Ibragimov Bobir Toxirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro viloyati o‘rtacha sho‘rlangan tuproq sharoitida oltinsimon qorag‘at (Ribes aureum Pursh) navlarini agrobiologik xususiyatlari va ko‘chatlarini etishtirish”, 06.01.07- Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Qx1687
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Hilola Ravshanovna, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik M.M. Mirzaev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.02.
Rasmiy opponentlar: Kojaxmetov Sovetbek Kojaxmetovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor; Qurbonmurodov Akbar Chorievich, qishloq xo’jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rtacha sho‘rlangan tuproq sharoitida oltinsimon qorag‘at (Ribes aureum Pursh) navlarining agrobiologik xususiyatlarini tadqiq etish, ularning yuqori hosilli navlarini aniqlash va samarali ko‘chat etishtirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Buxoro viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan tuproq sharoitiga chidamli bo‘lgan oltinsimon qorag‘atning Yadgor va Gulnoza navlari tanlangan;
o‘rtacha sho‘rlangan tuproq sharoitida oltinsimon qorag‘atning Yadgor navi 76,4 s/ga, Gulnoza navi 75,7 s/ga hosil berishi va biokimyoviy tarkibi bo‘yicha Yadgor (12,3%), Oydin (11,9%) navlarida qand moddasining yuqori bo‘lishi isbotlangan;
o‘rtacha sho‘rlangan tuproq sharoitida oltinsimon qorag‘atning Plotnomyasaya navini 5-6 mm diametrdagi qalamchalarining ko‘karuvchanlik darajasi 84,8 foizni, o‘sish dinamikasi 75,0 sm va jami ildizlar soni 75,7 tagacha rivojlanishi aniqlangan;
oltinsimon qorag‘atning Plotnomyasaya navi ko‘chatlarini 70x10 sm ekish sxemasi bo‘yicha etishtirilganda sifatli ko‘chat chiqishi gektariga o‘rtacha 77,1 foizgacha yoki gektariga 110 ming donagacha bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro viloyati o‘rtacha sho‘rlangan tuproq sharoitida oltinsimon qorag‘at navlarini agrobiologik xususiyatlari va ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
fermer xo‘jaliklari, rezavor mevalarni etishtiruvchi mutaxassislar va tomorqa er egalari uchun «O‘rta sho‘rlangan tuproq sharoitida oltinsimon qorag‘at navlaridan ko‘chat etishtirish texnologiyasi» nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 17 oktyabrdagi 05/06-03-450-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma oltinsimon qorag‘at ko‘chatlarini etishtiruvchi fermer va bog‘bonlar uchun uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.
oltinsimon qorag‘atning “Gulnoza”, “Yadgor”, “Plotnomyasaya” navlarini etishtirish texnologiyasi Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi “Bobomurod qizi Elmira” fermer xo‘jaligining 0,30 gektar, Kogon tumanidagi “Kogon Axtam-Aslbek” fermer xo‘jaligining 0,25 gektar, “Sangriev Xudoyderdi ota” fermer xo‘jaligining 0,50 gektar, jami 1,05 gektar maydonda amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 17 oktyabrdagi 05/06-03-450-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Yadgor” va “Gulnoza” navlaridan o‘rtacha 1,4-2,5 t/ga sifatli mahsulot olish imkonini bergan; 
Buxoro viloyati sharoitida oltinsimon qorag‘at navlari ko‘chatlarini etishtirish ishlanmasi Vobkent tumani “Bobomurod qizi Elmira” fermer xo‘jaligining 0,02 gektar maydonida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 17 oktyabrdagi 05/06-03-450-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oltinsimon qorag‘atning “Uzbekskaya sladkaya”, “Yadgor” va “Gulnoza” navlaridan 75% gacha yuqori sifatli ko‘chat etishtirishga hamda nazoratga nisbatan 10% yuqori sifatli ko‘chat olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish