Nematov Sherzod Qalandarovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fotosintetik tizimlarda xlorofill fluoressensiyasining spektral-kinetik xarakteristikalari», 01.04.05 – «Optika» ixtisosligi (fizika-matematika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: / fizika-matematika fanlari nomzodi /.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 12.05.2015/B2015.1.FM198.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti, Ion plazma va lazer texnologiyalari instituti va Samarkand davlat universiteti huzuridagi 16.07.2013.FM/T.12.01 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Zaxidov Erkin Agzamovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Baxramov Sagdulla Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Jumabaev Abduvoxid Jumabaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Yusupov Djavdat Bakidjanovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xlorofill fluoressensiyasi spektral-kinetik xarakteristikalarini qo‘llagan holda o‘simliklar va fotosintezlovchi bakteriyalarda kechadigan quyosh energiyasi fotosintetik o‘zgartirilishi samaradorligining fizik asoslarini ishlab chiqish va fluoressent nazoratining eng muhim parametrlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: fotosintezlovchi tizimlarning in vitro va in vivo rejimlardagi fotosintez birlamchi jarayonlari fizik tabiatini (yorug‘lik energiyasining yutilishi, yorug‘lik yig‘uvchi antennaga ko‘chishi, reaksiya markazida tashilishi va taqsimlanishi) ochib berish imkonini beruvchi fluoressensiya parametrlarini qayd qilish metodlarining ilmiy asoslari yaratilgan;
turli stress faktorlar ta’siridagi fotosintezlovchi organizmlar tez va kechikuvchi fluoressensiyasi spektral-kinetik xarakteristikalari yordamida fotosintez faolligini monitoring qilishning yangi metodikasi ishlab chiqilgan;
ilk bor kechikuvchi fluoressensiya va tez fluoressensiya induksiya kinetikasi parametrlari yordamida fotosistema II reaksiya markazidagi elektron tashilish zanjirining turli sohalaridagi elektron tashilish tezligi va vaqt bo‘yicha xarakteristikalari tajribada aniqlangan;
o‘simlik barglari qorong‘ilik fluoressensiyasining fotosintetik membrana yorug‘lik yig‘uvchi antennalari va reaksiya markazlari bir butunligining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qilishi va bu bir butunlikning buzilishi qorong‘ilik fluoressensiyasi intensivligining oshishiga olib kelishi isbotlangan;
yorug‘lik uyg‘onishlarining yorug‘lik yig‘uvchi antennada ko‘chishi va ularning reaksiya markazida egallanishi qonuniyatlari, fotosintetik apparat strukturasiga oid ikki fizik model` («ozero» va «luji» modellari) yordamida ochib berilgan;
xlorofillar, bakterioxlorofillar va ularning bir qator birikmalari yaqin infraqizil sohada ishlovchi fotosensibilizatorlar sifatidagi perspektiv birikmalar bo‘lishi tajribada asoslab berilgan. O‘rab turgan molekulalar tabiatiga bog‘liq holda bu birikmalarda yutilish va fluoressensiya spektrlari sifat jihatidan o‘zgarishlarga uchrashi aniqlangan;
ilk bor ko‘p o‘tishli yarimo‘tkazgichli fotovol`taik moslamaga muqobil tarzda bir guruh fotosintezlovchi bakteriyalardan tashkil topgan, natijaviy energetik samaradorligi 50 foizdan yuqori bo‘lgan energiya o‘zgartiruvchi moslamaning ilmiy asoslari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan fluoressent metodi qishloq xo‘jaligi amaliyotida, jumladan, paxta barglari fluoressent parametrlarini aniqlashda qo‘llanilgan (O‘bekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jali vazirligi Paxta urug‘chiligi Respublika markazining 03.06.2015 dagi ma’lumotnomasi). Bunda transgen-T6-31-10 va T6-1-7 paxta navlarida fotosintez faolligi nazorat navlarga nisbatan 25– 30 foiz oshgan va fluoressensiya ko‘rsatkichlari ushbu qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘sishi va rivojlanishini monitoring qilish va son jihatdan baholashda ishonchli, tezkor va prinsipial yangi usul sifatida qo‘llanilgan.