Abilova Amina Janabaevnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gipsli bog‘lovchi moddalarning modifikatorli qo‘shimchalar bilan dispersiyali xossalarini boshqarishning kolloid-kimyoviy asoslari», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/K206.
Ilmiy maslahatchi: Turemuratov Sharibay Naurizbaevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.15.08.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Ravshan Isroilovich, kimyo fanlari doktori, professor; Eshmetov Izzatbek Do‘simbatovich, texnika fanlari doktori, professor;  Xandamov Davron Abduqodirovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: modifikatorli qo‘shimchalar bilan gipsli bog‘lovchi moddalar dispersiyalarning xossalarini boshqarishning kolloid-kimyoviy asoslarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta Urge, Raushan va Aybuyir konlari tabiiy gips minerallarining kolloid-kimyoviy, fizik-kimyoviy va kimyoviy-mineralogik xossalari kompleks o‘rganildi hamda ularning suvli tizimlardagi dispers holati xususiyatlari aniqlangan;
turli kelib chiqishli kalsiy sulfatning 125–700 °C harorat oralig‘ida bug‘li va havoli sharoitda termik ishlov berish jarayonida yuzaga keladigan strukturaviy o‘zgarishlar o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan, shuningdek, ushbu o‘zgarishlarning hosil bo‘layotgan fazalarining faolligi, eruvchanligi, mustahkamlik ko‘rsatkichlari va gidratsiya jarayoniga ta’siri o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘zgarishlari aniqlangan;
qurilish va yuqori mustahkamlikga ega gipsli bog‘lovchi moddalarning, jumladan, β- va α-yarimsuvli shakllarini olishning optimal parametrlari: 170 °C, 1 soat va 125-130 °S, 4 soat, bosim 0,4-1,1 kg/sm2 aniqlangan va ularni amaliy qo‘llash shartlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
kompozision gips tizimlari tarkibida mahalliy mineral resurslar va sanoat chiqindilarini samarali to‘ldiruvchi 20% gacha va modifikatorli qo‘shimchalar 0,1-0,4% gacha qo‘llash imkoniyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
«α- va β- yarimsuvli gips - suv - qo‘shimcha», «eriydigan angidrit - suv - qo‘shimcha» va «erimaydigan angidrit - suv - qo‘shimcha» tizimlarida turli tabiatli barqan qumi, ohaktosh, SSCh to‘ldiruvchilari va melaminformaldegidli, polikaboksilatli modifikatorli qo‘shimchalarning gidratatsion tuzilma hosil bo‘lish jarayonlariga ta’sir qilish mexanizmlari aniqlangan;
gipsli bog‘lovchi moddalar asosida fiziko-mexanik ko‘rsatkichlari 25% ga yuqori va barqaror mustahkamlikga ega materiallar olishni ta’minlaydigan yangi dispers tizimlar va koagulatsion-kristallizatsiyali struktura yaratilgan;
α- va β-yarimsuvli gips aralashmasidan olingan gipsli bog‘lovchilarning struktura hosil qilishining kolloid-kimyoviy mexanizmi xususiyatlari va ularning fizik-mexanik xossalari bilan bog‘likligi aniqlangan;
kompozision gips materiallari xossalarini maqsadli ravishda boshqarish prinsiplari asosida modifikator qo‘shimchalarni tanlash va optimallashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston gips minerallaridan yuqori sifatli yangi modifikatsiyalangan gipsli bog‘lovchi materiallar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston gips minerallari asosida suv sarfini kamaytirish va tuzilish hosil bo‘lish jarayonini boshqarish qobiliyati yuqori bo‘lgan kompozision gips aralashmalarini olish usuli Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi huzuridagi «Qurilish sinov laboratoriyasi» da amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining 2025 yil 15 avgustdagi 01-07/01-1055- sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sifati yaxshilangan xossalarga ega mahalliy gips materiallari olingan, bu qurilish mahsulotlari assortimentini kengaytirish va raqobatbardoshligini oshirish imkonini bergan;
α- va β-yarimsuvli gipsli bog‘lovchlari aralashmasi asosida gips materiallarini olish va ularning gidratatsion tuzilishini boshqarish usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining «2027-2030 yillarda amaliyotiga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ruyxati»ga kiritilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining 2025 yil 15 avgustdagi  01-07/01-1055-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘p fazali kompozision gips mahsulotlarini yuqori ekspluatatsion xossalarga ega holda ishlab chiqarish imkonini beradi;
tabiiy gips minerallari asosida, mineral to‘ldiruvchilar va modifikatsiyalovchi qo‘shimchalardan foydalangan holda ekologik me’yorlarga mos va atrof-muhitga salbiy ta’sirni minimallashtiruvchi gips materiallarini olish usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligining 2027–2030 yillarga mo‘ljallangan amaliyotga joriy etish uchun istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligining 2025 yil 29 sentyabrdagi  02-01/18-2-3454-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat miqyosida kengaytiriigan va tatbiq etish imkoniyati aniqlangan mahalliy xomashyolar asosida ekologik xavfsiz kompozision gips materiallari ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish