XakimovAbduboki Muminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Er osti navigatsiya tizimi negizidagi mexanizatsiyalashgan komplekslar vositasida metro tonnellarini qurishdagi marksheyderlik-geodezik ta’minot usullarini takomillashtirish», 04.00.09 – Marksheyderiya (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T3200.
Ilmiy rahbar: Sayyidqosimov Sayyidjabbor Sayyidqosimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISIS»ning Olmaliq filiali huzuridagi DSc.31/2025.27.12.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nurpeisova Marjan Baysanovna, texnika fanlari doktori, professor; Soxibov Isomiddin Yuldashevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Geologiya fanlari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metropolitenlar tunnellari ob’ektlarini «Herrenknecht» S-1128 (Germaniya) mexanizatsiyalashgan tunnel qazib-o‘tish kompleksi dumaloq shakldagi shiti, temir-beton qoplama-tyubinglari bilan konturning faol tuproq yuklanishi tayanchlari asosida qurishni marksheyderlik-geodezik ta’minlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
barpo etilgan chiziqli-burchakli poligonometriya tarmog‘i natijalari asosida konsolning koordinatalari va belgilariga tuzatishlar kiritish imkonini beruvchi TPMK fazosiga robot lazerli elektron taxeometr va prizma-reflektorni o‘rnatish uchun markazlashtiruvchi konsol konstrukciyasi ishlab chiqilgan;
tunnel shiti o‘qi koordinatalarini nazorat qilish va sozlashni ta’minlovchi qazishning loyiha yo‘nalishiga muvofiq tunnel qazib-o‘tish mashinasini (TBM) boshqarishning algoritmi va matematik modeli ishlab chiqilgan;
er osti navigatsiya tizimi negizida metropoliten tunnellarini qazib-o‘tishni marksheyderlik ta’minoti usullari takomillashtirilib,qarama-qarshi tunnellar ruxsat etilgan aniqlik chegarasida tutashtirilgan (sboyka): planda +41 mm, profilda −45 mm ekanligi aniqlangan;
tunnel trassasi siljishlari va cho‘kishlarini marksheyderlik kuzatuvlari asosida shit usulidan foydalangan holda metro tunnellari qurish jarayonida, hudud binolari va inshootlarining deformatsiyalari baholangan, hamda xavfli oqibatlarini apriori bartaraf etilganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Herrenknecht» S-1128 tunnel shitining avtomatlashtirilgan navigatsiya tizimi kompleksining fazoviy holatini real vaqtda aniqlash, shitning er ostidagi joylashuvini aniqlash, inshootni qurish tezligi, aniqligi va sifatini sezilarli darajada oshirishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
murakkab muhandislik-geologik va shaharsozlik sharoitlarida tunnellarni qurishda marksheyderlik-geodezik monitoringni ta’minlash uslubi Toshkent metropoliteni Yunusobod liniyasining ikkinchi navbatdagi doiraviy tunneli shit usulida qurilishi jarayonida «TOShMETROQURILISh» MChJ amaliyotiga joriy etilgan («TOShMETROQURILISh» MChJ tomonidan 2025 yil 28 yanvardagi 12-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasining ikkinchi navbatdagi doiraviy tunneli shit usulida qurilishi trassasida marrksheyderlik-geodezik o‘lchov ta’minotini oshirish imkonini bergan;
doiraviy o‘ng va chap tunnellarni tutashtirishda SLS-SL avtomatlashtirilgan navigatsiya tizimidan foydalanishda uslubi Toshkent metropoliteni Yunusobod liniyasining ikkinchi navbatdagi qurilishida amaliyotga joriy etilgan («TOShMETROQURILISh» MChJ tomonidan 2025-yil 28-yanvardagi 12-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘ng va chap trassa tunnellarini aniq o‘lchamlarda tutashtirish-sboyka imkonini bergan;
qurilgan o‘ng va chap tunnellarda doimiy temir yo‘llarni mustahkam asosda yotqizish tizimi Toshkent metropoliteni Yunusobod liniyasining ikkinchi navbatdagi qurilishida amaliyotga joriy etilgan («TOShMETROQURILISh» MChJ tomonidan 2025-yil 28-yanvardagi 12-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tunnellardagi doimiy temir yo‘llarni mustahkam asos ustiga yotqizish harakatlanish tarkibi tezligi xavfsizligini oshirish imkonini bergan.