Xabibjonov Ikromjon Toshpulat-ug‘lining
filologiya fanlari doktori (DSc) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: “O‘zbek tilida iqtisodiyot terminlarining metaforik shakllanishi”,  10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori, professor Yuldashev Ibroxim Juraevich. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.01.12
Rasmiy opponentlar:   
filologiya fanlari doktori, professor Kurbanova Muhabbat Matyaqubovna,
filologiya fanlari doktori, professor Dadaboev Hamidulla Aripovich,
filologiya fanlari doktori, professor Axmedov Oybek Saporbaevich. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilining iqtisodiyot terminlarining metaforik usulda hosil bo‘lish mexanizmlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘zbek tilida metaforik termin yasalishining assotsiativ mexanizmi ilk bor tizimli ravishda aniqlanib, uning iqtisodiyot terminologiyasi shakllanishidagi ikkilamchi nominatsiya jarayonlari: metonimiya va vazifadoshlik bilan uzviy bog‘liqligi, metaforik terminlarning yuzaga kelishida ikkilamchi nominatsiyaning iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy-lingvomadaniy, kognitiv va mental omillari hamda ularning sababiy determinantlari aniqlangan; 
o‘zbek tilida metaforik termin yasalishining ma’no maxsuslashuvi hodisasi iqtisodiyot terminologiyasida metaforalashuv asosida yuzaga kelgan terminlar davrlashtirilgan ( 1.XX asrgacha bo‘lgan davr; 2. XX asr davri;  3. Mustaqillik davri) hamda  mavzuiy jihatdan (bozor munosabatlari, bank ishi, moliya, soliq va bojxona, byudjet va mulkiy munosabatlar) tasniflashtirilib, lingvistik, terminologik va semantik ko‘lami,  funksional sferasi nazariy jihatdan asoslab berilgan; 
o‘zbek tilidagi metaforik iqtisodiyot terminlari birinchi bor 12 ta leksik-semantik guruh: narx-navo, savdo-sotiq, tovar va mahsulot ishlab chiqarish, pul va valyuta, kredit va investisiya, sarf va foyda va boshqalar doirasida tizimlashtirilib, mazkur guruhlarga xos tushunchalarning metaforik ko‘chim asoslari, ma’noviy uzvlari va semantik bog‘lanish mexanizmlari aniqlashtirilgan. Shuningdek, ushbu birliklarning iqtisodiy termin maqomida qo‘llanishi, amaliy-lingvistik jarayonlari va pragmatik xususiyatlari nazariy jihatdan asoslab berilgan; 
o‘zbek tili iqtisodiyot terminlarining shakl-xususiyat, belgi, jarayon-holat va harakat o‘xshashligi asosida yuzaga kelish mexanizmi birinchi bor metaforizatsiya jarayoni doirasida lingvosemasiologik yondashuv asosida tizimli ravishda izohlangan. Metaforik terminlarning hosil bo‘lishida mazkur ma’noviy holatlarga oid sememalarning semik faollashuvi aniqlanib, leksik parallelizm sharoitida til va tafakkur munosabati, leksik birliklarning ma’noviy transformatsiyasi hamda ko‘chma ma’nolarda shakl-ma’no tamoyillari bilan bog‘liqligi nazariy jihatdan asoslangan;
o‘zbek tili iqtisodiyot terminologiyasining shakliy-tuzilmaviy strukturasi va shakllanish yo‘llari birinchi bor tizimli tahlil qilinib, birikma terminlar tarkibidagi hokim va tobe komponentlarning kengaytiruvchi, izohlovchi va aniqlashtiruvchi qismlaridagi lingvogrammatik maqomi nazariy jihatdan asoslangan. Shuningdek, harakat va holat o‘xshashligi asosida metaforik termin hosil bo‘lish mexanizmlari aniqlashtirilib, leksik-semantik tahlil natijalariga tayangan holda metaforik terminlarni tizimlashtirish va tartibga solish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbek tilida iqtisodiyot terminlarining metaforik shakllanishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
metaforik va ikkilamchi nominatsiya asosidagi iqtisodiyot terminlarining morfologik tuzilishi va leksik-semantik guruhlanishiga oid ilmiy yondashuvlardan 2021-2023-yillarda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PF-201912258 – “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 20-oktyabrdagi 04/1-5025-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar tatbiqi loyihaning lingvistik komponentlarini boyitishda, xususan, o‘zbek tilidagi iqtisodiy leksik qatlamni tizimli tahlil etish, ma’lumotlarni avtomatik ajratish va terminlar korpusini shakllantirishda amaliy asos bo‘lib xizmat qilgan;
iqtisodiyot terminlarining metaforik yasalishi, ularning semantik taraqqiyoti, ma’no maxsuslashuvi, leksik-semantik guruhlari va metaforik ko‘chish asoslariga oid nazariy xulosa va mulohazalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 14-oktyabrdagi 04/1-4911-son ma’lumotnomasi). Natijada terminlarning tarixiy-etimologik ildizlari, metaforik va metonimik jarayonlar asosida yuzaga kelgan til birliklari elektron korpusga kiritilib, korpus asosida ishlab chiqilgan qidiruv tizimining semantik imkoniyatlarini kengaytirgan; 
iqtisodiyot terminologiyasida metaforik birliklarning yuzaga kelish mexanizmlari bo‘yicha natija va xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022-yillarda bajarilgan A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy huquqiy asoslarini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 14-oktyabrdagi 04/1-4912-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilidagi tovar va xizmat nomlarini yaratishda tilning ichki imkoniyatlarini hisobga olish, xalqaro amaliyot bilan uyg‘unlashgan me’yoriy-huquqiy asoslarni ishlab chiqish, korporativ va brend nomlarini milliy til xususiyatlariga moslashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan;
metaforik iqtisodiyot terminlarining yuzaga kelishi bo‘yicha ilmiy yondashuvlardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022- 2024-yillarda amalga oshirilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 14 oktyabrdagi 04/1-4913-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilining morfologik tizimini avtomatik qayta ishlash imkonini beruvchi dasturiy vositalar ishlab chiqilgan, bu esa o‘zbek tilining zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan uyg‘un holda qayta ishlashi, leksik-morfologik tahlilning avtomatlashtirilishi hamda tilshunoslikda korpusga asoslangan yondashuvlar rivojlanishiga xizmat qilgan; 
metaforik iqtisodiyot terminlarining shakliy-ma’noviy xususiyatlariga doir xulosa va natijalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2020-2022-yillarda bajarilgan S-ECAGD-18-CA-0067 (P020002335) raqamli “FY-18 English Access Microscholarship program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Qo‘qon davlat universitetining 2025-yil 20-oktyabrdagi 122-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada sodda va murakkab birikma terminlarning metaforik shakllanish mexanizmlari, terminlar sememasi va tarkibidagi semaning rivojlantirilishi borasida tavsiyalar shakllantirilgan;
o‘zbek tilida metaforik termin yasalishining ma’no maxsuslashuvi bilan munosabati, metaforik terminlarning XX asrgacha, XX asr va mustaqillik davrida shakllanishi, lug‘aviy qatlamlari, mavzuiy guruhlari va leksik-semantik guruhlarini ilmiy asoslashga doir xulosa va tavsiyalaridan Qo‘qon davlat universitetida 2023-2024-yillarda bajarilgan “2023 KA 171 Mobility Higher Education studens (Erasmus+)” nomli loyihada foydalanilgan (Qo‘qon davlat universitetining 2025-yil 16-sentyabrdagi 77-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-amaliy ahamiyati ortgan;
o‘zbek tilida metaforik termin yasalishining assotsiativ xususiyati, o‘zbek tili iqtisodiyot terminologiyasining shakllanishida ikkilamchi nominatsiyaning o‘rni bo‘yicha xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali va Namangan teleradiokanallarining bir qator dasturlari (“Ta’lim va taraqqiyot”, “Najot bilimda”, “Guldasta” dasturlarida 2025-yil avgust, sentyabr, oktyabr oylaridagi sonlari)ning ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 24-oktyabrdagi 05-09-1677-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek xalqi va millatining ma’naviy boyligi bo‘lgan lug‘at boyligimizni xalqimizga yaqindan tanishtirish, o‘zbek tilini targ‘ib qilish orqali ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga, tilning milliy qadriyat sifatidagi nufuzini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish