Narmatov Elmurod Avazovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Arrali jin kolosniklarining resurstejamkor konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini hisoblash metodlari”, 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2018.2.PhD/T740
Ilmiy rahbar: Yunusov Saloxiddin Zununovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Davlat Mustafaevich, texnika fanlari doktori, professor; Sulaymonov Rustam Shennikovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:  amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi arrali jinning tarkibli, ligerlangan almashtiriluvchi plastinka elementli kolosnik konstruksiyasini ishlab chiqish hamda nazariy va tajriba tadqiqotlari asosida uning parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arrali jin mashinasi kolosnik panjarasining resurstejamkorligini oshiruvchi ligerlangan plastinkali kolosnik konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
muqobil jinlash jarayonini ta`minlaydigan, kolosnikning ishlash muddatini oshiradigan, chigitning mexanik shikastlanish darajasini kamaytiradigan almashuvchan plastina va qayishqoq asosga ega takomillashtirilgan kolosnik panjara ishlab chiqilgan;
kolosnikning ishchi qismida toladan chigitni ajratishda yuqoriga harakatlantiruvchi kuchning kolosnikning eyilishiga ta’siri darajasi aniqlangan;
arrali jin uchun ishlab chiqarilgan 65G markali ligerlangan almashuvchan elementga ega bo‘lgan kolosnikning ratsional texnologik va konstruksion parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Arrali jin mashinalarida mavjud kolosniklarning konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Ikki foydali modelga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (“Arrali tola ajratgichning kolosnikli panjarasi”, UZFAP №01111; “Arrali jinning kolosnik panjarasi”, UZFAP №00810). Natijada, arrali jin mashinalarida chigitli paxtani jinlash jarayonida mavjud kolosniklarning ishchi qismida tarkibli ligerlangan almashuvchan plastinkali elementni qo‘llashda jinlash jarayonining yaxshilanishi, uning mustahkamligining ortishi, inersiya momentining kichrayishi hamda tola va chigitning mexanik shikastlanishining kamayishi imkoni yaratilgan;
paxtani jinlash jarayonida tarkibli almashuvchan ligerlangan plastinkali kolosnik konstruksiyasi ishlab chiqilib, “O‘zpaxtasanoat” AJ tasarrufidagi korxonalariga, jumladan Sirdaryo viloyati “Boyovut paxta tozalash” korxonasi va Surxondaryo viloyati “Sho‘rchi paxta tozalash” korxonalariga tatbiq etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2018 yil 4 dekabrdagi 02-18/6912-son ma’lumotnomasi). Natijada, jinlangan chigit tukdorligini 0,4% ga, uning mexanik shikastlanishini 0,2% ga, kolosnik emirilishi 0,5 mmga kamaytirishga, uning ishlash muddatini 1,1 marta orttirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish