Masharipov Vafa Ametovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya  mavzusi,  ixtissoslik  shifri  (ilmiy  daraja  beriladigan  fantarmog‘i):  “Barqaror rivojlanish ta’limiga oid tushunchalarni kimyo darslarida o‘qitish metodikasini takomillashtirish (umumta’lim maktablarining 9-10 sinflari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: ____
 Ilmiy  tadqiqot  ishi  bajarilgan  muassasa  nomi: Chirchiq davlat pedogogika universiteti. 
Ilmiy  rahbar:  Eshchanov Ruzumboy Abdullaevich,  biologiya  fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.k.04.04   raqamli ilmiy kehgash asosidagi bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy  opponentlar:  Usarov Jabbor Eshbekovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xoliqov Abduvali Jonizoqovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.  Tadqiqotning  maqsadi  umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o‘qitish jarayonida barqaror rivojlanish ta’limiga oid tushunchalarni samarali integratsiya qilish hamda ularni o‘quvchilarda shakllantirishga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlarni ilmiy-pedagogik asosda takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o‘qitishda barqaror rivojlanish ta’limi tushunchalarini joriy etish muammolari didaktik, metodik, tashkiliy-pedagogik, mazmuniy, kompetensiyaviy va integrativ yondashuvlar nuqtayi nazaridan tizimli tahlil qilish hamda amaldagi o‘quv dasturlari, darsliklar mazmuni, o‘qitish amaliyoti, o‘quvchilarning ta’limiy ehtiyojlari va kimyo ta’limi mazmunining barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg‘unlashuv darajasi asosida aniqlashtirilgan;
ilmiy manbalar asosida barqaror rivojlanish ta’limi tushunchalarining mazmuni, mohiyati va ta’lim jarayonidagi o‘rni falsafiy, pedagogik, ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy hamda kompetensiyaviy yondashuvlarning konseptual uyg‘unligi, barqaror rivojlanish g‘oyalarining shaxsni tarbiyalash, ta’lim mazmunini yangilash va o‘quv jarayonini maqsadli tashkil etishdagi didaktik imkoniyatlari, shuningdek, ularning umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning mas’uliyatli munosabati, tizimli fikrlashi va amaliy faoliyatiga ta’siri nuqtayi nazaridan ochib berilgan;
kimyo darslarida barqaror rivojlanish tushunchalarini axborotli, muammoli va fanlararo integratsiya asosida shakllantirish metodikasi innovatsion pedagogik yondashuvlar, interfaol metodlar, muammoli vaziyatlar va integrativ topshiriqlarni qo‘llash hamda mazkur tushunchalarni o‘quv mazmuni, didaktik ta’minot, o‘quvchilarning bilish faoliyati va amaliy tajribasi bilan o‘zaro uzviy aloqadorlikda tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
ishlab chiqilgan metodikaning samaradorligi barqaror rivojlanish tushunchalarini kimyo darslari jarayoniga integratsiyalashga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalarni umumiy o‘rta ta’lim amaliyotiga tatbiq etish va o‘quvchilarda shakllangan bilim, ko‘nikma, munosabat hamda amaliy kompetensiyalar dinamikasini tajriba-sinov natijalari va ularning matematik-statistik tahlili asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
didaktik, metodik, tashkiliy-pedagogik, mazmuniy, kompetensiyaviy va integrativ yondashuvlar nuqtayi nazaridan tizimli tahlil qilish hamda amaldagi o‘quv dasturlari, darsliklar mazmuni, o‘qitish amaliyoti, o‘quvchilarning ta’limiy ehtiyojlari va kimyo ta’limi mazmunining barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg‘unlashuv darajasi asosida aniqlashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o‘qitishda barqaror rivojlanish ta’limi tushunchalarini joriy etish muammolariga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy Universitetida 2021-2023 - yillar davomida bajarilgan №A-OT-2021-133 raqamli “Kimyo fanidan 3D texnologiyalariga asoslangan interaktiv o‘quv qo‘llanma yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Universitetining 2026 yil 8-apreldagi 04/11-9487-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, axborot-kommunikatsiya ta’lim muhitida kimyo fanidan o‘quvchilar barqaror rivojlanish ta’limi tushunchalarini kimyo darslarida tashkil etish va baholash jarayonini ilmiy-pedagogik, psixologik, metodik, didaktik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan elektron o‘quv-metodik ta’minoti yaratilgan;
falsafiy, pedagogik, ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy hamda kompetensiyaviy yondashuvlarning konseptual uyg‘unligi, barqaror rivojlanish g‘oyalarining shaxsni tarbiyalash, ta’lim mazmunini yangilash va o‘quv jarayonini maqsadli tashkil etishdagi didaktik imkoniyatlari, shuningdek, ularning umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning mas’uliyatli munosabati, tizimli fikrlashi va amaliy faoliyatiga ta’siri nuqtayi nazaridan ochib berilgan ilmiy manbalar asosida barqaror rivojlanish ta’limi tushunchalarining mazmuni, mohiyati va ta’lim jarayonidagi o‘rni borasidagi xulosalar “Maktab kimyo fanini o‘qitishda barqaror taraqqiyot tushunchalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan o‘quv adabiyotini ekspertizadan o‘tkazganlik natijasi bo‘yicha 7240-1069-bba4-0234-8157-5641-6786-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilar barqaror rivojlanish ta’limi tushunchalarini kimyo darslarida foydalanish metodikasini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-metodik ta’minoti o‘quv axborotlari manbalari, ta’lim natijalarini nazorat qilish imkoniyati oshgan;
innovatsion pedagogik yondashuvlar, interfaol metodlar, muammoli vaziyatlar va integrativ topshiriqlarni qo‘llash hamda mazkur tushunchalarni o‘quv mazmuni, didaktik ta’minot, o‘quvchilarning bilish faoliyati va amaliy tajribasi bilan o‘zaro uzviy aloqadorlikda tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan kimyo darslarida barqaror rivojlanish tushunchalarini axborotli, muammoli va fanlararo integratsiya asosida shakllantirish metodikasi; barqaror rivojlanish tushunchalarini kimyo darslari jarayoniga integratsiyalashga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalarni umumiy o‘rta ta’lim amaliyotiga tatbiq etish va o‘quvchilarda shakllangan bilim, ko‘nikma, munosabat hamda amaliy kompetensiyalar asosida ishlab chiqilgan metodikaning samaradorligiga doir tavsiyalar “Maktab kimyo fanini o‘qitishda barqaror taraqqiyot tushunchalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan o‘quv adabiyotini ekspertizadan o‘tkazganlik natijasi bo‘yicha 7240-1069-bba4-0234-8157-5641-6786-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning barqaror rivojlanish ta’limi tushunchalarini kimyo darslarida tashkil etish texnologiyasi asosida yaratish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish