Zaripova Ziyodajon Rustam qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda sotsiolingvistik kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (anekdot janridagi matnlar vositasida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7043
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedogogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Sanakulov Zayniddin Ibodullaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Kazieva Turg‘unoy Tursunbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Yakubbaev Murodilla Marufovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarda sotsiolingvistik kompetensiyani anekdot janridagi matnlar asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘z ona tilidagi ijtimoiy-lingvistik hodisalarni tushunish va o‘rganilayotgan til madaniyatiga mos kommunikativ xatti-harakatlarni egallash imkonini yaratuvchi sotsiolingvistik kompetensiyaning ijtimoiy kontekstni anglash, madaniyatlararo farqlarni aniqlash va unga moslashish, shuningdek, nutq aktlarining ijtimoiy mosligi ta’minlash kabi komponentlari lingvistik transfer fenomeni asosida namoyon boʻlishi asoslangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda sotsiolingvistik kompetensiyani interaktiv onlayn (VR va AR, Blended Learning) va kollaborativ (gemifikatsiya) texnologiyalar yordamida rivojllantirishda “Anekdoten im Deuschunterricht” nomli mualliflik elektron o‘quv dasturi implimentatsiyasi asosida samaradorligi (madaniy kontekstni tushunganligi, leksik va frazeologik boylikni oshganligi, madaniyatlararo muloqotga tayyorlarligi, tilni o‘rganishda kontekstual usulni qoʻllaganligi, yumor orqali ta’lim maqsadiga erishilganligi hamda pragmatik koʻnikmalarning shakllanganligi) ochib berilgan;
oliy ta’lim tizimida implementatsiyadan oʻtkazilgan “Aylanma sherik suhbati”, “Brainwriting – 6–3–5”, “Spin the Wheel”, “Maqsad sari 5 qadam” va “Lapbook“ kabi mualliflik metodlari anekdotlarni qoʻllash orqali til oʻrganuvchilar sotsiolingvistik koʻnikmalarini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi tajriba-sinov ishlari xulosalari asosida dalillangan;
anekdotlar vositasida sotsiolingvistik ko‘nikmalarni rivojlantirish modeli lingvomadaniy yondashuvga asoslangan interaktiv, matn bilan ishlash metodlari orqali shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, hamkorlikka yo‘naltirilgan ta’limiy yondashuv, sotsiomadaniy va sotsiolingvistik kompetensiyalar o‘rtasidagi uzviylik, kontekstda o‘qitish tamoyillari asosida takomillshtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Talabalarda sotsiolingvistik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar hamda amaliy takliflar asosida:
o‘z ona tilidagi ijtimoiy-lingvistik hodisalarni tushunish va o‘rganilayotgan til madaniyatiga mos kommunikativ xatti-harakatlarni egallash imkonini yaratuvchi sotsiolingvistik kompetensiyaning ijtimoiy kontekstni anglash, madaniyatlararo farqlarni aniqlash va unga moslashish, shuningdek, nutq aktlarining ijtimoiy mosligi ta’minlash kabi komponentlari lingvistik transfer fenomeni asosida namoyon boʻlishi dalillanganligi bo‘yicha taklif va tavsiyalardan “Xorijiy til (Deusch in Tourismus und Gastronomie)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i, 557672-raqamli guvohnoma). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida til ta’limini o‘qitishda sotsiolingvistik kompetensiyani shakllantirish metodikasi takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarida sotsiolingvistik kompetensiyani interaktiv onlayn (VR va AR, Blended Learning) va kollaborativ (gemifikatsiya) texnologiyalar yordamida rivojllantirishda “Anekdoten im Deuschunterricht” nomli mualliflik elektron o‘quv dasturi implimentatsiyasi asosida samaradorligini oshirishga oid taklif va tavsiyalar Toshkent davlat agrar universitetida 2022-2025-yillarda bajarilgan AL-672205589-sonli “O‘rmonchilik sohasiga oid atamalarning o‘zbekcha-inglizcha-ruscha-nemischa illyustrativ elektron lug‘at va mobil ilovasini yaratish” nomli grant loyihasi doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlashda foydalanilgan (Toshkent davlat agrar universitetining 2025-yil 16-oktyabrdagi 1/4-1-1553-son ma’lumotnomasi). Natijada, anekdot janridagi matnlar asosida talabalarda sotsiolingvistik kompetensiyani rivojlantirish uchun mo‘ljallangan interfaol dars ssenariylarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim tizimida implementatsiyadan oʻtkazilgan “Aylanma sherik suhbati”, “Brainwriting – 6–3–5”, “Spin the Wheel”, “Maqsad sari 5 qadam” va “Lapbook“ kabi mualliflik metodlari anekdotlarni qoʻllash orqali til oʻrganuvchilar sotsiolingvistik koʻnikmalarini rivojlantirish samaradorligini oshirishga bo‘yicha xulosalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tamonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” radioeshittirishlarining 2025 yil mart va oktyabr oylaridagi sonlari senariysida tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasining 2025-yil 19-noyabrdagi 05-09-1849-son ma’lumotnomasi). Natijada, filologik va pedagogik ta’lim yo‘nalishlaridagi OTMlarda anekdotlar yordamida o‘rganish bo‘yicha metodlar majmui takomillashtirilgan;
anekdotlar vositasida sotsiolingvistik ko‘nikmalarni rivojlantirish modeli lingvomadaniy yondashuvga asoslangan interaktiv, matn bilan ishlash metodlari orqali shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, hamkorlikka yoʻnaltirilgan ta’limiy yondashuv, sotsiomadaniy va sotsiolingvistik kompetensiyalar o‘rtasidagi uzviylik, kontekstda o‘qitish kabi tamoyillar asosida takomillshtirilganlik boʻyicha taklif va tavsiyalar “Landeskunde” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 22-dekabrdagi 728-sonli buyrug‘i, 236292943-raqamli guvohnoma). Natijada, filologik va pedagogik ta’lim yo‘nalishlaridagi OTMlarda anekdotlar yordamida o‘rganish bo‘yicha metodlar majmui takomillashtirilgan.