaktik komponenti tadqiqotchilik, keys, ijodiy, aqliy hujum, loyihalash, ishbilarmonlik, rolli va interfaol o’yinlar, veb-kvest ta’lim texnologiyalari kabi o‘qitish strategiyalarini maqsadli yo‘naltirilgan tarzda va mustaqil ta’lim jarayonida loyihaviy ta’lim, ma’lumotlar bazasini shakllantirish, savollar va keys texnoligiyalari bilan ishlash, diagrammalar tuzish, axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Kreativ pedagogika” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil dagi 258-son buyrug‘i, 1898 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va treninglarni tashkil etish malakalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.