GAFUROVA Dilfuza Anvarovnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

  Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Poliakrilonitril tolasi asosida anionit, polikompleksonlar hosil bo‘lishi va xossalarining fizik kimyoviy xususiyatlari», 02.00.04-fizik kimyo; 02.00.06-yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: kimyo fanlari nomzodi.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.K65.

Ilmiy maslahatchi: Muxamediev M.G. kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi 16.07.2013.K.01.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: A.S.Sidikov kimyo fanlari doktori; A.S.Rafikov kimyo fanlari doktori, professor; A.A.Agzamxodjaev kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi “Fan va taraqqiyot” DUK

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi poliakrilonitril tolasini modifikatsiyalash orqali anionit va polikompleksonlar hosil bo‘lishi hamda xossalarining fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

ilk bor suvli va organik muhitlarda azotli asoslar bilan poliakrilonitril tolasi o‘zaro ta’sir kinetikasining o‘ziga xos xususiyatlari hamda modifikatsiyalangan tolalar yuqori solishtirma sirtga ega bo‘lganligi uchun modifikatsiya reaksiyasining tezligi faqat qattiq fazada joylashgan polimerning nitril guruhlari konsentratsiyasiga bog‘liqligi aniqlangan;

ilgari aniqlangan oz miqdordagi gidroksilaminning azotli asoslar bilan «nitron» tolasini modifikatsiyalash jarayoniga katalitik ta’sir mexanizmi isbotlangan;

poliakrilonitril tolasini geksametilendiamin bilan shuningdek, etilendiamin va dixloretan bilan ketma-ket ishlov berish yo‘li orqali tarmoqlangan tuzilishli, kuchli asos xossaga ega bo‘lgan anionitlar olish usuli ishlab chiqilgan hamda ularni, galogen, arsenazo (III) ionlariga nisbatan yuqori sorbsiyalash qobiliyatiga ega ekanligi aniqlangan;

ilk bor geksametilendiamin bilan modifikatsiyalangan «nitron» tolasining amin guruhlari malein angidridi bilan ta’sirlanishi orqali yoki qoldiq nitril guruhlarni gidroliz qilish yo‘li bilan yangi poliamfolit tabiatiga ega bo‘lgan polikompleksonlar sintez qilishning maqbul sharoitlari keltirilgan hamda Su(II) ionlariga nisbatan selektiv sorbentlar olishga erishilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalari asosida ilk bor poliakrilonitril tolasi asosida xrom ionlariga nisbatan selektiv bo‘lgan tolasimon sorbentlar sintezi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining «Tolasimon anionitni olish usuli» (№IAP 02518, 21.10.2004 y.) patenti olingan;

tolasimon sorbentlar asosida yod tutgan antibakterial xususiyatli polimer materiallar olish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining «Tarkibida yod bo‘lgan tolasimon materiallarni olish usuli» (№IAP 03130, 07.07.2006 y.) patenti olingan;

tolasimon sorbentlar yordamida ishlab chiqilgan sorbsion-spektroskopik usul oqava suvlardagi metallarni tozalash va ajratib olish jarayonini analiz qilishda «Navoiazot» va «Elektrokimyo zavod» aksiyadorlik jamiyat korxonalariga joriy qilingan («O‘ZKIMYoSANOAT» DAKning 2015 yil 10-iyundagi 01/3-2246/I-son ma’lumotnomasi). Bunda aniqlash samaradorligi 10-20% ga ortgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish