Karimova Vasila Vaxobovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nutqiy janrlarning genderologik xoslanishi” 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Fil778
Ilmiy maslahatchi: Nabieva Diloro Abdulhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Akbarova Zuxro Akmaljonovna- Farg‘ona davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori,  ikkinchi rasmiy opponent Xoshimov G‘anijon Mirzaaxmedovich - Andijon davlat chet tillar instituti professori, filologiya fanlari doktori,  uchunchi rasmiy opponent Madjidova Ra’no Urishevna - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nutqiy janrlarning genderologik xoslanishini aniqlash, ushbu janrlarda femininlik va maskulinlik belgilarining namoyon bo‘lish mexanizmlarini sotsiolingvistik, lingvokulturologik va pragmatik yondashuvlar asosida ilmiy jihatdan asoslash hamda gender omilining nutqiy janrlar tizimidagi rolini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nutqiy janrlarning genderologik xoslanishi kommunikativ vazifa bilan bir qatorda ijtimoiy jinsga xos stereotiplar, madaniy normalar va pragmatik strategiyalar bilan bog‘liq hodisa sifatida talqin qilinib, ularning gender omili ta’sirida dinamik-differensial xususiyati asoslangan hamda ayollar va erkaklar nutqiga xos duo, qarg‘ish, tabrik, tilak va qasam janrlarida feminin va maskulin nutq modellari va ularning lingvistik-pragmatik belgilari aniqlangan;
nutqiy janrlarning gender xoslanishini belgilovchi, lisoniy shakl, baholash semantikasi, pragmatik yo‘nalish va adresat omilini qamrab oluvchi ko‘p darajali mexanizm aniqlanib, mazkur omillarning har bir darajada turlicha namoyon bo‘lishi hamda nutqiy janrning umumiy kommunikativ modelini shakllantirishdagi roli ilmiy jihatdan asoslangan;
gender omilining nutqiy janrlarning nafaqat ichki tarkibiga, balki ularning shakllanishi va o‘zaro differensiallashuviga ta’siri aniqlanib, bir xil kommunikativ vaziyatda ayollar va erkaklar nutqida turli janrlarning tanlanishi hamda ularning struktura va funsional-semantik jihatdan farqlanishi asoslandi, natijada gender omilining nutqiy janrlar tizimida janr differensiasiyasini belgilovchi muhim omil ekani ilmiy jihatdan asoslangan; 
duo, qarg‘ish, tabrik, tilak va qasam janrlarining shakllanishi va qo‘llanishi ijtimoiy rol, kommunikativ vaziyat, yosh omili va madaniy stereotiplar bilan bog‘liqlikda tahlil qilinib, gender xoslangan janrlarning individual nutqiy tanlov emas, balki sotsiolingvistik parametrlar bilan belgilanadigan hodisa ekani asoslandi hamda ularning jamiyatdagi ijtimoiy me’yorlar va madaniy qadriyatlarning lingvistik in’ikosi sifatida namoyon bo‘lishi dalillangan;
o‘zbek tilidagi gender xoslangan nutqiy janrlarning milliy mentalitet, an’anaviy qadriyatlar va madaniy stereotiplar bilan bog‘liqligi aniqlanib, ayollar va erkaklar nutqiga xos janrlarning shakllanishida diniy, axloqiy va etnopsixologik omillarning ta’siri hamda ularning olamning lisoniy manzarasini aks ettirishdagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nutqiy janrlarni genderologik xoslanishini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nutqiy janrlarning genderologik xoslanishi kommunikativ vazifa bilan bir qatorda ijtimoiy jinsga xos stereotiplar, madaniy normalar va pragmatik strategiyalar bilan bog‘liq hodisa sifatida talqin qilinib, ularning gender omili ta’sirida dinamik-differensial xususiyati asoslangan hamda ayollar va erkaklar nutqiga xos duo, qarg‘ish, tabrik, tilak va qasam janrlarida feminin va maskulin nutq modellari va ularning lingvistik-pragmatik belgilarini aniqlashga oid takliflari 2021-2024-yillarda “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-2019081773-raqanıli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 22-sentabrdagi 1/04-194-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihadagi leksikografik talqinlar nazariy asosining yanada mukammallashuviga erishilgan; 
