Atoev Abubakir Izzatillo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik suv taqsimlash inshootlari uchun mo‘ljallangan vertikal o‘qli mikroGESning energiya samaradorligini oshirish” (Buxoro viloyati misolida), 05.05.01- “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: PhD.03/2025.28.11.T.16.01.
Ilmiy rahbar: Sadullaev Nasullo Nematovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.28.11.T.16.01
Rasmiy opponentlar: Taslimov Abduraxim Dehqonovich - texnika fanlari doktori, professor; Muxammadiev Farrux Mirazimovich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: kichik suv taqsimlash inshootlari uchun vertikal o‘qli mikro gidroelektr stansiyaning konstruksiyasini ishlab chiqish va konstruktiv o‘lchamlarini optimallashtirish orqali samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tatqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba suv taqsimlash inshootlaridagi past bosimli suv oqimlarida samarali ishlovchi turbina parraklari soni, uning qiyaligi va suv oqimini yo‘naltiruvchi sirtlari optimal burchakka o‘rnatilgan hamda rotori va statori qarama-qarshi aylanuvchi elektr generatoridan foydalanib konstruksiyasi takomillashtirilgan mikro gidroelektr stansiya qurilmasi ishlab chiqilgan (IAP 8284);
suv taqsimlash inshootlarida mikro gidroelektr stansiyaning maksimal chiqish elektr quvvatini ta’minlab turuvchi suv oqimini qo‘sh turbinaning samarali yuzalariga yo‘naltiruvchi maxsus sirtlar orasidagi maqbul burchak (22°), optimal parraklar soni (16 ta) va qiyalik burchagi (80°) hamda maqbul (kurakchasimon) shakli aniqlangan (IAP 8284);
suv taqsimlash inshootlarida o‘rnatilgan mikro gidroelektr stansiyani maksimal quvvatda ishlashini ta’minlovchi maqbul konstruktiv o‘lchamlarini va parraklar shaklini aniqlash bo‘yicha analitik tadqiqotlar o‘tkazish imkonini beruvchi matematik modeli ishlab chiqilgan va uning chiqish elektr quvvatini baholovchi empirik tenglama yaratilgan;
mikro gidroelektr stansiya elektr iste’molchilari iste’mol grafigiga muvofiq chiqish kuchlanishiga qiymatiga ko‘ra tarmoqqa kechiktiruvchi element orqali ulash bilan ishonchli energiya ta’minotini amalga oshiruvchi mikro gidroelektrostansiyani elektr tarmog‘iga integratsiyalash sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: Suv taqsimlash inshootlaridagi past bosimli suv oqimlarida ishlovchi vertikal o‘qli mikro gidroelektr stansiya konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suv taqsimlash inshootlari uchun vertikal o‘qli mikro gidroelektr stansiya qurilmasi Buxoro viloyati “Amu-Buxoro” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi G‘ijduvon tumani “Suv etkazib berish xizmati” davlat muassasasiga qarashli “Quchchi-2” va “Sultonobod” suv taqsimlash inshootida amaliyotga joriy etilgan. (2025-yil 17-oktyabrdagi 547-son dalolatnoma bilan tasdiqlangan). Natijada iqtisodiy samarasi – iste’molchining o‘rnatilgan har bir kilovatt quvvatga nisbatdan tejalgan kapital mablag‘ o‘rtacha 1 million so‘mni, ijtimoiy samara 29,28 million so‘mni (CO2 ajratmasining oldini olish evaziga), yillik 120 million so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.