Aripov Axatilla Xabibulla o‘g‘li ning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Organik asosli chiqindilardan bioko‘mir olish texnologiyasini ishlab chiqish”, 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T3049.
Ilmiy rahbar: Turabdjanov Sadritdin Maxamatdinovich, texnika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2025.27.12.T.42.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxab texnika fanlari doktori, professor; Abdumavlyanova Mamura Kasimovna kimyo fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: organik asosli chiqindilar - o‘simlik barglari asosida bioko‘mir olish va ishlab chiqarish jarayonidan hosil bo‘luvchi oqova suvlarni organik hamda mineral birikmalardan resikling yo‘li bilan tozalash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Platanus Orientalis (chinor), Julans Mandschurica (manjur yong‘og‘i) va Pinus Ponderosa (qarag‘ay yoki Sibir qarag‘ayi) daraxtlari barglari va qoldiqlari asosida bioko‘mir va suyuq yoqilg‘i olish imkoniyati asoslangan;
o‘simliklarning ikkilamchi xom-ashyolarini yangi piroliz usuli va qurilmasi yordaimida optimal sharoitlarini tanlash hamda qayta ishlash orqali ikkilamch xom-ashyolardan bioko‘mir  olishning  samarali usullari ishlab chiqilgan;
ikkilamch xomashyolar asosidagi bioko‘mir kimyoviy usulda 10%li HCl eritmasi bilan faollashtirilib yangi turdagi bioko‘mir adsorbentlar hosil bo‘lishi isbotlangan;  
an’anaviy qo‘llanilib kelinayotgan yog‘och asosidagi faollashgan ko‘mirlarni yangi turdagi BU-1, BU-2, BU-3 bioko‘mirlarini Peugeot-42720-01 asbobi yordamida 0,1 dan 0,8  mm gacha o‘lchamli tabletkalarini sifat ko‘rsatgichlari o‘zaro taqqoslangan va bioko‘mirning 0,4-0,6 mm o‘lchamli tabletkalarning xususiyatlari yaxshligi isbotlangan; 
ikl bor to‘kilgan bargalar va archa qoldiqlari asosida piroliz usuli bilan bioko‘mir olinib, kimyoviy usul yordamida faollashtirish natijasida BU-1, BU-2, BU-3 pirolizdan so‘ng  bioko‘mirlarining kimyoviy struktura tarkiblari element tahlil asosida  taqqoslanganda  o‘rtacha C-miqdori 65,3%, O- 24,4% ni tashkil aniqlandi. Kimyoviy usul yordamida faollashtirilgandan so‘ng namunalar tarkibida C (71,1%) va O (20,8%) mavjudligi isbotlangan;
bioko‘mirning BU-1, BU-2, BU-3 namunalari benzol va suv bug‘lariga adsorbsiya amalga oshirilganda va BET-tenglamasi orqali hisoblanganda  g‘ovaklarning o‘lchamlari  mos ravishda (BU-1) 1,46, (BU-2) 1,77, (BU-3) 2,22 nm ligi  hamda g‘ovaklarning ko‘rsatgichlari mezo- va makro- ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Organik asosli chiqindilar - o‘simlik barglari asosida bioko‘mir olish, ishlab chiqarish jarayonidan hosil bo‘luvchi oqova suvlarni organik hamda mineral birikmalardan resikling bilan tozalash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chinor, manjur va qarag‘ay daraxt barglari asosida olingan bioko‘mirni kimyoviy faollashtirish orqali adsorbent ishlab chiqarish texnologiyasi «PLOM FURNITUR LUX» MChJning «2026-2028 yillar amaliyotga joriy etish istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi «Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish» agentligining 2025 yil 25 iyundagi 01-21/1348-son va 2026 yil 20 aprelidagi 01-23/820-son ma’lumotnomalari). Natijada, piroliz, kimyoviy faollashtirish, tabletkalash tizimida BU-1, BU-2, BU-3 bioko‘mir-adsorbentini ishlab chiqarish imkonini bergan;
ishlab chiqarish jarayoniga qo‘llanilgan texnik suvlarni daraxt barglari asosida olingan bioko‘mirni kimyoviy faollashtirish bilan olingan adsorbent yordamida tozalash texnologiyasi va «Biokimyo» AJning «2026–2028 yillar amaliyotga joriy etish istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi «Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish» agentligining 2025 yil 25 iyundagi 01-21/1348-son va 2026 yil 20 aprelidagi 01-23/820-son ma’lumotnomalari). Natijada, quduq suvlarini me’yorlashtirish (qattiqligi 8.2–8.5 mg·ekv/l, ishqoriyligi 6,0 mg/dm³, quruq qoldiq 742 mg/dm³, kalsiy va magniy ionlari 7,4 mg/l) imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish