Ko‘palova Yulduz Ilxomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Konduktiv issiqlik almashuvini takomillashtirish asosida paxtani quritish jarayonini tezlashtirish», 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T785.
Ilmiy rahbar: Parpiev Azimjon, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSC.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Alisher Zununovich, texnika fanlari doktori, professor; Murodov Rustam Murodovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: konduktiv issiqlik almashuvining samaradorligini oshirish va quritish uskunasi texnologik parametrlarini takomillashtirish asosida paxtani quritishni jadallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani quritish va tozalash jarayonlarini samarali amalga oshiruvchi takomillashtirilgan quritish barabani ishlab chiqilgan;
quritish barabanini tayanch elementlariga baraban va paxta og‘irligidan tushayotgan yuklamani bir tekis taqsimlash, ularni ekspluatatsiya muddatini oshirish imkoniyatini beruvchi roliklarning yangi konstruksiyasi tavsiya etilgan;
paxtani markazdan qochuvchi kuchi bilan barabanning ish unumdorligi, aylanish tezligi va kuraklarni joylashuvi o‘rtasidagi bog‘lanish ishlab chiqilgan;
barabanning boshlang‘ich qismida paxtani kurakchalardagi harakatlanish bog‘lanishlari olingan, paxta harakatlanishiga kuraklarning baraban o‘qiga nisbatan qiyalik burchagini ta’siri aniqlangan;
paxtani boshlang‘ich namligi va quritish barabanining ish unumdorligi bilan barabanning asosiy texnologik parametrlari o‘rtasidagi bog‘lanishlar ishlab chiqilgan;
issiq havo, baraban yuzasi, paxta va uning komponentlari o‘rtasidagi konduktiv issiqlik almashuvi jarayonlarini xarakterlovchi bog‘lanishlar hamda quritish barabanining ishlash rejimlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxtani barabanda quritishni tezlashtirish tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
issiq havo, baraban yuzasi, paxta va uning komponentlari o‘rtasidagi konduktiv issiqlik almashuvi jarayonlarini xarakterlovchi bog‘lanishlar hamda quritish barabanining ishlash rejimlari Chinobod paxta tozalash korxonasida joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2019 yil 19 dekabrdagi 03-18/7395-son ma’lumotnomasi). Natijada, quritish rejimlarini ishlab chiqilishi hisobiga paxtadan namlik olish miqdori 1,37 dan 2,27 barobarga oshirishga erishilgan, 1 yillik iqtisodiy samaradorlik 491,331 mln. so‘mni tashkil etgan;
takomillashtirilgan quritish barabani “O‘zpaxtasanoat” AJ tizimidagi Chinobod paxta tozalash korxonasida joriy qilingan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2019 yil 19 dekabrdagi 03-18/7395 – son ma’lumotnomasi). Natijada, “Oliy” sinf tola olinishi 26,7% ga, quritish barabanida qo‘shimcha mayda iflosliklardan tozalash 15% ga oshirish imkoniyati yaratilgan.