nutqiy janrlarning gender xoslanishini belgilovchi, lisoniy shakl, baholash semantikasi, pragmatik yo‘nalish va adresat omilini qamrab oluvchi ko‘p darajali mexanizm aniqlanib, mazkur omillarning har bir darajada turlicha namoyon bo‘lishi hamda nutqiy janrning umumiy kommunikativ modelini shakllantirishdagi roli ilmiy jihatdan asoslanganligiga oid ilmiy yangilikdan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2020-2022-yillarda bajarilgan S-ECAGD-18-CA-0067 (P020002335) raqamli “FY-18 English Access Microscholarship program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi xalqaro loyihada foydalanilgan (Qo‘qon davlat universitetining 2025-yil 3-oktabrdagi 107-son ma’lumotnomasi). Natijada nutqiy janrlarning umumiy kommunikativ modelini shakllantirishda gender omilining rolini amaliyotda tekshirish va tasdiqlash imkonini berdi. Bu esa loyiha materiallarining xalqaro auditoriyaga ham sifatli taqdim etilishiga xizmat qildi;
gender omilining nutqiy janrlarning nafaqat ichki tarkibiga, balki ularning shakllanishi va o‘zaro differensiallashuviga ta’siri aniqlanib, bir xil kommunikativ vaziyatda ayollar va erkaklar nutqida turli janrlarning tanlanishi hamda ularning struktura va funsional-semantik jihatdan farqlanishi asoslandi, natijada gender omilining nutqiy janrlar tizimida janr differensiatsiyasini belgilovchi muhim omil ekani ilmiy jihatdan asoslovchi ilmiy xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan “2023 KA 171 Mobility Higher Education students (Erasmus+)” nomli fundamental loyihada gender omilining olam lisoniy manzarasini aks ettirish mexanizmlariga ta’sirini o‘rganish, nutqiy janrlar tizimida gender xoslangan janrlar tavsifi va tasnifiga oid xususiyatlarini o‘rganishda foydalanilgan (Qo‘qon davlat universitetining 2025-yil 4-oktabrdagi 108-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan ishlarning ilmiy asoslanganligi va amaliy qimmati yuqori bo‘lishi ta’minlangan;
nutqiy janrlarning genderologik xoslanishi kommunikativ vazifa bilan bir qatorda ijtimoiy jinsga xos stereotiplar, madaniy normalar va pragmatik strategiyalar bilan bog‘liq hodisa sifatida talqin qilinib, ularning gender omili ta’sirida dinamik-differensial xususiyati asoslangan hamda ayollar va erkaklar nutqiga xos duo, qarg‘ish, tabrik, tilak va qasam janrlarida feminin va maskulin nutq modellari va ularning lingvistik-pragmatik belgilari aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 14-oktabrdagi 04/1-4916-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida ta’limiy korpus materiallarida janrlarning gender xoslangan qirralari tizimli ravishda yoritishda yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
duo, qarg‘ish, tabrik, tilak va qasam janrlarining shakllanishi va qo‘llanishi ijtimoiy rol, kommunikativ vaziyat, yosh omili va madaniy stereotiplar bilan bog‘liqlikda tahlil qilinib, gender xoslangan janrlarning individual nutqiy tanlov emas, balki sotsiolingvistik parametrlar bilan belgilanadigan hodisa ekani asoslandi hamda ularning jamiyatdagi ijtimoiy me’yorlar va madaniy qadriyatlarning lingvistik in’ikosi sifatida namoyon bo‘lishi dalillangan tavsiyalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan RZ-202004165 – “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarni rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 14-oktabrdagi 04/1-4915-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha mazmuni mustahkamlashga xizmat qiluvchi ilmiy asoslangan yondashuvlar shakllantirilgan;
o‘zbek tilidagi gender xoslangan nutqiy janrlarning milliy mentalitet, an’anaviy qadriyatlar va madaniy stereotiplar bilan bog‘liqligi aniqlanib, ayollar va erkaklar nutqiga xos janrlarning shakllanishida diniy, axloqiy va etnopsixologik omillarning ta’siri hamda ularning olamning lisoniy manzarasini aks ettirishdagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslangan natijalari va materiallaridan “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan 2024-yil may hamda iyul oylarida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Til – millat ko‘zgusi” nomli eshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda (2023-yil mart va sentyabr oylarida) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston – 24” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasning 2025-yil 7-oktabragi 05-09-1556-sonli ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar mazmuni ilmiy asoslangan materiallar bilan boyitilib, tomoshabinlarda nutqiy janrlardan ongli va o‘rinli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish