Nosirova Zaxroxon Latibjon qizi
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
“Analitik tafakkur asosida talabalarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish metodikasi” (Ona tili – o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi fani misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9344
Ilmiy rahbar: Usmanova Umida Aybekovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.05.01
Rasmiy opponentlar: Hasanov Sharobiddin A’zamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor; Masharipova Umida Abduvahobovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dosent. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi analitik tafakkur asosida talabalarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
analitik tafakkur asosida talabalarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik mazmuni ta’lim oluvchilarning axborotni topish, matnni tushunish va talqin qilish  qobiliyatlarini shakllantiruvchi integrativ tizimiga tahliliy o‘qish, mulohaza yuritish va baholash kompetensiyalarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantiruvchi o‘quv vaziyatlarining didaktik ta’minoti kognitiv xarakterdagi maxsus ta’lim jarayonlarida analitik tafakkurni rivojlantirish metodlari (“Kitobni so‘roq qilish”, “Qahramonlar sud jarayoni”, “Qisqa, lekin chuqur”, “Muallif niyati – mening qarashim”, “Kitobdan infografika”) ni ta’lim kontekstlariga klassifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik integrativ modeli blogiga mazmuniy, g‘oyaviy, til va uslubiy qatlamlarni chuqur tahlil etish bosqichlariga shaxsning mustaqil fikrlash hamda baholovchi tafakkur kompetensiyasini shakllantirishga yo‘naltirilgan kognitiv-pedagogik elementlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
ta’lim oluvchilarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik mezonlari badiiy asardagi eksplisit va implisit ma’no qatlamlarini kashf etishga o‘rgatish bosqichlariga ekspressiv o‘qish va fikrlash tezligi kontekstiga analitik tafakkur indikatorlarining asosiy parametrlariga bosqichma-bosqich kompleks baholash va o‘lchovli tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Analitik tafakkur asosida talabalarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
analitik tafakkur asosida talabalarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik mazmuni ta’lim oluvchilarning axborotni topish, matnni tushunish va talqin qilish  qobiliyatlarini shakllantiruvchi integrativ tizimiga tahliliy o‘qish, mulohaza yuritish va baholash kompetensiyalarini kiritish asosida takomillashtirishga oid ilmiy yangiligidan oliy ta’lim talabalari uchun ishlab chiqilgan “Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 68-878 raqamli ruxsatnoma). Natijada ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari zamonaviy mazmunli tashkillashtirilishiga erishilgan;
talabalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantiruvchi o‘quv vaziyatlarining didaktik ta’minoti kognitiv xarakterdagi maxsus ta’lim jarayonlarida analitik tafakkurni rivojlantirish metodlari (“Kitobni so‘roq qilish”, “Qahramonlar sud jarayoni”, “Qisqa, lekin chuqur”, “Muallif niyati – mening qarashim”, “Kitobdan infografika”)ni ta’lim kontekstlariga klassifikatsiyalash asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiligidan “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish metodikasi” nomli darslik ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2025-yil 04-iyundagi 205-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 205-17 raqamli ruxsatnoma). Natijada boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarining dars jarayonini samarali tashkil etishga qaratilgan yaratilgan va o‘quvchilarning o‘quv fanlariga bo‘lgan qiziqishlarining va o‘quv faolligining oshishiga erishilgan;
talabalarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik integrativ modeli blogiga mazmuniy, g‘oyaviy, til va uslubiy qatlamlarni chuqur tahlil etish bosqichlariga shaxsning mustaqil fikrlash hamda baholovchi tafakkur kompetensiyasini shakllantirishga yo‘naltirilgan kognitiv-pedagogik bloglarini moslashtirish asosida takomillashtirishga oid ilmiy yangiligidan 2023-2025-yillarda bajarilgan 01-329 raqamli “Yangi avlod darsliklari asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash metodikasini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Andijon davlat pedagogika institutining 2025-yil 13-oktyabrdagi № 04-989-son ma’lumotnoma). Natijada, mazkur tuzilma talabalarning bilim salohiyatini mustahkamlashga, ta’lim sifatini ta’minlashning milliy yo‘nalishlarini hisobga olishga, kitobxonlik madaniyatini rivojlangan shaxsni tayyorlashga xizmat qilgan;
ta’lim oluvchilarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik mezonlari badiiy asardagi eksplisit va implisit ma’no qatlamlarini kashf etishga o‘rgatish bosqichlariga ekspressiv o‘qish va fikrlash tezligi kontekstiga analitik tafakkur indikatorlarining asosiy parametrlariga bosqichma-bosqich kompleks baholash va o‘lchovli tizimlashtirish asosida takomillashtirishga oid ilmiy yangiligidan 2023-2025-yillarda bajarilgan 01-329 raqamli “Yangi avlod darsliklari asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash metodikasini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Andijon davlat pedagogika institutining 2025-yil 13-oktyabrdagi № 04-989-son ma’lumotnoma). Natijada, analitik tafakkur asosida talabalarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jarayoni samaradorligining oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish