Fayziev Abdusamad Abduxoliq o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buyuk Ipak yo‘li sharqiy tarmog‘ida ot savdosi”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Tar2496
Ilmiy rahbar: Ikromov Nozim Muzrapovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.08.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Voxidov Shodmon Xuseynovich - tarix fanlari doktori, professor; Mavlonov O‘ktam Mahmasobirovich - tarix fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buyuk Ipak yo‘lining sharqiy tarmog‘ida qadimgi va o‘rta asrlarda ot savdosi hamda ularning jamiyat hayotidagi o‘rnini tadqiq etishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qadimda va o‘rta asrlarda Buyuk Ipak yo‘lining sharqiy tarmog‘i bo‘ylab mintaqalararo iqtisodiy, siyosiy, madaniy munosabatlarda ot savdosining ahamiyati o‘ta muhim bo‘lganligi, xususan, Oʻrta Osiyo hududida etishtirilgan zotdor otlar savdo aloqalarida asosiy vosita va xaridorgir mahsulot ekanligi isbotlandi;
Buyuk Ipak yo‘lining sharqiy tarmog‘ida O‘rta Osiyoda parvarishlangan zotdor otlar va ularning tarqalishi, otlarning ilohiylashtirilishi, ularning tasvirlari va haykalchalarining yaratilishi, zotdor otlarning o‘sha davr manbalaridagi tavsifi, zotdor otlarni etishtiradigan markazlar, otlar savdosi markazlari, ot savdosining mintaqa madaniy taraqqiyotidagi ahamiyati ochib berildi;
Buyuk Ipak yo‘lining sharqiy tarmog‘ida yurtimiz hududida etishtirilgan otlarning jismonan baquvvat, fiziologik jihatdan nozik va nafis tuzilishi, chidamliligi, jangovarligi, hatto “samoviy ot” darajasida ulug‘lanishi, ot savdosi markazlarida ularning yuqori baholanishi yurtimizning go‘zal tabiati, zilol suvlari va musaffo havosi bilan bog‘liq ekanligi ilmiy asoslandi;
Buyuk Ipak yo‘lining sharqiy tarmog‘i bo‘ylab poyga, uloq (ko‘pkari), to‘siqlar osha sakrash, polo o‘yinlari kabi ot sportining bir qator turlarining kelib chiqishi va taraqqiy etishi O‘rta Osiyo bilan bog‘liq ekanligi, otlardan ko‘ngilochar tomoshalarda foydalanish, otlarni musiqa va raqsga o‘rgatishda qobiliyatli otlarni saralash amaliyoti va tajribasi mavjudligi ilmiy asoslab berildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Buyuk Ipak yo‘li sharqiy tarmog‘ida ot savdosi” mavzusi tadqiqoti asosida olingan ilmiy natijalar va amaliy natijalardan:
Qadimda va o‘rta asrlarda Buyuk Ipak yo‘lining sharqiy tarmog‘i bo‘ylab mintaqalararo iqtisodiy, siyosiy, madaniy munosabatlarda ot savdosining ahamiyati o‘ta muhim bo‘lganligi, xususan, Oʻrta Osiyo hududida etishtirilgan zotdor otlar savdo aloqalarida asosiy vosita va xaridorgir mahsulot ekanligiga oid ma’lumotlar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasisining 2025-yil 6-maydagi 01-30/304-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv teletomoshabinlarga yurtimizda qadimgi va o‘rta asrlarda etishtirilgan otlar va ularni Buyuk Ipak yo‘li sharqiy tarmog‘i savdosida ustun bo‘lganligi bilan bog‘liq tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan.
Buyuk Ipak yo‘lining sharqiy tarmog‘ida O‘rta Osiyoda parvarishlangan zotdor otlar va ularning tarqalishi, otlarning ilohiylashtirilishi, ularning tasvirlari va haykalchalarining yaratilishi, zotdor otlarning o‘sha davr manbalaridagi tavsifi, zotdor otlarni etishtiradigan markazlar, otlar savdosi markazlari, ot savdosining mintaqa madaniy taraqqiyotidagi ahamiyati kabi ko‘plab ma’lumotlar Termiz arxeologiya muzeyida keng qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 21-maydagi 04-05/1978-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tadqiqot ishi Termiz arxeologiya muzeyining fond materiallarini boyishiga, muzeyga tashrif buyuruvchilarning sonini ortishiga xizmat qilgan.
Buyuk Ipak yo‘lining sharqiy tarmog‘i bo‘ylab poyga, uloq (ko‘pkari), to‘siqlar osha sakrash, polo o‘yinlari kabi ot sportining bir qator turlarining kelib chiqishi va taraqqiy etishi O‘rta Osiyo bilan bog‘liq ekanligi, otlardan ko‘ngilochar tomoshalarda foydalanish, otlarni musiqa va raqsga o‘rgatishda qobiliyatli otlarni saralash amaliyoti va tajribasi mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Surxondaryo turizm potensialini ko‘rsatib berishga qaratilgan “Ichki turizm yarmarkasi”, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali, shuningdek, Sariosiyo tumani “Sangardak” turizm qishlog‘ida, Denov tumani Sina qishlog‘idagi ommaviy ko‘ngilochar turizm tadbirlarni tashkil qilishda keng foydalanildi foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi Surxondaryo viloyati Turizm boshqarmasining 2025-yil 5-maydagi 01-27/725-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga joriy qilinishi tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazilishiga hamda viloyatda turizmning rivojlanishiga xizmat qildi.
Buyuk Ipak yo‘lining sharqiy tarmog‘ida yurtimiz hududida etishtirilgan otlarning jismonan baquvvat, fiziologik jihatdan nozik va nafis tuzilishi, chidamliligi, jangovarligi, hatto “samoviy ot” darajasida ulug‘lanishi, ot savdosi markazlarida ularning yuqori baholanishi yurtimizning go‘zal tabiati, zilol suvlari va musaffo havosi bilan bog‘liq ekanligi borasidagi natijalar Xalq diplomatiyasi markazi faoliyatida keng qo‘llanildi (O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazining 2025-yil 15-iyuldagi 353/25-sonli ma’lumotnomasi). Bu esa, tashkilotning ilmiy-ma’rifiy, madaniy va mintaqaviy integratsiya yo‘nalishlarida qo‘llanish imkoniyatiga ega bo‘lib, ayniqsa, tarixiy-madaniy merosni mintaqaviy barqarorlik manbayi sifatida ko‘rsatishda dolzarb mavzu sifatida xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish